Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 113,14 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü113,14 Kb.
#178572
1   2   3   4   5   6   7
Abdurayimova Gulshoda

Ki chun shahzodag‘a javri havodis,
Muningdek mushkul amre qildi hodis.
Aningdek bordi oromu qarori,
Ki chiqti o‘z qo‘lidin ixtiyori.
Matn nasriy bayoni quyidagicha: Vaqtiki shahzodaga hodisalarning javri shunday qiyin bir holni yuz keltirdi, uning chidam va to‘zumi shunchalik yo‘qoldiki, qo‘lidan ixtiyori ham ketdi.
Bundan tashqari, Amin Umariy va Husaynzoda “Layli va Majnun” dostoni nasriy bayonini xuddi shunday usulda amalga oshirdilar. Bu kitobda ham bir tomonda dostonning asli, ikkinchi tomonda uning nasriy bayoni berib borildi. A. Qayumov ham Alisher Navoiy asarlari nasriy bayonini tayyorlashda shu mavjud prinsiplardan kelib chiqib ish tutgan. Keyinchalik Alisher Navoiy asarlarining nasriy bayonlari tayyorlanib, birin-ketin nashr etildi. Ulug‘ shoir va mutafakkir asarlarini bunday usulda nashrga tayyorlash ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan atoqli navoiyshunos olim A. Qayumovning xizmatlari katta bo‘ldi.
O‘zbek matnshunosligi qo‘lga kiritgan tajribalar keng ilmiy jamoatchilik tomonidan ma’qullandi. Adabiyotshunos B. Valixo‘jaev klassik adabiyot asarlarining nasriy bayonini asl she’riy matndan alohida tarzda emas, balki kitob betining bir tomonida asl – she’riy nusxa va ikkinchi betida uning nasriy sharh yoki bayonini keltirish tajribasini ma’qulladi va bu an’anani izchil davom ettirishni tavsiya qildi.
O‘tgan asrning 60–80-yillari “Xamsa”dostonlari bir necha marta alohida va to‘liq hollarda ommaviy nashrga tayyorlandi. “Xamsa”ning 500 yilligi munosabati bilan chop etilgan ommaviy matn variantiga filologiya fanlari doktori Porso Shamsiev tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matnlar hamda izohlar asos qilib olindi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan chop etilgan 20 jildlik asarlar to‘plamidagi matnlar shu davrgacha tuzilgan barcha ilmiy-tanqidiy va ilmiy-ommaviy matnlar asosida yaratildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti va H. Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar instituti olimlari tomonidan amalga oshirilgan bu nashrdan maqsad buyuk shoirning she’riy, nasriy va ilmiy merosini to‘laligi bilan kitobxonlar ommasiga etkazib berish edi. Ilmiy-ommaviy matn prinsiplarining boshqa matn shakllari prinsiplaridan asosiy farqi, birinchidan, hozirgi o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilinishi bo‘lsa, ikkinchidan, keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda tutishidir. Masalan, “Majolis un-nafois” ilmiy-tanqidiy matni Alisher Navoiy asarlari 15 jildligi o‘n ikkinchi jildi, Alisher Navoiy to‘la asarlari 20 jildligi o‘n uchinchi jildi nashri uchun asos qilib olindi.7
“Majolis un-nafois” asari matniga berilgan sharhlar mazmun-mohiyati nuqtai nazaridan turli xil bo‘lib, ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
matnda uchraydigan arab, fors tillaridagi qiyin so‘z va iboralar tarjimasi;
– murakkab tashbehli va ramzli baytlar sharhi;
– matnda tilga olingan asarlar va ularning mualliflari haqidagi ma’lumotlar;
– she’riy san’atlarga doir izohlar;
– tarixiy va afsonaviy shaxslar tavsifi;
– muammoli yoki ilmiy–tadqiqotlarga turtki bo‘ladigan sharhlar.
Keltirilgan nisbiy tasnifdan ma’lum bo‘ladiki, S.G‘anieva matn sharhini berishda adabiyotshunoslik, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, tarix, tilshunoslik fanlariga murojaat etadi.
Ilmiy matnlar quyidagi xususiyatlarga ega:
Tilning juda ixtisoslashgan turida ko'plab murakkab texnik atamalarga ega bo'lgan ilmiy matnlar mavjud. Bundan tashqari, ushbu maxsus terminologiya ilmiy bo'lmagan o'quvchilarning mavzu bo'yicha tushunchalarini murakkablashtirishi mumkin. Biroq, hech qanday holatda tegishli texnik so'zlarsiz qilish tavsiya etilmaydi.
Ushbu matnlar ko'pincha ishlatilgan tushunchalar jihatidan murakkabdir. Va boshqacha bo'lishi mumkin emas, ayniqsa aniq so'zlarni tashlab qo'yish uning to'g'riligini o'zgartirish xavfini tug'diradi.
Kasbiy leksika bilan ifodalash - texnika - ilmiy tilda aniqlikka erishish uchun eng samarali usuldir. Bu imo-ishora qiluvchi va imo-ishora qilingan o'rtasidagi haqiqiy munosabatlarni tashkil etishga qaratilgan til shaklidir.8
“O‘zbek adabiyoti namunalari” mumtoz adabiyotimiz asarlarini topib nashrga tayyorlashda, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratishda hamda bu adabiy yodgorliklarni tipologik jihatdan o‘rganishda ham birlamchi adabiy manba sifatida material beradi. Fitratning e’lon qilgan adabiy parchalari matni keyingi ilmiy-tanqidiy matnlarning tayyorlanishida yordam bergani shubhasiz. Jumladan, tadqiqotchi O.Hamroyeva Fitrat tomonidan tayyorlangan “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Navodir ush-shabob” asarlari parchalari bilan Alisher Navoiy XX jildlik mukammal asarlari to‘plamidagi asar matnini o‘zaro solishtirib chiqqan.
Fitratning matnshunoslik rivojidagi asosiy ishlaridan yana biri uning sof tekstologik tadqiqotlarida ko‘rinadi. Jumladan, u “Navoiyning forsiy shoirlig‘i” maqolasida “Devoni Foniy”ning Buxoroda topilgan nusxasini badiiy hamda uslubiy jihatdan tekshiradi va uning Navoiy qalamiga mansub emasligini aniqlaydi. Olim “Devonayi Mashrab” asari qo‘lyozma nusxalarini chuqur ilmiy tadqiq doirasida o‘rganib chiqadi. Mavjud nusxalar matnini o‘zaro qiyosiy solishtiradi. Matn bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab muammoli holatlarni shunday ko‘rsatadi: “Devonayi Mashrab” manqabasida vazn, qofiya va mazmun tomonlaridan tamom buzilg‘an bemaza narsalar ham juda ko’pdir. Bularni shul buzuq hollarda yuqoridan beri uslubi bilan tanisha kelganimiz Mashrabning she’rlari deb qabul qila olmaymiz, albatta. Bular yo yomon kotiblar tomonidan buzila-buzila biz ko‘rgan shaklga kirganlar yoxud manqabani yozg‘an va o‘qig‘an bir ko‘b yarim shoirlar tomonidan so‘ngralar ilova qiling‘an parchalardir”.
Fitrat mumtoz adabiyotimizning Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Solih, Mashrab, Turdi kabi vakillari ijodini eng qadimgi nodir qo‘lyozma asarlarga asoslanib o‘rganib chiqdi.Abdurauf Fitrat matnshunoslik masalalariga juda katta e’tibor qaratdi, matnlarni qiyosiy o‘rganishga harakat qildi. U o‘zining “Qutadg‘u bilig” haqidagi maqolasida kuyunchaklik bilan shunday yozadi: “Rusiyaning mashhur turkshunoslaridan professo‘r Samoylovich Moskvada men bilan ko‘rishganida “Devonu lug‘atit turk”dan foydalanib, “Qutadg‘u bilig”ning yangi bir bosmasini (tab’ini) tayyorlag‘anini bildirg‘an edi. Shuni bizning qo‘limizdag‘i nusxa bilan solishtirgandan so‘ng bostirsa edi, professo‘r janoblarining bu xizmatining ilmiy bahosi juda ortqon bo‘lar edi”. 9
Bu jumlalardan ma’lum bo‘ladiki, XX asr boshlaridayoq o‘zbek matnshunoslari rus matnshunoslari ishlariga tanqidiy baho
bera oladigan darajada bilimli va o‘z qarashlarida sobitqadam olimlar bo‘lganlar. Ushbu holat barcha sohalarning nazariy jihatlarini, jumladan, matnshunoslikda ham asoschilikka da’vo qilgan rus olimlari bilan teng raqobatlasha oladigan o‘zbek olimlari etishib chiqqanidan dalolat beradi. Fitratning quyidagi tahlillaridan ham buni yaqqol anglash mumkin: “Qutadg‘u bilig”ning ilm dunyosida ma’lum bo‘lg‘an nusxalarida boshda bir sochim boshlang‘ich (nasr bilan yozilg‘an bir muqaddima), ondin so‘ngra kitobdagi “bob”larni ko‘rsatkichi – bir fehrist, ondin keyin kitobning “nazm” qismi borlig‘i ma’lumdir. Bizning qo‘limizdag‘i nusxada esa “sochim-boshlang‘ich”ning ko‘braki tushkan. Ozg‘inasi qolg‘andir. “Fehrist” qismida kitobning oltmish etti bobi ko‘rsatilgan. Bu oltmish etti bobdan yolg‘uz beshinchi bobning ismi tushub qolg‘an. “Sochim – boshlang‘ich”ning kitob egasi tomonidan emas, boshqa bir kishi tomonidan yozilg‘anini Ovrupa olimlari bir og‘izdan so‘ylaydir. Menim fikrimcha, bizning qo‘limizdagi nusxaning “fehrist” qismi ham kitob egasi tomonidan yozilmag‘an. Chunki “fehrist”da ko‘rsatilgan “bob” ismlari bilan matndagi “bob” ismlari orasida ancha ayirma borlig‘i ko‘runadir”. Shunday deya olim o‘z fikrlarini dalillash uchun fehrist va matndan qiyosiy 3–4ta solishtirma misollarni keltiradi. Olim Evropa olimlari bilan bahs-munozaraga kirishadi. Bu esa bizning o‘zbek olimlari matnshunoslik bobida faqat rus olimlari emas, balki Evropa olimlari bilan teng bilimga ega bo‘lishganini ko‘rsatadi. Ayni o‘sha munozara natijasida “Qutadg‘u bilig” asarining eng qadimgi va ishonchli nusxasi deb ilmda

Abdurauf Fitrat muomalaga olib chiqqan Namangan nusxasi e’tirof etilgan.


Jadidlarning ko‘pchiligi yaxshigina xattot bo‘lib, ko‘plab qo‘lyozmalardan nusxalar ko‘chirganlar. Masalan, shoir Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy Vasliy Samarqandiyning “Al-kalom ul-afham fi manoqibi imomi ul-A’zam” kitobini ko‘chirgani ma’lum.10
O‘tgan asrning 20-yillaridan ilmiylik bosh mezonga aylangan o‘zbek adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimizning hayoti, ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilish bilan birga, ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga jiddiy kirishdilar. O‘zbek matnshunosligi sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biriga aylanib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr qilish asosiy vazifa bo‘ldi.


    1. Yüklə 113,14 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin