Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə40/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Bronzalar gruppasi. Texnikaning turli soxalarida misning deyarli xamma metallari bilan (rux va nikeldan tashkari) qotishmalari keng ishlatiladi va bular bronzalar deb ataladi. Hosil kilingap bunday bronzalar juda yaxshi kuymakorlik va antifriktsion xususiyatlarga ega bo’lib, korroziyaga chidamlidir. Bronzalardan tayyorlanadigan asosiy buyumlar (dstallar) kuyma, bosim bilan ishlash va kesish orkali hosil kilinadi. Bronzalar tarkibidagi komponentlariga kura kalayli, Qo’rgoshinli va boshkalarga bo’linadi.
Bronza Br xarflari bilan markalanadi. Br ning ung tomonida esa bronzaga kiruvchi elementlar yoziladi va shu tegishli elemeptlaripng % xisobidagi urtacha mikdorini kursatuvchi rakamlar bilan markala¬nadi. Masalan, Br ONS 11-4-3 marka bronzaning tar-kibida urta xisobda 11% kalap, 4% nikelь, 3% Qo’rgoshin va kolgani misdan (mis mikdorini % xisobida ifodalaydigan rakamlar bronza markasiga yozilmaydi) iborat ekanligini bildiradi.
Kalayli bronzaning tarkibiga kiruvchi elementlardan kalay misga nisbatan kimmat va kamyob bo’lganligi uchun bunday bronzalarning tarkibi uzgartirilib, boshka markadagi bronzalar ishlab chikarilmokda. Bunday bronzalarga alyuminiyli bronza Br A5 va juda murakkab alyuminiy temir-marganetsli bronza Br LJ Mts 10—3—1,5 va boshkalar kiradi.
Kalayli bronzalar (fakat mis bilan kalaydan iborat) insoniyatga juda kadimdan ma’lum. Lekin bunday bronzalarning tarkibida kalay mikdorining oshib borishi maksadga muvofik emas, chunki bronza¬larning plastikligi va yopishkokligi pasayib, murtligi oshib boradi. SHu boisdan tarkibida 14% dan kup kalay mikdori bo’lgan bronzalar deyarli ishlatilmaydi.
SHuning uchun kuymali bronzalar tarkibidagi kalay mikdoriga karab bir fazali ( a ) va ikki fazali (a Q 6) bo’lishi mumkin.
Kalayli bronzalarnnng xususiyatlarini oshirish maksadida ularga legirlovchi elementlar kushiladi. Masalan: bronzalarning mexanik xususiyatlarini oshrish uchun legirlovchi elementlar Ni, Zn, P, texnologik xususiyatlarini oshirish uchun Pb, Zn, Ni antifraktsion xususiyatlarini oshirish uchun) RЬ, R va korroziyaga chidamliligi oshnrish uchun Ni elementlari qo’shiladi.
Turli buyumlar hosil kilish usuli buyicha bronza¬lar deformatsiyalanuvchi (bir fazali) va kuymali (ikki fazali) larga bo’linadi. Deformatsiyalanuvchi bronzalardan turli prujina va prujinalanuvchi materiallar, kuymali bronzalardan maxsus vazifalarni bajarishga muljallangan sirpanuvchi podshipniklar (katta tezlik va bosim ostida ishlaydigan), turli armaturalar, yuqori issikbardosh va elektr utkazuvchan xamda korroziyabardosh detallar, nakshli va badiiy kuymalar olish uchun foydalaniladi.
Keyingi vaktlarda kalay kamchil bo’lganligi uchun bronzaning boshka maxsus navlari ishlab 'CHiqilmoqdaki, ular uzlarining turli xususiyatlariga kura qalayli bronzaga nisbatan yuqori sifatli xisoblanadi va texnikaning turli sohalarida juda keng ishlatilmoqda.
Alyuminiyli bronza (tarkibida 5... 11% A1) yuqori antikorrozion va mexanik xossalarga egadir, lekin kuymakorlik xossasi buyicha kalayli bronzadan ustunlik kilolmaydi. Bunday bronzadan asosan turli tishli gildiraklar, turbina detallari, vtulkalar, klapan sedlolari va xokazolar ishlab chiqariladi.
Kremniyly bronza (1.. 4% Si) — legirlangan ni¬kelь, marganets va rux uzlarining mexanik xossalari buyicha pulatga yakinlashadi va kimmatbaxo kalayli va berilliyli bronzalarni almashtirish uchuy ishlatiladi. Bunday bronza turlaridan ishkalanuvchi sharoitda 250°S gacha temperaturada ishlaydigan detallar ishlab chitsarish uchun foidalaniladi.
Qo’rgoshinli bronza (25.. 30% RЬ) xam antifriktsion xususiyatga ega bo’lib, yaxshi kesib ishlanadi, urilish nagruzkasini yaxshi kabul qiladi va tolikish mustaxkamligi katta. Bunday bronza turlaridan na¬gruzka kup tushadigan, yuqori tezlyk sharoitida ishlatiladigan aviatsiya dvigatelining podshippiklari, dizellarning turbinalari va boshka detallar ishlab chikariladi.
Bundam tashkari, kimmatlirok. bo’lishiga karamasdan berilliyli bronza (3% gacha Be bo’ladi) xam turli soxalarda kyong ishlatiladi. U uzining juda yuqori mexanik xususiyatlari toblangandan keyin yeyilishga bardoshliligi, korroziyaga chidamliligi, yuqori issiklik va elektr utkazuvchanligi (500°S temperaturada bularning mustaxkamligi xuddi 20°S dagi alyuminiy-li bronzaning mustax.kamligidek) bilan xarakterlidir. Undan juda yuqori talabga javob beradigan maxsus detallar: anik, priborlarda elastik elementi bo’lgan membrapalar, sirpanuvchi koptaktlar, prujinalar, kulachoklar, shesternyalar, chervyakli uzatmalar, Yuqori tezlik va temperaturada ishlaydigan podshipniklar va xokazolarda ishlatiladi.
Bronzalar. Br. xarflari bilan markalanadi yoki ifodalanadi. Bupday xarflardan keyin lsgirlovchi elementlarning xarfiy ifodalari va ularning protsent xisobidagi mikdorlarini ifodalovchi rakamlari berilgan bo’ladi. Masalan, Br OTSS-8-4-3 -(8% Sn, 4% Zn, 3%R6 kolgani mis), Br B2 (2% Be), Br AJN 10-4-4 (10%, 4%, Fe 4% Nt kolgani misdir). Bu-lardan tashkari yana mis-nikelli qotishmalar xam juda keng ishlatiladi. Ular melьxiorlar, neyzilьberlar va boshqalardir.
Alyuminiy va uning qotishmalari
Alyuminiy tabiatda keng tarqalgan metall hisoblanib, u yer qobig’ining 7,45 % ini tashkil etadi. Alyuminiy tog’ jinslarida Al2O3 va Al (ON)3 birikmalari holatida bo’ladi.
Asosiy alyuminiy rudalariga boksit, kaolin, alunit, nefelin minerallari kiradi. Bu minerallarning kimyoviy tashkil etuvchilari 9.2 –jadvalda keltirilgan.
9.2–jadval

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin