V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalari). Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Materialshunoslikka kirish fanida mavjud bo‘lgan tushuncha, nazariya va qonunlarni o‘rganish, moddalarning tuzilishi, tarkibi, xossalarini hamda ularning bir turdan boshqa turga o‘tish sabab-oqibatlari haqidatasavvurga ega bo‘lishi(bilim);
Jarayonlarni rejalashtirish, ularni amalga oshira bilish va bajarish uchun kerakli materiallar, jihozlardan foydalana olish va ularni natijasi bo‘yicha axborot yig‘ish va ularni tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak(ko‘nikma);
mutaxassislikning mazmun-mohiyatini bilish, iqtisodiyot tarmoqlarida ulardan foydalanish, turli jarayonlar va muammoli masalalar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak(malaka).
4.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
esse, tezis va maqolalar yozish;
vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish;
jarayonli yo‘naltirilgan ta’lim;
muhokamalarda ishtirok etish;
kichik guruhlarda ishlash;
guruhli loyiha ishlarini bajarish;
mustaqil ishlarni bajarish;
taqdimot tayyorlash;
turli darajadagi testlarni yechish.
5.
VII. Krеditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni tо‘la о‘zlashtirish, tahlil natijalarini tо‘gʻri aks ettira olish, о‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bо‘yicha yozma ishni (testni) topshirish.