17
Edit/Copy
Ajratilgan komponentlarning nusxasini almashtirish buferiga olish.
Edit/Paste
Almashtirish buferiga olingan komponentlarning
nusxalarini aktiv oynaga
qo’yish.
Edit/Delete
Ajratilgan komponentni yo’qotish. Ushbu komanda yordamida
yo’qotilgan informatsiya qayta tiklanmaydi.
Edit/Select All
Aktiv oynadagi hamma elementlarni ajratish.
Agar asbob ajratilgan
elementlarning bir qismi bo’lsa Edit/Copy va Edit/Paste komandalari
ishlamaydi. SHuning uchun bir necha
elementdan tashqari hamma
elementlarni tanlash kerak bo’lsa avval Select All komandasi bajariladi,
keyin
CTRL klavishasi bosilgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib ortiqcha
elementlardan ajratilish olib tashlanadi.
Edit/Copy as Bitmap
Rastrli tasvirning nusxasini almashtirish buferiga olish. Keyin ushbu
tasvirdan matnli protsessorlarda yoki tasvirlarni
qayta ishlash dasturlarida
foydalanish mumkin.
Rastrli tasvirning nusxasini olish uchun quyidagi amallar bajariladi:
a) Edit/Copy as Bitmap tanlanadi (kursor crosshair ga o’zgaradi);
b) sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda nusxasi olinadigan
elementlarning hammasi belgilanadi.
v) sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Edit/Show Clipboard
Almashtirish buferini aks ettirish.