tengliklar o‘rinli bo‘lishi isbotlanadi
5-TA’RIF. Yuqoridagi (5) va (6) tengliklar determinantning satrlar bo‘yicha yoyilmasi deb ataladi.
Shunga o‘xshash determinantning ustunlar bo‘yicha yoyilmasini ham quyidagicha yozish mumkin:
(7)
Masalan, yuqorida keltirilgan (3) determinant qiymatini uning II satrining (4) algebraik to‘ldiruvchilari yordamida hisoblaymiz:
Laplas teoremasidan foydalanib yuqori tartibli determinantlarni hisoblash mumkin. Bunda n-tartibli determinantni hisoblash n ta (n–1) - tartibli determinantni (Aijalgebraik to‘ldiruvchilarni) hisoblash va uning ixtiyoriy satr yoki ustuni bo‘yicha yoyilmasidan foydalanishga keltiriladi. Jumladan, I tartibli determinant qiymati |A|=|a11|=a11 ekanligidan foydalanib, (1) va (2) formulalarni keltirib chiqarish mumkin. Determinant qiymatini Laplas teoremasi yordamida hisoblash uchun uning ixtiyoriy satr yoki ustun bo‘yicha yoyilmasidan foydalanish mumkin. Ammo, amaliy nuqtai nazardan, ko‘proq elementlari nolga teng bo‘lgan satr yoki ustunni tanlash (agar shundaylar mavjud bo‘lsa) maqsadga muvofiqdir. Bu holda nolga teng elementlarning algebraik to‘ldiruvchilarini topishga hojat bo‘lmaydi va hisoblashlar hajmi ancha kamayadi.
Misol.Ushbu IV tartibli determinantni hisoblang:
Yechish: Bu determinantni II ustun bo‘yicha yoyilmasidan foydalanib hisoblash qulaydir. Bunga sabab shuki, bu ustunda nol elementlar boshqa satr va ustunlarga qaraganda ko‘proq hamda a22=0, a42=0 elementlarning A22 , A42 algebraik to‘ldiruvchilarini hisoblash shart emas.
Dastlab A12 va A32 algebraik to‘ldiruvchilarni hisoblab, A12 =–389 va A32=45 ekanligini aniqlaymiz. Endi determinant qiymatini II ustunga Laplas teoremasini tatbiq etib hisoblaymiz: