Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman e'lon qildilar.
1991-yil 9-dekabr
Namangan shahrida bir guruh qo'poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qo'mitasi binosini egallab olib, O'zbekistonni Islom davlatiga aylantirishni da'vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida 10-dekabr kuni Namanganga yetib keladi va ongi aqidaparastlik g'oyalari bilan zaharlangan
namoyish rahbarlari bilan uchrashadi.
1991-yil 16-dekabr
Turkiya xalqaro miqyosda O'zbekiston Respublikasini suveren davlat deb tan olgan dastlabki davlat bo'ldi.
1991-yil 21-dekabr
Olma-ota shahrida Boltiqbo'yi respublikalari va Gruziyadan tashqari 11 ta sobiq ittifoqdosh respublikalar rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Olma-otadeklaratsiyasiimzolandi.
O'zbekiston MDHga a'zo bo'ldi.
1991-yil 25-dekabr
SSSR Prezidenti M.S.Gorbachev markaziy televideniye orqali
so'nggi marta xalqqa murojaat qildi. SSSR davlati xalqaro huquq subekti sifatida barham topdi.
1991-yil 29-dekabr
O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi masala bo'yicha referendum o'tkazildi. Unda