1.3. Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan jihoz, asbob- uskuna, namuna va boshqa materiallar: MIM-7 vertikal va MIM-8 gorizantal metallografik mikroskoplar, ularning rasmi yoki sxema ko‘rinishi, talabalarga ichki struktura tuzilishini ko‘rsatish uchun maxsus namunalar va boshqalar kiradi.
1.4. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: - Mikroskoplarning asosiy maqsadi nimadan iborat.
- Ishlash printsipi deganda nimani tushunasiz.
- Mikroskoplarning umumiy tuzilishiga nimalar kiradi.
- Mikroskoplarning optik sistemasiga nimalar kiradi.
- Apertura deb nimaga aytiladi.
- Ob’yektiv va okulyar nima maqsadda ishlatiladi.
ELEKTRON MIKROSKOPNING UMUMIY TUZILISHINI VA ISHLASH PRINTSIPINI O‘RGANISH
2.1. Ishning maqsadi: Talabalarga mavjud elektron mikroskoplarning umumiy tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishtirib o‘rgatish, ularga elektron mikroskopning optik sistemasi va sxemalari haqida ma'lumot berish. Talabalar mustaqil ravishda optik mikroskopda va elektron mikroskopda olingan metall va qotishmalarning ichki struktura tuzilishidagi rasmlar farqini o‘rganadilar.
2.2. Ishning nazariy qismi:UEMV-100K xili universal elektron mikroskop yuqori ruxsat etuvchi qobiliyati bilan izlanuvchi ob'yektni vizual tarzda rasmga olish uchun, elektron puchkaga har xil burchaklar orqali 100 kv gacha tezlashtiruvchi kuchlanishni amalga oshirish uchun belgilangan.
UEMK-100K elektron mikroskopi statsionar laboratoriya pribori hisoblanib, izlanilayotgan ob'yektni keng diapazonda kattalashtirishni yuzaga chiqarish imkonini beradi.
Elektron mikroskopning ko‘ra olish qobiliyatini oshirish uchun yorug‘lik to‘lqin uzunligini kamaytirish kerak. Elektron mikroskopda o‘rganish uchun tekshirilayotgan namunaning (ob'yektning) struktura tasviri tez harakatli elektron oqimlar yordamida hosil bo‘ladi. Tez harakatda bo‘lgan elektronlarning to‘lqin uzunligi juda qisqa masalan, tezlashtiruvchi kuchlanish 60 kvt da to‘lqin uzunligi 0,05Ǻ.
Elektron mikroskoplarda eng kichik ko‘ra olish masofasi shu mikroskoplarning konstruktsiyasiga bog‘liq bo‘lib, 40-50Ǻ dan 8-10Ǻ gacha bo‘lishi mumkin. Katta hajmli ko‘ra olish masofasi mikroskopning vizual sharoitda metall va qotishmalarning ichki struktura tuzilishini yuqori saviyada sifatli rasmga olish qobiliyati faqat universal elektron mikroskoplarda mavjud (2.1-rasm).