Nazorat savol 12.1 Matritsaga yirik va mayda zarrachalarni kiritib puxtalash mexanizmini farqini tushuntiring.
12.4. TOLALAR UZUNLIGINING TA’SIRI Tolalar bilan armaturalangan kompozitsion materiallarning mexanik xossalari na faqat tolarning xossalariga, balki matritsaga ta’sir etuvchi yuklamani qay darajada tolaga uzatilishiga ham bog’liq. Bu holda matritsa va tolalar orasidagi fazalar aro bog’lanish muhim ro’l o’ynaydi. 16.6. rasmda ko’rsatilgandek tashqi yuklama (kuch) tolalar uchi oldida uzatilmaydi va matritsa rasmda ko’rsatilganidek deformatsiyalanadi, boshqa so’z bilan aytganda tolalar uchining atrofida yuklama uzatilmaydi.
Kompozitsion materialni mustaxkamligi va bikirligining ortish effekti yetarli bo’lishi uchun qo’llaniladigan tolaning uzunligi qandaydir kritik qiymatdan ortiq bo’lishi kerak. Tolaning bu kritik uzunligi lc diametri–d, cho’zilishdagi mustaxkamlik chegarasi - σj va matritsa bilan tolalar orasidagi bog’lanish mustaxkamligiga (yoki matritsa materialining oquvchanlik chegarasiga, agar uning qiymati bog’lanish mustaxkamligidan kichik bo’lsa) - τc bog’liq. Keltirilgan ko’rsatgichlar orasidagi nisbat quyidagi formula bilan ifodalanadi:
lc = (17.3)
Turli matritsalarni shisha va uglerodli tolalar bilan bir qator kombinatsiyasi uchun uzunlikning kritik qiymati 1mm tolaning diametri 20dan 150martagacha o’zgarganda.
Agar matritsada xosil bo’lgan kuchlanish σj ga va tola uzunligi kritik qiymatga teng bo’lsa, u holda kuchlanishlar profili 16.7,a rasmdagidek bo’ladi.SHunday qilib maksimal kuchlanish tolaning markazida ta’sir etadi. Tolaning kritik uzunligi qiymatidan ortishi bilan armaturalash effekti ahamiyatltroq bo’ladi. Bu kuchlanishlar profili l > lctola uchun ta’sir etuvchi kuchlanish tolaning mustaxkamlik chegarasiga teng sharti bilan ko’rsatilgan. 16.7,s rasmda l < lcvaziyatda bo’ladigan hol ko’rsatilgan.
Rasm 12.6. CHo’zuvchi yuklama berilgan tolani o’rab turgan matritsada deformatsiya
taqsimlanish surati.