2.5-rasm. Uglerodli po‘latning yupqa plastinali perlit mikrostrukturasi:
a - yorug‘lik mikroskopida X1000; b - elektron mikroskopida. X1200
2.6-rasm. Elektron mikroskopning taxminiy joylashtirish rejasi.
Universal elektron mikroskopning taxminiy joylashtirish rejasi quyidagi 2.6-rasmda ko‘rsatilgan. UEMV-100K xili elektron mikroskop 30 m2 maydonning birinchi qavatida quruq va toza maxsus ajratilgan xonaga o‘rnatilgan bo‘lishi, atrofida pribor, abob-uskuna, jihozlar va vibratsiya beruvchi moslamalardan uzoqroq turishi kerak. Pribor uchun ajratilgan xona binoning birinchi qavatida, to‘liq jihozlangan quruq, podvalsiz (yerto‘la) holda bo‘ladi. Elektron mikroskop bilan ishlayotganda xona harorati 10-300S, o‘rtacha namligi ko‘pi bilan 60-70% bo‘ladi. Setdagi kuchlanish uch fazali almashuvchi tok-220/380V, chastotasi 50 gs, quvvati 4 kvt.
2.3. Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan jihozlar, asbob- uskunalar, namunalar va materiallar:
Universial elektron mikroskop va uning asosiy qismlari, ichki strukturani tekshirish uchun mo‘ljallangan maxsus na’munalar, davlat standarti bo‘yicha jadvallar va boshqalar kiradi.
2.4. Ishni bajarish tartibi:
Ishning mavzusi va maqsadi, elektron mikroskopning umumiy ko‘rinishi va optik sxemasi, kolonnasi, namunalar strukturasi ulardagi nurlarning yo‘nalishi, kattalashtirish jadvali, adabiyotlar ro‘yxati va xulosa.
Universal elektron mikroskopning tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishish professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalar bilan birga bajariladi.
Ishni boshlashdan oldin talabalar elektron mikroskopning optik sxemasi, vakuum va elektron ta'minlash sistemalari hamda umumiy tuzilishi bilan tanishib oladilar.
Elektron mikroskopning replika changitish mashinasi bilan ham yaqindan tanishadilar.
Mikroskop kolonnasida vakuum kerakli darajaga yetgach, o‘qituvchi rahbar kollonnaga elektron – ta’minlash sistemasi zanjirini ulaydi. Keyin katodga qizdirish toki ulanadi va yuqori kuchlanish beriladi.
Mikroskopda ish quyidagi tartibda bajariladi:
Tekshiriladigan ob’yekt (namuna) mikroskop kollonasiga kiritib o‘rnatiladi.
Kollonada vakuum kerakli darajaga yetkaziladi.
Katod va kolonnaga energiya toki beriladi.
Apertura diafragmasi kiritiladi.
Ob’yekt (namuna) tasviri, ob’yektivli linzadagi tok kuchini o‘zgartirib fokusga kiritiladi.
Oraliq linzaning tok kuchi o‘zgartirilib ekranda kerakli kattalashtirish olinadi.
Ob’yektni (namuna) pribor stolidan surib struktura rasmini olish uchun kerakli joyi tanlanadi va olinadi.
Dostları ilə paylaş: |