99
11.4-rasm. Shisha turlari.
Taxta oyna deraza va eshikni to‘sishga,
sanoat va jamoat
binolarini tashqi muhitdan izolyasiyalashda, ichki va tashqi tomondan
bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm, uzunligi 250-2200
mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. Bir
metr kvadrat oynaning massasi 2-5 kg bo‘ladi. Shisha taxtaning nur
o‘tkazuvchanligi 87% kam bo‘lmasligi, shaffof bo‘lishi talab etiladi.
U rangsiz bo‘lib, ba’zi xollarda yashil yoki ko‘kimtir soyalar bo‘lishi
ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yo‘l-yo‘l
chiziqlar, bo‘shliqlarning bo‘lishi uning navini belgilaydi. Vitrina
oynasi ma’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. binolarni
bezashda
va
izolyasiyalashda
ishlatiladi.
Vitrina
oynalari
polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, bo‘yi 6000
mm gacha
o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur
o‘tkazuvchi turi binolarni bezashda va yorug‘lik nurini mo‘‘tadil
saqlashda zarur bo‘ladi.
Issiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm
qalinlikda, turli rangdagi metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan
bo‘ladi. Metall yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash
uskunalari yordamida nikel-xrom aralashmasi, temir, mis,
xattoki
oltin, platina va sh.k. nodir metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur
o‘tkazuvchanligi 30-70% atrofida bo‘ladi. Metall qoplamali shishalar
infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur
tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va
oksid plyonkalar bilan qoplangan vitrina oynalari Parij, Berlin,
Toshkent (Biznes markazi, Interkontinental mehmonxonasi va x.k.) va
100
boshqa ma’muriy binolarni bezash va izolyasiyalashda ishlatilgani,
uning imkoniyatlari ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy
oynadan kimyoviy tarkibida
temir, kobalt, nikel oksidi bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi
davolanish, bolalar bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘, bino va
inshootlarni romlariga o‘rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib,
xona ichi ko‘rinmasligi uchun deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi.
Gulli oyna quyilayotganda maxsus valiklardan foydalaniladi.
Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab
tayyorlanadi. Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan,
nikellangan po‘lat to‘r bilan kuchaytirib tayyorlanadi.
Bu oyna silliq
va to‘lqinsimon bo‘lib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini
ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-
1500 mm. Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S haroratda qizdirib
va asta-sekin sovutib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va
egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar
yuqori.
Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya
to‘siqlari va bo‘lmalar tayyorlashda ishlatiladi. Radioaktiv nurlarga
bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, bor,
kadmiy
vasseziy oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar
atom elektrostansiyalarida, reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar
tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi. Ko‘p qavatli oyna (tripleks)
oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va oraliq (amortizatsiyalovchi)
qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda
maydalansa ham
sochilib ketmaydi.
Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy
va litiy oksidlari bo‘ladi. Bu oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 marta
kam bo‘ladi (2-4
.
10
-6
0
S).
Dostları ilə paylaş: