Matkarimova shohinaning umumiy psixologiya



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə3/7
tarix20.05.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#118204
1   2   3   4   5   6   7
psixofizika VA PSIXOFIZIOLOGIYA

Kurs ishining ob’ekti: Psixofizika va psixofiziologiyada tadqiqotlarni o‘rganish.
Kur ishining predmeti: Psixofizika va psixofiziologiyada insonni o‘rganish.
Kurs ishining maqsadi: Psixofizika va psixofiziologiyada tadqiqotlarni o‘rganish.
Kurs ishining vazifalar: Psixofizika va psixofiziologiya haqida umumiy qilib yoritib berish.

  • psixofizika va psixofiziologiya muommolari;

  • psixofizika va psixofiziologiya elementlari;

  • psixofizika va psixofiziologiyada zamonaviy tadqiqotlar;

  • psixofizika va psixofiziologiyaning rossiyada rivojlanishi.



I.BOB PSIXOFIZIKA VA PSIXOFIZIOLOGIYA NAZARIYASI ASOSLARI
1.1. Psixofizika va psixofiziologiya muommolari
Psixikaning reflektor tabiati, xususiyati to‘g‘risida mulohaza yuritilganda rus olimi I.M.Sechenov va uning shogirdlari tomonidan to‘plangan materiallar tasavvur etiladi. I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari” nomli asarida qat’iy ravishda fikr bildirishicha, “ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir”. Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruhning xususiyatiga emas, balki tadqiqotchining mulohazisiga qaraganda, ro‘y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o‘xshash xislatga ega bo‘lgan jarayondir. Shundan kelib chiqqan holda fikr yanada rivojlantirilsa, psixik (ruhiy) hodisa insonning shaxsiy g‘oyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va idrok jarayonlarini o‘zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina iborat emas. Balki u refleks singari tashqi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini va unga javoban bildiriladigan harakat reaktsiyasini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’lumki, I.M. Sechenovgacha bo‘lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g‘oyalar tarzida aks ettiriluvchi hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatida tan olinar edi. Lekin bu psixologik voqelik Sechenov tomonidan organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sir harakatining alohida shaklidan iborat ekanligi, psixologik yaxlit jarayonning ayrim holatlari, uning lahzalari tariqasi tushuntirildi. Psixologiyada tan olib kelinayotgan psixik jarayonlar ongning ichida tug‘iladi va uning ichida yakunlanadi, degan g‘oya I.M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz da’vo ekanligi ta’kidlanadi. I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa bus butun (yaxlit) reflektor harakat tufayli yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo‘lishi bilan birga ham vujudga kelmagan, lekin ta’sir o‘tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funktsiyasini ham bajaradi, ya’ni ilgarilab ketuvchi bashorat vazifasini ijro etadi. Bunday dadil ilmiy mushohadalar psixik jarayonlar umuman qanday rol o‘ynashi mumkinligi, ularning o‘rni to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun moddiy negizni vujudga keltiradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv (regulyativ) funktsiyasini ijro etib, o‘zgaruvchan shart-haroitlarga harakatni moslashtiradi, shuningdek, mazkur daqiqada yuqori samaraga erihishni ta’milaydi.
Psixik jarayon miyaning bo‘lmalari funktsiyasi tariqasida tashqi olam (borliq) to‘g‘risidagi axborotning qabul qilinishi, saqlanishi, qayta ishlanishini o‘zida mujassamlashtiruvchi javob faoliyatining idora qiluvchisi hisoblanadi. Shuning uchun odamlarning bilimlari borliq to‘g‘risidagi tasavvurlari, shaxsning shaxsiy tajribalarining yig‘indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga kiradi. Shunday qilib, psixik hodisalar deganda miyaning tashqi (qurshab turgan olam) va ichki (fiziologik tizimdagi organizmning holati) ta’sirlarga javobini tushunmoq kerak. Boshqacha so‘z bilan aytganda, psixik hodisalar: birinchidan, bu faoliyatning favqulodda ta’sir etayotgan (sezgilar, idrok), ikkinchidan, o‘tmish tajribada (xotira) aks etgan qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘yobga chiqadigan, mazkur ta’sirni umumlashtiradigan, uchinchidan, pirovard natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan payqashga yordam beradigan, to‘rtinchidan, monoton ta’sirotlar oqibatida faoliyatni (his-tuyg‘u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, beshinchidan, umuman faollashtirib yuboradigan, o‘zgacha ta’sirotlar natijasida uni tormozlaydigan, oltinchidan, shaxs xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va hokazolar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy regulyatorlari (idora qiluvchilari) dir. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi ta’limotini xaspo‘shlab berdi. Bu ilg‘or g‘oya, muhim ta’limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan eksperimental tasdiqlandi va xususiy holatlarda keng ko‘lamda yaqqollashtirildi. I.P.Pavlov ham odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya bilan boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga taalluqli qarashlari yig‘indisi birinchi va ikkinchi signallar tizimi to‘g‘risidagi ta’limot tariqasida fan olamida arzigulik mavqe egalladi.
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va hodisalarning ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi, tovlanishi, yengil yoki og‘irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar hayvonlar uchun shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib xizmat qiladi, keyinchalik ular shartli refleksga aylanishi mumkin. Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, birinchi signal sistemasining signallari (“birinchi signallar”) ga rioya etadilar. Binobarin, ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi bosqichida amalga oshadi va unga uzluksiz ravishda amal qiladi.
Inson faoliyati va xulq-atvori uchun ham birinchi signal sistemasining signallari (yaqqol, tasavvurlar, timsollar, obrazlar) ularni boshqarishi, yo‘naltirishi, harakatlantirishi faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, (yo‘l, ko‘cha) qoidalari, avtomobil, elektrovoz signallari, xavf-xatar belgilari shaxs uchun muhim rol o‘ynaydi. Shuni unitmaslik kerakki, insonning xulq-atvorini signal qo‘zg‘atuvchilar mexanik ravishda boshqarmaydi, balki mazkur qo‘zg‘atuvchilarning miyaga o‘rnashib qolgan timsollari, ya’ni signallari boshqarib turadi. Muayyan timsolga ega bo‘lgan timsollar narsa va hodisalar to‘g‘risida signal jo‘natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib turadi. Odamlarda hayvonlardan farqli o‘laroq, birinchi signallar sistemasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar sistemasining signallari odamlar tomonidan talaffuz etilgan, qabul qilingan, eshitilgan, o‘qilgan tushunchalar va so‘zlardan (“ikkinchi signallari”dan) tashkil topadi. Odatda birinchi signallar sistemasining signallari timsoliy signallar, o‘z navbatida so‘zlar bilan almashtiriladi, uzatiladi. So‘z birinchi signallar sistemasi signallari q’rnini bosishi, umumlashtirishi va ular vujudga keltiradigan jamiki xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Signalning kuzatuvchilari bilan ularning miyada so‘zlarning mazmuni, mohiyati, ma’nosi tarzida mujassamlashuvini o‘zaro tafovutlash maqsadga muvofiq. Mabodo so‘zning ma’nosi shaxsga tanish bo‘lsa, u holda uning xulq-atvorini boshqara oladi, tabiiy yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini ta’minlashga yordam ko‘rsatadi. Agarda so‘zning ma’nosi notanish bo‘lsa, u odamga faqat birinchi signallar sistemasining signallari tarzida ta’sir o‘tkazadi yoinki shaxs uchun mutlaqo qiymatsiz, ahamiyatsiz narsaga aylanib qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda psixika ob’ektiv borliqning sub’ektiv obrazining voqelik tarzida miyada aks etishi deb baholash mumkin.
Psixikani aks ettirish imkoniyatini to‘gri, oqilona talqin qilish uchun bilish nazariyasi, bilish manbalari, shakllari, uslublari, haqiqatni o‘lchash mezonlari, vositalari, yo‘llari kabilarga ilmiy yondoshish lozim. Psixikani o‘rganishda ob’ekt bilan sub’ektning hamkorlikdagi xatti-harakatini hisobga olish shaxsning borliq to‘g‘risidagi bilimlarining haqiqatligi, in’ikosning o‘xshashligi muammolar yechimini topishga puxta negiz hozirlaydi.
Psixologiya fani psixikani o‘rganishning tadqiqot metodlariga, yaqqol vazifalariga, izlanishning rang-barang mavzulariga ega bo‘lib, vaziyat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda ularga murojaat qiladi. Psixologiya fani ta’sir ko‘rsatuvchi (o‘tkazuvchi) ob’ektlari hisoblanmish sub’ektning ichki psixik (ruhiy) holatiga, shuningdek, tashqi taassurotlar natijasida vujudga keladigan o‘zgarishlar jarayon sifatida qay yo‘sinda kechihishni tekshiradi. Psixologiya aks ettiriluvchi narsa va hodisalarning in’ikos jarayoniga aylanish mexanizlarini, sub’ektning o‘z faoliyatini rejalashtirishni, nazorat qilishni, boshqarishni tadqiqot etadi. Psixika faollik xususiyatiga ega bo‘lib, u mayllarda, maqbul yechimni qidirishda, xatti-harakat variantlari ehtimolligini xayoldan o‘tkazishda, undashda, turtkilarda o‘z ifodasini topadi. Xuddi shu bois psixik aks ettirish sust narsa emas, balki u harakat, xatti-harakat, ta’sir, o‘zaro ta’sir kabilarni tanlash, qiyoslash, izlash, ajratish bilan bevosita aloqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi sanaladi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda psixologiya faniga ta’rif berish mumkin. Psixologiya - voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar, vaziyatlar, xislatlar, fazilatlar, mexanizmlar to‘g‘risidagi fandir. Insonninng shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan xulq-atvori va faoliyati voqelikning miyadagi obrazlar yordami bilan boshqarilib turadi.
Psiхоfiziologiya doirasida ayniqsa muhim muammolarni rivojlantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan alohida joylar bilan ajralib turadi:
1) Psiхоfiziologiya sensori- sezish, hislar va in’ikoslar
psiхоfiziologiyasi;
2) harakatlarni tashkil etish psiхоfiziologiyasi;
3) faoliyat psiхоfiziologiyasi;
4) o‘zboshimchalik bilan harakatlarning psiхоfiziologiyasi;
5) diqqat, хоtira va ta’lim psiхоfiziologiyasi;
6) nutq va fikrlash psiхоfiziologiyasi;
7) psiхоfiziologiya motivatsiyasi va hissiyotlari;
8) psiхоfiziologiyasi, stress psiхоfiziologiyasi;
9) funktsional holatlar psiхоfiziologiyasi va boshqalar.



Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin