Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə58/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Rasm 12.4. WC- Co tarkibli tsementitlangan karbid mikrosurati. Och rang qismi- kobalt, qoraroq qismi- volfram karbidi zarralari. Kattalashtirish x 100. (Rasm Carboloy Systems Department. General Electric Company tomonidan taqdim etilgan).




Rasm 12.5. elektron mikrosuratda shinalar ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan sintetik kauchukdagi qora kuya zarrachalari ko’rinmoqda. Suv dog’lariga o’xshagan joylar – aralashmani tayyorlashdagi qo’shilib ketgan mayda havo pufakchalari. Kattalashtirish x80 000 (Suratni Goodyear Tire & Rubber Company taqdim etgan.)




Hech bir boshqa material o’z o’zicha metallokeramikani qo’llagandagi xossalarni ta’minlab bera olmaydi. Bunday materiallarda disperlangan fazaning miqdori juda katta bo’lishi mumkin, ayrim hollarda 90% dan ortiq. SHuning uchun metallokeramikaning abraziv xossalari maksimaldir. 12.4. rasmda WC-Co tarkibli tsementitlangan karbid mikrosurati keltirilgan.
Plastmassa va elastomerlarni mustaxkamligini ko’pincha disperslangan zarralarni qo’shib erishishga harakat qiladilar. Ko’pgina zamonaviy rezinalarni qo’llash armaturalash uchun texnik uglerod (qora kuya) kabi material zarralarini qo’llash xisobiga erishildi. Qora kuya tabiiy gaz yoki neftni havo kislorodi cheklangan muxitda yoqish natijasida hosil bo’lgan juda mayda yumaloq uglerod zarrachalaridan iborat. Juda arzon modda bo’lgan bunday qora kuya zarrachalarini vulkanizatsiya qilingan kauchukga qo’shilganda cho’zilishdagi mustaxkamlik chegarasi, zarbiy qovushqoqlik, hamda yemirilish va abraziv yeyilishga qarshilik oshadi. Avtomobil shinalaridagi qora kuya miqdori 15-30%.
Qora kuya qo’shilganda kuchaytirish effektiga erishish uchun uning zarrachalarining o’lchami kichik bo’lishi kerak, diametri 20-50 nm. Undan tashqari, qora kuya zarralari matritsa bilan mustaxkam adgezion bog’lanish xosil qilib, kauchuk hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlangan bo’lishi zarur. Armaturalash komponenti sifatida boshqa moddalarni, masalan, kremnezemni qo’llashni samarasi pastroq, chunki kauchuk va to’ldirgich molekulalari orasida spetsifik o’zaro boo’lanish xosil bo’lmaydi.
12.5. rasmda qora kuya bilan to’yintirilgan kauchukni elektron mikrosurati keltirilgan.



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin