Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


-rasm. Uglerodli po‘latning yupqa plastinali perlit mikrostrukturasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə120/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   157
6,20 mavzulr slayd

2.5-rasm. Uglerodli po‘latning yupqa plastinali perlit mikrostrukturasi:
a - yorug‘lik mikroskopida X1000; b - elektron mikroskopida. X1200

2.6-rasm. Elektron mikroskopning taxminiy joylashtirish rejasi.

Universal elektron mikroskopning taxminiy joylashtirish rejasi quyidagi 2.6-rasmda ko‘rsatilgan. UEMV-100K xili elektron mikroskop 30 m2 maydonning birinchi qavatida quruq va toza maxsus ajratilgan xonaga o‘rnatilgan bo‘lishi, atrofida pribor, abob-uskuna, jihozlar va vibratsiya beruvchi moslamalardan uzoqroq turishi kerak. Pribor uchun ajratilgan xona binoning birinchi qavatida, to‘liq jihozlangan quruq, podvalsiz (yerto‘la) holda bo‘ladi. Elektron mikroskop bilan ishlayotganda xona harorati 10-300S, o‘rtacha namligi ko‘pi bilan 60-70% bo‘ladi. Setdagi kuchlanish uch fazali almashuvchi tok-220/380V, chastotasi 50 gs, quvvati 4 kvt.


2.3. Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan jihozlar, asbob- uskunalar, namunalar va materiallar:
Universial elektron mikroskop va uning asosiy qismlari, ichki strukturani tekshirish uchun mo‘ljallangan maxsus na’munalar, davlat standarti bo‘yicha jadvallar va boshqalar kiradi.
2.4. Ishni bajarish tartibi:
Ishning mavzusi va maqsadi, elektron mikroskopning umumiy ko‘rinishi va optik sxemasi, kolonnasi, namunalar strukturasi ulardagi nurlarning yo‘nalishi, kattalashtirish jadvali, adabiyotlar ro‘yxati va xulosa.
 Universal elektron mikroskopning tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishish professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalar bilan birga bajariladi.
 Ishni boshlashdan oldin talabalar elektron mikroskopning optik sxemasi, vakuum va elektron  ta'minlash sistemalari hamda umumiy tuzilishi bilan tanishib oladilar.
 Elektron mikroskopning replika changitish mashinasi bilan ham yaqindan tanishadilar.
 Mikroskop kolonnasida vakuum kerakli darajaga yetgach, o‘qituvchi  rahbar kollonnaga elektron – ta’minlash sistemasi zanjirini ulaydi. Keyin katodga qizdirish toki ulanadi va yuqori kuchlanish beriladi.
Mikroskopda ish quyidagi tartibda bajariladi:
 Tekshiriladigan ob’yekt (namuna) mikroskop kollonasiga kiritib o‘rnatiladi.
 Kollonada vakuum kerakli darajaga yetkaziladi.
 Katod va kolonnaga energiya toki beriladi.
 Apertura diafragmasi kiritiladi.
 Ob’yekt (namuna) tasviri, ob’yektivli linzadagi tok kuchini o‘zgartirib fokusga kiritiladi.
 Oraliq linzaning tok kuchi o‘zgartirilib ekranda kerakli kattalashtirish olinadi.
 Ob’yektni (namuna) pribor stolidan surib struktura rasmini olish uchun kerakli joyi tanlanadi va olinadi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin