Alyuminiy rudalarining kimyoviy tashkil etuvchilari
Mineral nomi
Kimyoviy tashkil etuvchilari, %
Al2O2
Fe2O3
SiO2
TiO2
CaO
H2O
Na2O+K2O3
SO3
Boksit
30–57
16–35
3–13
2–4
3
10–12
–
–
Kaolin
37–40
1,5
36–45
–
–
15–20
–
–
Alunit
20–21
4-5
41–42
–
–
6–7
4,5–5,0
22–23
Alyuminiy birikmalaridan alyuminiy olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:
alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish;
alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish.
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish Tabiiyki, rudaning tarkibidagi begona jinslarning o’lchami va miqdorlari turlicha bo’ladi. SHu bois alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish usullari ham turlichadir:
ishqorli usul;
kislotali usul;
elektrotermik usul.
Ishqorli usulda dastlab boksit maxsus pechda qizdirilib, keyin maxsus tegirmonlarda kukun holiga kelguncha maydalanadi. So’ngra unga ma’lum miqdorda soda va ohaktosh kukunlari qo’shilib, aralashma hosil qilinadi. Bu aralashma bo’yi 80–150 m, diametri 2,5–5 mli sekin aylanuvchi barabanli pechda 1100°C haroratgacha qizdiriladi.
Olingan massa maxsus bakda 60°C haroratli suv bilan ishlanadi. Natijada natriy alyuminat va natriy ferritlar suvda eriydi, kaltsiy silikat esa suvda erimay, bak tagiga cho’kadi. Keyin esa bu eritma bakdan chiqarilib, maxsus idishda gidrolizlanadi. Bunda natriy ferrit temir (III) –gidroksid tarzida cho’kib ajraladi. Qolgan eritma suv quyilgan maxsus idishda karbonat angidrid bilan ishlanib, alyuminiy gidroksidi olinadi. Alyuminiy gidroksidi cho’kma tarzida ajraladi, natriy karbonat esa eritmada qoladi. Alyuminiy gidrooksid idishdan olinib, filtrlanadi. So’ngra aylanadigan qiya pechda 950–1200 °C haroratgacha qizdiriladi. Bunda u parchalanib alyuminiy oksidi hosil bo’ladi.