22
uchun Activate/Stop knopkasini bosish etarli. Xuddi real laboratoriyada real
ulchash asboblari
bilan ishlagandagidek toklar, kuchlanishlar va karshiliklarning
hisoblangan kiymatlari ulchash asboblarining ekranlarida ko’rinadi.
Modellashning keyingi etapida sxemani o’zgartirish, elementlarni
almashtirish, yangi elementlarni qo’shish, asboblarni boshqa nazorat nuqtalariga
ulash va h.k. ishlarni bajarish mumkin. O’zgartirishlar
kiritilgandan keyin
sxema Activate/Stop knopkasi yoramida qaytadan aktivlashtiriladi. Sxemaga
ulangan asboblarga mos holda EWB dasturi quyidagi tahlilarni bajarish uchun
avtomatik ravishda sozlanadi:
— DC Operating Point — sxemaning o’zgarmas tok rejimini hisoblash
(o’zgarmas tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun multimetr,
ampermetr yoki
voltmetrlar ulanganda);
—AC Frequency —chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash (ACHX va
FCHX o’lchagichlari ulanganda yoki garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash
uchun multimetr, ampermetr yoki voltmetrlar ulanganda);
—Transient—o’tish jarayonlarini hisoblash (ostsillografdan foydalanilganda).
Yuqorida ko’rsatilgan tahlillarni Analysis menyusining mos komandarini
tashlash yo’li bilan ham bajarish mumkin.
EWB dasturida sukut bo’yicha sonli integrallash uchun juda katta qadam
o’rnatilgan. O’tish jarayonlari tahlili
aniqligini orttirish uchun
Analysis\Analysis Option\Transient tanlanadi va EWB dasturining quyidagi
parametrlari o’rnatiladi: ITX4 - 100...1000 va TRTOL = 1 ... 0,1.
EWB dasturi yordamida yuqorida keltirilgan uch xil tahlildan tashqari
quyidagilarni ham bajarish mumkin:
• spektral tahlil (Fourier), ichki shovqinlar spektrining tahlili (Noise),
nochiziqli buzilishlarni hisoblash (Distortion);
• sxema elementi parametrlari variatsiyasi ta`sirini tahlili (Parameter
sweep);
23
• qurilma xarakteristikalariga harorat o’zgarishi ta`sirining tahlili
(Temperature sweep);
• modellanayotgan zanjir xarakteristikalarining
nollari va qutblarini
hisoblash (Pole-Zero);
• o’tkazish xarakteristikasini hisoblash (Transfer Function);
• komponentlar parametrlari o’zgarganda sxemaning sezgirligini va
xarakteristikalarining o’zgarishini hisoblash (Sensitivity, Worst Case i Monte
Carlo).
Dostları ilə paylaş: