42
5-MAVZU: RANGLI METALLAR VA ULARNING
QOTISHMALARI
Tayanch so’zlar: mis, qotishma, latun, bronza, alyuminiy,
magniy
qotishma,
titan
qotishma,
antifriktsion,
bosmaxona
qotishmalari, oltin, kumush, platina, alyuminiy, raketasozlik,
mashinasozlik, radiotexnika, elektrotexnika, rux, molibden, volfram,
magniy, kobalt, vannadiy, xrom .
5.1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)
Rangli metallar ham konstuktsion materiallar tarikibiga kirib,
xalq xo’jaligini
turli sohalarda masalan, aviatsiya sanoatida,
raketasozlik, elektrotexnika, radiotexnika,
mashinasozlik sanoatida
keg ko’lamda foydalaniladi.
Rangli metallar jumlasiga (Ai) oltin, (Ad) kumush, (Rt)
platina,(Zp) rux, (Si) mis, (Ti) titan, (Ni) nikel,(Md) magniy, (Al)
alyuminniy, (Rv) qo’rg’oshin, (Sp) qalay,(Sch) xrom, (W) volfrom,
(V) vannadiy, (So) kobalt, (Mo) molibdan va hokazolar kiradi.
5.1-rasm. Rangli metal turlari.
Misni rux, qalay, qo’rg’oshin, temir, marganes va boshqa
elementlar bilan hosil qilgan birikmalarga mis qotishmalari deyiladi.
Mis qotishmalari latunlar va bronzalarga ajratiladi.
Latunlar.
Latun mis bilan ruxning qotishmasi bo’lib, uning
texnologik va mexanik xossalari yuqori bo’ladi. Ularning keng
foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% bo’ladi. Tarkibida
rux 39% bo’lgan latun
a
qattiq eritma bo’lib,
bunda shuning
elementar fazoviy kristall panjarasi saqlangan holda ayrim atomlari Zn
43
bilan o’rin almashhadi. Shu sababli, bu latunlar plastik,
puxta va
korroziyabardoshh bo’ladi. Qotishmaning likvidus va solidus
chiziqlarining yaqinligi sababli ular yaxshi quyma xossalariga ham
ega bo’ladi. Tarkibida rux miqdori 46% bo’lganlari αβ
1
fazaga ega.
β
1
faza juda qattiq va mo’rt bo’ladi. Latunlarning mexanik va
texnologik xossalarini yanada yaxshilash uchun ularga ma’lum
miqdorda Al, Ni, Si, Mn, Pb, Fe va boshqa elementlar qo’shib,
maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo’shiladigan
elementlarning turi
va miqdori qotishmadan ko’tilgan xossalarga ko’ra belgilanadi.
GOST2060-73 bo’yicha L harfi va raqamlar bilan markalanadi.
Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini 96 raqami esa qotishma
tarkibidagi 96% mis borligini bildiradi. Maxsus latunlarni
markalashda L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar
nomlarini bosh harfi keyin esa raqamlar yoziladi. 9-jadvalda
latunlarning ayrim markalari, mexanik xossalari va ishlatilish joylari
keltirilgan. (GOST15527-70 va GOST17711-72). Masalan, LS59-1
da LS-qo’rg’oshinli latunni, undan keyingi raqam esa mis (59%) va
rux (1%) miqdorini bildiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, latun
tarkibidagi mis qancha ko’p bo’lsa,
uning plastikligi,
korroziyabardoshhligi Shuncha ortadi. Latunlarning texnologik
ko’rasatkichlariga
ko’ra
ular
bosim
bilan
ishlanadigan
(deformatsiyaga beriladigan) va quymalar olinadigan xillarga
ajratiladi.
Bosim bilan ishlanadigan latunlar (L96, LS59-1, LAJ60-1-1 va
boshqalar) yuqori plastik xossaga ega bo’lib, ulardan olingan
quymalar bosim
bilan ishlanib ulardan listlar, lentalar, trubalar
tayyorlanadi. Quyma latunlarning (LK80-3L) LKS80-3-3, LMUJ-52-
4-1 va boshqalar oquvchanligi yuqori bo’lib, likvidatsiyaga ham
beriluvchi antifriktsion xossaga ega.
Bu qotishmalardan
podshipniklar,
vtulkalar,
chervyakli
vintlarning
zagotovkalari
qoliplarga quyish yo’li bilan tayyorlanadi.