Shishaning issiqlikka munosabati . Deraza oynalarining 100
0
S
haroratdagi issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,4-0,82 Vt(m
0
S tashkil
qiladi. Tarkibidagi ishqoriy oksidlar ko‘p bo‘lgan shisha issiqlikni
kam o‘tkazadi. Ko‘pikshishaninig issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti
0,045-0,058 Vt(m
0
S bo‘ladi. Xona haroratida shishaning issiqlik
sig‘imi 0,63-1,05 KJ(kg
0
S ni tashkil etadi. Shishaning issiqlik sig‘imi
va issiqlikdan termik kengayishi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq
bo‘ladi. qurilish shishasining haroratdan chiziqli kengayish
koeffitsenti (9
.
10
-6
-15
.
10
-6
)
0
S
-1
ni eng kichik ko‘rsatkichi 0,58
.
10
-6
0
S
-
1
tashkil etadi. Shishaning issiqqa bardoshligi haroratdan chiziqli
kengayish koeffitsientiga, o‘z navbatida shisha xom ashyosining
kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qurilish shishasining
issiqqa chidamliligi 120
0
S atrofida bo‘ladi. Shisha tarkibiga kremniy,
bor va sh.k. oksidlarni kiritib issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti,
demak issiqqa bardoshligi oshiriladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik . Shishaning elektr o‘tkazuvchanligi
uning kimyoviy strukturasiga, shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy
va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura
bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy silikat shishasining
xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10
10
-10
11
Om
.
sm, teshib
o‘tish
kuchlanishi
450
kV
sm
2
tashkil
qiladi.
Texnologik xususiyatlari . Shishani va undan tayyorlangan
buyumlarni mexanik qayta ishlash mumkin: olmos bilan kesish,
arralash,
pobedit
keskichlari
vositasida
charxlash,
shliflash,
polirovkalash shular jumlasidandir. Shishani 800-1000
0
S haroratda
list, nay, tola sifatida cho‘zib olish, payvandlash va puflab shakl
berish,
buyum
olish
mumkin.
Keyingi
paytda
shishaning
ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va me’morchilik
buyumlari va qismlari, shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash
imkoniyati tug‘ildi.