Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 113,14 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü113,14 Kb.
#178572
  1   2   3   4   5   6   7
Abdurayimova Gulshoda


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI


MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
O’ZBEK TILI VA MUMTOZ SHARQ ADABIYOTI KAFEDRASI

Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan


KURS ISHI

MAVZU: Ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash


Bajaruvchi:Matinshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi Abdurayimova Gulshoda
Ilmiy rahbar:Abdulazizxon Nigmanov

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….1
I BOB QO’LYOZMALARNI O’RGANISH VA ULARNI NASHRGA TAYYORLASH………………………………………………………………...7


    1. Ilmiy tanqidiy matn tushunchasi va uni tayyorlash…………………………..7



    1. O’tgan asrning 60-70-yillaridagi qo’lyozmalarni o’rganish va nashrga tayyorlash…………………………………………………………………....14


II BOB ILMIY TANQIDIY MATN YARATISH………………………….…17

2.1 Ilmiy matn xususiyatlari,turlari va tuzulishi………………………………….17



2.2 Ilmiy-tanqidiy matn yaratish zamon talabi…………………………………....24

XULOSA………………………………………………………………………....28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:Matnshunoslik aslida bir necha prinsplarga asoslangan holda ularni bir necha bosqichlarda o’rganiladi.Shulardan ilmiy – tanqidiy matnlarni tahlil qilish keng qo’llaniladiganlaridan hisoblanadi.Ilmiy-tanqidiy matn prinsplari biror asarlar yoki qo’lyozmalarni tahlil qilishda asos bo’lib xizmat qilganligi sababli ham uni o’rganish uchun talablar kengaymoqda.
Matnshunoslik sohasida esa ma’lumotlarning nihoyatda tarqoq ekanligi ma’lum.Bu sohaning alohida bir fan sifatida tan olina boshlanganiga qaramasdan, uning nazariy masalalari, prinsiplari yuzasidan izlanishlar deyarli olib borilmagan.Bu sohada dunyo qo‘lyozma fondlaridan ajratib qo‘yilgan olimlarimiz ilmiy izlanishlar mustaqilligi paytigacha bu prinsiplarni Moskvadan kutishga majbur bo‘lishgan.Hozirgi paytda olimlarimiz chet ellarga ilmiy safarlar uyushtirib, jahon kodikologiya (qo‘lyozma kitoblarning yaratilish tirixi, kitob tarkibi va tarixini o‘rganuvchi) fanining rivojlanish darajasidan voqif bo‘lib qaytmoqdalar.Bu,albatta, jahon faniga integratsiyalashish, turli madaniy markazlardagi ilg‘or usullarni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Buning uchun matnshunoslik sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlarini jonlantirish lozim bo‘ladi. Qo‘llanmada nazariy qism alohida ajratib olinmay, fan asoslari bilan uning rivojlanish bosqichlari birga berib borildi.Buning sababi har ikkala soha - manbashushoslikda ham matnshunoslikda ham nazariy masalalarda hali bir to‘xtamga kelinmagan ilmiy munozarali jihatlarning mavjudligidir.Mazkur fan universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari uchun maxsus kurs hamda manbashunos va matnshunoslar guruhi uchun nazariy kurs sifatida tavsiya etiladi.Matnshunoslik sohasida esa ma’lumotlarning nihoyatda tarqoq ekanligi ma’lum.Bu sohaning alohida bir fan sifatida tan olina boshlanganiga qaramasdan, uning nazariy masalalari, prinsiplari yuzasidan izlanishlar deyarli olib borilmagan.Bu sohada dunyo qo‘lyozma fondlaridan ajratib qo‘yilgan olimlarimiz ilmiy izlanishlar mustaqilligi paytigacha bu prinsiplarni Moskvadan kutishga majbur bo‘lishgan.Hozirgi paytda olimlarimiz chet ellarga ilmiy safarlar uyushtirib, jahon kodikologiya(qo‘lyozma kitoblarning yaratilish tirixi,kitob tarkibi va tarixini o‘rganuvchi) fanining rivojlanish darajasidan voqif bo‘lib qaytmoqdalar.Bu,albatta,jahon faniga integratsiyalashish, turli madaniy markazlardagi ilg‘or usullarni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi.Buning uchun matnshunoslik sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlarini jonlantirish lozim bo‘ladi. Qo‘llanmada nazariy qism alohida ajratib olinmay,fan asoslari bilan uning rivojlanish bosqichlari birga berib borildi.Buning sababi har ikkala soha — manbashushoslikda ham matnshunoslikda ham nazariy masalalarda hali bir to‘xtamga kelinmagan ilmiy munozarali jihatlarning mavjudligidir.Mazkur fan universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari uchun maxsus kurs hamda manbashunos va matnshunoslar guruhi uchun nazariy kurs sifatida tavsiya etiladi.O‘zbek matnshunosligi tarixiga nazar solinsa, ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha manbaga barobar yagona qonun-qoidasi mavjud emasligi ayon bo‘ladi. Agar buning sababi faqat matnshunoslikning nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga yaqin soha ekaniga bog‘lab qo‘yilsa, javob bir tomonlama bo‘lib qoladi. Ishonchli matnni tiklash jarayoni – matnning umumiy va xususiy detallarini ko‘z bilan ko‘rish, muayyan shaklni xotirda saqlab qolish, nusxalarni o‘zaro solishtirib,ma’lum matnni tanlash kabi jismoniy harakatlardangina iborat emas. Aslida, ayni paytda bu hatti-harakatlar tafakkur maydonida kechayotgan “inkor” va “tasdiq”lar suronining izmida bo‘ladi. Tafakkur esa qarashlarni tizimga soladigan nazariyaning bosh omilidir. Matnshunoslik ilmi adabiy manba va “matn tasarrufi”ning mezon va tamoyillarini o‘rganar ekan, matnshunosda bunday mezon va tamoyillar asosida manbaga munosabat bildira olish tafakkuri shakllangandagina tasarrufning nazariy masalalarini amalga oshirish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik ilmining rivoji ko‘proq soha bo‘yicha nazariy asoslarning mustahkamlanishiga, bir so‘z bilan aytganda, ilmiy-tanqidiy matn nazariyasining yaratilishiga bog‘liq.
Dunyodagi har bir xalq o‘zining yozma tarixiga ega. Bu tarixni o‘rganishda hech bir manba yozma yodgorliklardek batafsillikka da’vo qilolmaydi. Ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha bag‘riga joylagan qo‘lyozma manbalar o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi ko‘prik. Insoniy tamaddun tarixida qadimiy qo‘lyozmalarning ahamiyati shu darajada ekan, bu bebaho ma’naviy merosga chinakam voris bo‘lish uchun ularni chuqur o‘rganish, o‘rganilganda hosil bo‘lgan bilimni ommalashtirish talab qilinadi. Ajdodlardan qolgan ma’naviy mulkni o‘zlashtirish, ya’ni “o‘ziniki qilib olish” ayni jarayondan – bilimning ommalashuvidan boshlanadi.
Matnshunoslik o‘quv fani mumtoz filologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni bu sohaning amaliy va nazariy jihatlaridan xabardor etishni maqsad qilib qo‘yadi.O‘quv jarayonida talabalar yozma manbalarni qidirib topish,tartibga solish va keyingi ilmiy foydalanish uchun tayyorlash nazariyasi hamda uslubi yuzasidan ham malaka hosil qila boradilar.Shu bilan birga adabiy asarlar va tarixiy hujjatlar matni tarixi va uning manbalarini o‘rganish,qo‘lyozma nusxalarni farqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.Ushbu kurs ishi matnshunoslikning Yozuv tarixi va kitobat san’ati,Xattotlik san’ati va yozuv turlari,Arab yozuvi paleografiyasi kabi masalalariga maxsus to‘xtalib o‘tirmay,ularning umumiy jihatlarigagina murojaat qiladi.Fikrimcha,matnshunoslikni o‘zlashtirish jarayoni bu fanlarning alohida kurslar sifatida o‘qitilishini taqozo etadi. Mazkur o‘quv fanini o‘rganish uchun talabalardan, avvalo, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, xususan adabiyot tarixi, yozuv tarixi, arab yozuvi, xattotlik san’ati va arab yozuvi turlaridan ma’lum darajada tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak.O‘tilayotgan mavzulardagi tayanch so‘z va iboralar manbashunoslik va matnshunoslikka oid atamalarning izohli lug‘ati tarzida berilsa, mazkur sohalarning turli jihatlari yuzasidan ko‘nikma hosil qilish jarayonini tezlashtiradi.

Yüklə 113,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin