108
12.1-rasm. Jahon metallurgiyasi.
Kukunli metallurgiya usullari otashga chidamliligi, eyilishga
chidamliligi yuqori, qattiqligi katta, belgilangan barqaror (magnit
xossali, shuningdek aloxida fizik-ximiyaviy, mexanik va texnologik
xossali - detallar olish imkonini beradi.
Bunday detallarni quyish va
bosim otsida ishlash yo’li bilan olish mumkin emas. Kukun
materiallardan detal va buyumlar olish protsessi metall kukunini
tayyorlash, ulardan shixta tuzish, presslash, zagotovkani pishirishdan
iborat. Metall kukunlari mexanik va fizik-ximiyaviy usullar bilan
olinadi. Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab,
suyuq metallarni esa ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmasdan to‘zitib hosil
qilinadi. Mo‘rt qattiq materiallarni maydalash uchun sharli, uyurma va
vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi.
Ishlov beriladigan material
po‘lat yoki chuyan sharlarning zarbiy yoki ishqalozchi ta’siri bilan
maydalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar bilan olishda
ularning ifloslanishini hisobga olish zarur. Sharli tegirmon po‘lat
barabandan iborat bo‘lib, unga maydalovchi sharlar va
maydalanadigan material solinadi. Sharli tegirmonda olingan kukun
zarralari 100—1000 mkm o‘lchamli noto‘g‘ri ko‘pyoqlik ko‘rinishida
bo‘ladi. Uyurma tegirmonlarda maydalash sharli tegirmonlarga
nisbatan tezroq kechadi. Uyurma tegirmonining kamerasida ikkita
parrak bo‘lib, qarama-qarshi tomonlarga aylanib, o‘zaro
kesishuvchi
xavo oqimlari hosil qiladi. Kameraga solingan material (sim bulagi,
qirindi, qirqimlar va boshqa mayda bo‘lakchalar) ni havo oqimi
ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm
gacha o‘lchamli zarralarga maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar ta-
relka ko‘rinishida, chetlari arrasimon bo‘ladi. Mo‘rt metall karbidlari
va oksidlaridan mayin kukunlar olish uchun vibratsion tegirmonlardan
foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng unumli bo‘lib, ularning ishi po‘lat
shar va silindrlarning tegirmon barabanining katta chastotami aylanma
109
tebranma harakati tufayli maydalanadigan materialga govori chatsota
bilan ta’sir qilishiga asoslangan. Qalay, kurg‘oshin, alyuminiy, mis,
shuningdek temir va po‘lat kukunlarini olish uchun havo, suv, bur
yoki inert gazlar kinetik energiyasi bilan suyuq metallni to‘zitish
usulidan ham foydalaniladi. Olingan kukun zarralari 50—350 mkm
o‘lchamli bo‘lib, sferik ko‘rinishga yaqin.
Fizik-ximiyaviy usullar bilan kukunlar olishda boshlang‘ich
materialning ximiyaviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallarni
oksidlardan ximiyaviy qaytarish, suyultirilgan
tuzlarni elektroliz
qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-ximiyaviy
usullar hisoblanadi. Oksidlardan materiallarni ximiyaviy qaytarish
gazsimon yoki qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon
tiklagichlar sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid,
shuningdek vodorod keng qo‘llaniladi. Ximiyaviy qaytarish natijasida
hosil bo‘ladigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning
fizik-ximiyaviy usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 1 —100
mkm o‘lchamli dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar
(tantal,ssirkoniy va boshqalar) ning kukunlari
suyultirilgan metall
tuzlarini elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli
ifloslangan xomashyodan toza kukunlar olish imkonini beradi.
Karbonil usuli 1-800 mkm o‘lchamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli
temir, nikel va kobalt kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan
olingan mahsulot 200-300°S temperaturada metall kukuni va uglerod
oksidiga parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati
bilan xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil bo‘lgan ohak suv bilan
yuviladi, metall kukuni esa 8— 20 mkm o‘lchamli dendritlardan
tashkil topadi. Fizik-ximiyaviy usullar bilan olingan kukunlar mayda
dispersli va toza hisoblanadi. Zarralari o‘lchamiga ko‘ra
kukunlar
granulometrik tarkibi buyicha 0,5 mkm gacha o‘lchamli ultra mayda,
0,5—10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10—40 mkm o‘lchamli mayda,
40—150 mk o‘lchamli o‘rtacha mayda va 150—500 mkm o‘lchamli
yirik xillarga bo‘linadi.
Tukilish
massasi,
oquvchanlik,
presslanuvchanlik
va
pishuvchanlik kukunlarning asosiy texnologii xarakteritsikalari
hisoblanadi.
Tukilish massasi erkin tukilgan 1 sm
3
kukunning grammlarda
ulchangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas tukilish massasiga ega
bo‘lsa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchanligi ta’minlanadi.
110
Olinish usuliga qarab, bitta kukunning tukilish massasi turlicha
bo’lishi mumkin. Govakligi yuqori bo‘lgan buyum tayyorlash uchun
tukilish massasi kichik bo‘lgan kukundan,
asbob va mashinalarning
turli detallarini tayyorlashda esa tukilish massasi katta kukunlardan
foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: