12.3. DISPERSION PUXTALANGAN KOMPOZITLAR Metall va metall qotishmalarni mustaxkamligi oshirilishi mumkin, agar ular ichida bir necha foiz juda qattiq inert moddani mayda zarrachalarini bir tekis taqsimlasa. Bu disper faza metall yoki nometall bo’lishi mumkin. Ko’pincha shu maqsadda oksidlar qo’llaniladi. Avvalgi hollarda puxtalash dispersion qotishda erishilganidek bunda ham puxtalash dispersion zarralarni matritsadagi dislokatsiyalar bilan o’zaro ta’siri natijasida erishiladi. Bu holda puxtalash effekti dispersion qotishdagidek emas. Ammo, ko’rilayotgan usulda puxtalanish harorat organida uzoq vaqt ichida saqlanadi, chunki dispers zarralarni tanlashda ularni matritsa materiali bilan o’zaro ta’siri yo’qligi xisobga olinadi. Dispersion-puxtalanadigan qotishmalar uchun puxtalikni ortish effekti yuqori haroratli ishlov berishda invelirovatьsyaqilishi mumkin tushirilgan zarralar yoki ajralib chiqgan fazaning erishi xisobiga.
Yuqori haroratlarda nikelli qotishmalarni mustaxkamligi deyarli ortishi mumkin, agar 0,3% haj. toriy oksidi (ThO2) mayda dispers zarralar sifatida qo’shilsa. Bu material disperslangan – toriy nomlanishi bilan ia’lum (abbreviatura TD). O’xshash effekt alyuminiy-alyuminiy oksidi sistemasida kuzatiladi. Juda yupqa maydalangan alyuminiy oksidi yuzasida o’ta mayda (qalinligi 0,1-0,2mkm) alyuminiy pag’alari (xlopьya) xosil bo’ladi va alyuminiy matritsaga dispergiya qiladi. Bu materialni nomi shlaklangan alyuminiy kukuni (abbreviatura SAP – sintered aluminum powder).
Zamonaviy texnologiya nuqtai nazaridan dispers fazasi tolalardan tashkil topgan kompozitsion materiallar eng muhim ahamiyatga ega. Tolalarni armaturalash uchun qo’llashning mazmuni mustaxkamlik yoki bikirlikni oshirib og’irlikni kamaytiradi. Bu effektni miqdoriy o’lchami solishtirma mustaxkamlik va solishtirma elastiklik modulining miqdori, ular mustaxkamlik chegarasini va elastiklik modulni material solishtirma og’irligiga nisbatini xisoblab aniqlanadi. Agar matritsa va tolalarni kichik zichliligini olinsa tolalar bilan armaturalangan kompozitsion materiallar o’ta yuqori solishtirma mustaxkamlik va solishtirma modul qiymatiga ega bo’ladi. 13.2 rasmda ko’rsatilgandek tolalar bilan puxtalangan kompozitsion materiallar tolalar uzunligiga qarab ajratiladi. Kalta tolalar mustaxkmlikni deyarli oshirishga qodir emas.