Materialshunoslik


Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
Jo\'rayev

11.3. Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari 
Shisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi 
sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari 
shishaning muayyan erish harorati bo‘lmaydi. Shishada kechadigan 
pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning tarkibida 
mikrokristall 
hosilalar-kristallitlar 
hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Shishaning bu xolati uning “mikrogeterogenligi” deyiladi. 
Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi 
kam shishalar-sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi 
uning shaffofligini, mo‘rtligini, atmosfera muhitiga, o‘tga 
chidamligini, harorat o‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi. 
 
11.3-rasm. Suyuq shisha.
 
 
Nazariy mustahkamligi
. Deraza oynalarining cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 6500-8000 MPa bo‘ladi. Shisha strukturasida 
mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa 
bo‘ladi. Shishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi 
xollarda 1200 MPani tashkil etadi.
Nur 
o‘tkazuvchanligi

Deraza 
oynalarining 
nur 
o‘tkazuvchanligi 90-92%, profillanganiniki 84-86%, shishabloklarniki 
80-85% ni tashkil etadi. Shisha nurni qaytarish xususiyatiga ega 
bo‘lgani uchun va faqat 2% nurni o‘zi yutgani sababli nur 
o‘tkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish burchagiga bog‘liq 
bo‘ladi. Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha 
nurlarni esa yomon o‘tkazadi. Shisha zich material (2,5-2,6 g(sm
3

bo‘lgani uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. Shu sababli binolarga 


98 
tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya xolatini 
yomonlashtiradi. Tovushni izolyasiyalash deraza oynalarining 
qalinligi 
va 
ular 
orasidagi 
masofaga 
bog‘liq 
bo‘ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin