113
Nazorat savollari:
1. Metalurgiya jarayoni haqida nimalarni tushunasiz.
2. Metall kukunlarini prokatlash deganda nimani tushunasiz.
3. Oquvchanlik nima?
13-MAVZU:
CHO’YAN OLISH USUL
LARI
Tayanch so’zlar: cho’yan, ishlab chiqarish, domna pechi,
zaplechit, qurilma, metallurgiya, kombinat, mexanizm, avtomatika,
shixta pechi, margeness, oltingugurt, gaz, koloshnik qism,
metall
xalqali taglik plita, taglik, beton poydevor, o’txona, yoqilg’i, shihta
taksimlovchi voronka.
13.1. Domna pechining tuzilishi va ishlash printsipi
Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi
bo’lib, o’rtacha hajmli 2000 - 3000 m
3
.
Keyingi yillarda hajmi juda katta domna pechlari qurilmoqda.
13.1-rasm. Cho’yan xossalari.
Masalan,1974 yildan boshhlab Krivoy Rog metallurgiya
kombinatida hajmi 5000 m
3
li domna ishlamoqda.1986
yilda
Cherepovets metallurgiya kombinatida "Severyanka" deb atalgan
domna pechi ishga tushirildi. Bu domna pechi dunedagi eng yirik
pechlardan bo’lib, hajmi 5580 m 3, buyi 100 metrdan ortiq, diametri
19 m bo’lib, zamonaviy avtomatik mexanizmlar bilan jihozlangan.
Har sutkada 10000 -12000 t cho’yan ishlab chiqariladi.
Domna pechining ichki devori shamot g’ishtidan terilib, sirtidan
15-20 mm li po’lat list bilan qoplanadi. Bu qoplama pechining g’ilofi
deyiladi.
Domna pechi quyidagi asosiy qismlardan iborat bo’lib,
ishlash
printsipi quyidagicha: Pechning ustki qismi koloshnik deb ataladi.
114
Koloshnikda shihta materiallarini bir tekisda yuklash uchun, yuklash
apparati o’rnatilgan. Domna ishlayotganda
ajralayotgan gazlar
uning kaloshnik qismiga o’rnatilgan trubalar orqali gaz tozalash
apparatiga o’tadi. Tozalangan gazlar maxsus trubalar orqali havo
qizdirgichga yuboriladi. Pastga tomon
kengayib boriladigan kesik
konusli eng katta qismi shaxta deb ataladi. Bu qism tsilindrik shaklli
qism bilan tutashgan bo’lib raspar deyiladi. Raspar kesik konusli
qism bilan tutashgan bo’lib, bu qism zaplechik deb ataladi. Bu qismi
tsilindrik shakli qism bilan tutashgan bo’lib u o’txona (gorn) deb
ataladi. O’txona tubi leschand deyiladi.
U grafit gilli bloklar yoki
yuqori sifatli shamot g’ishtlardan ishlanadi. Pech metall xalqali taglik
plitaga, taglik esa beton poydevorga o’rnatilgan bo’lib, temir
ustunlarda turadi.
Dostları ilə paylaş: