112
valiklar orasidagi zazorga surilish tezligidan kichik butshshi kerak.
Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar, qalinligi 0,025—
3 mm, eni 300 mm gacha bo‘lgan
tasmalar, diametri 0,25 mm va
undan katta bo‘lgan simlar va xakazolar olish mumkin. Protsessning
o‘zluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda yuqori unumdorligini
ta’minlaydi. Detal va buyumlarga kerakli
mutsahkamlik va qattiqlik
berish uchun ular pishiriladi. Pishirish operatsiyasi buyumni asosiy
komponent suyuklanadigan temperaturaning 0,6—0,8 qismiga qadar
qizdirish va shu temperaturada ma’lum vakt ushlab turishdan iborat.
Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita
pishiriladigan buyum orqali tok utkazish yuli bilan amalga oshiriladi.
Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, geliyli
muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muxitida bajariladi. Tob
tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi.
Buyumlarga o‘zil-kesil shakl va aniq o‘lchamlar
berish uchun ular
pardozlash operatsiyalaridan o‘tkaziladi; kalibrlanadi, kesib ishlov
beriladi, ximiyaviy termik ishlanadi, elektrofizik
usullar bilan kerakli
o‘lchamiga etkaziladi, qayta presslanadi. Kalibrlash presslangan
buyumni
press-qolipdagi
mos
qirqimli
teshikdan
sikib
o‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning ulchamlari
aniqlashadi, sirti
silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi
Elektr uchqunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab
shaklli detallar olish uchun qo‘llaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash
mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan
foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan zagotovka anod,
asbob, katod vazifasini utaydi. Elektr
impulsli usulda ishlashda
elektrodlarni ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok
utkazuvchi elektrodlar orqali impulsli elektr toki utkazilganda
ularning eroziyalanishiga (emirilishiga) bog‘liq. Hosil bo‘lgan razryad
tufayli ishlov beriladigan zagotovka-elektrod sirtida juda qisqa vaqt
oralig‘ida temperatura 10000-12000°S gacha ko‘tariladi, shu onda
metall suyuqlanadi va burlanadi. Zagotovkadan ajralib chiqqan metall
dielektrik suyuqlik muxitida zarralar ko‘rinishida qotadi.
Qayta
presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda foydalaniladi.
Qayta presslash natijasida zagotovkaning kerakli o‘lchamlari va shakli
ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda zagotovkaning shakli
oddiy, o‘lchamlari taxminiy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: