Matlab tizimining imkoniyatlari


Electronics Workbench Multisim dasturining interfeysi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix18.03.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#88606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Electronics Workbench Multisim dasturining interfeysi. 
Electronics Workbench Multisim (EWB) dasturi real vaqt masshtabida 
ishlovchi, o’lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-
radioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday 
murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va 
tadqiq qilish mumkin.
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan 
iborat (2.2-rasm).
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi
(File), tahrirlash menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut),
sxemalarni tahlil qilish menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi 
(Window), yordam fayllari bilan ishlash menyusi (Help).
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari
bo’lgan knopkalar mavjud (2.2-rasm). Knopkalar bosilganda ularga mos 
bo’limlar ochiladi, masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo’limi ochiladi. 


13 
2.2-rasm. Electronics Workbench Multisim kompleksining interfeysi 
Dasturning bosh oynasi 2-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur 
standart interfeysga ega.
Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida
joylashgan.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada 
elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. 
Belgilar (ikonalar) oynasi sxema oynasining yuqori qismida joylashgan. 
Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi.
Keyingi, ya`ni sxema oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan 
zanjirga ulanuvchi elementlar va o’lchash asboblarini tanlash uchun 
foydalaniladi. Diodlarni (Diodes) va o’lchash asboblarini (Instruments) tanlash 
oynalari 1-rasmda ko’rsatilgan.
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) hamda 
pauza (Resume) knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan. 
Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin.
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish
maqsadga muvofiq emas. Chunki ma`lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv


14 
qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB 
dasturida ishlash quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi:
• sxemani tuzish; 
• sxemaga o’lchov asboblarini ulash; 
• sxemani aktivlashtirish, ya`ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni 
hisoblash.
2.3-rasm. Multisim dasturining bosh oynasi 
Dasturning bosh oynasi 2.3-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur 
standart intsrfsysga ega. 
Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan. 
Sxema oynasi dastur oynasnning markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada 
elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. 
Beyagiyaar (ikonalar) oynasi sxema oynasnning yuqori qismida joylashgan. 
Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi. Keyingi, ya`ni sxema 
oynasnning yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va 


15 
o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarii (Diodes) va o’lchash 
asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 2.1-rasmda ko’rsatilgan. 
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) hamda 
pauza (Resume) knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan. 
Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin [16].
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish
maqsadga muvofiq emas. Chunki ma`lumotlarni uzoq vaqt davomida
intensiv qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi
mumkin. EWB dasturida ishlash quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi:
• sxemani tuzish;
• sxemaga o’lchov asboblarini ulash; 
• sxemani aktivlashtirish, ya`ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni 
hisoblash 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin