103
dorishunoslik, meditsina va sanoatning boshqa tarmoqlarida
ishlatiladi. Ular ichi silliq bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi.
Shisha naylar mo‘rt, egilishdagi mustahkamligi kichik,
issiqqa
bardoshligi 40
0
S atrofida bo‘ladi. Ko‘pik shisha bir tartibda
joylashgan yumaloq kovakchalarning (diametri 0,1-0,6 mm) o‘zaro
yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil bo‘lgan. Ko‘pik shisha
sanoatda ishlab chiqariladigan shisha chiqindilarni obdon tuyib, unga
gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks,
ohaktosh, marmar va sh.k.)
qo‘shiladi va 700-900
0
S eritilib, qolipga quyiladi. Suyultirilgan
shishada qo‘shilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida buyumda
mayda g‘ovakchalar paydo bo‘ladi. Bu esa buyumning o‘rtacha
zichligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Ko‘pik
shishaning g‘ovakligi 85-95%, o‘rtacha zichligi 200-400 kg(m
3
,
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,08-0,12 Vt (m
0
S,
siqilishdagi
mustahkamligi 0,5-12,5 MPa atrofida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: