tarkibidaqolishigarozimisiz?"degan savol qo'yildi.
1991-yil I-mart
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan "O'zbekiston Respublikasi Xotin qizlar qo'mitasi" tashkil etildi.
1991-yil
13-14-mart
Bishkekda I.A.Karimov va Qirg'iziston Prezidenti A.Akayev bilan uchrashdi. Ikki respublika o'rtasida Do'stlik va
hamkorlik to'g'risidagi shartnoma imzolandi.
1991-yil 17-mart
SSSRda birinchi marta umumxalq referendumi o'tkazildi. Unda "Teng huquqli mustaqil respublikalaming yangilangan hamda har qanday millatga mansub kishining huquq va erkinliklariga to'la darajada kafolat beriladigan federatsiya sifatida SSSRni saqlab qolish zarur deb hisoblaysizmi?" degan
masala ko'rildi.
1991-yil 17-mart
O'zbekistonda "Siz O'zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz" degan savol qo'yilgan referendum
o'tkazildi.
1991-yil 16-aprel
O'zbekistonda Ro'za hayiti (ramazon hayiti) kuni fuqarolar ilk marta ishga chiqmadilar.
1991-yil aprel
Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O'zbekiston, Qozog'iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo'llari ishlab chiqildi va
tegishli bayonot imzolandi.
1991-yil
19-21-aprel
I.A.Karimov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda bo'ldi. Ikki mamlakat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to' g'risida shartnoma hamda hukumatlararo 1992- 1995-yillarda iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilish
to'g'risida bitim imzolandi.
1991-yil 23-aprel
Moskva yaqinidagi Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo'ldi. Ishtirokchilar tomonidan "Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida qo'shma Bayonot" imzolandi. Bu hujjat "9+1" (9 respublika + markaz) degan nomm oldi. Bayonotda yang1 ittifoq shartnomasi xujjati loyihasini tayyorlash ishini yaqm vaqt ichida tugallash
ta'kidlandi.
1991-yil 3-iyun
Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'ldi. Mulk, til va yang1 shartnomani tasdiqlash tartibi to' g' risida keskin munozara bo'ldi. "Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma" loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha
Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchunjo'natildi.
1991-yil 13-iyun
"Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma" loyihasi O'zbekiston Oliy Kengashi 5-sessiyasida muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar
ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga
respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflami ilgari surdi.
1991-yil 28-iyun
"Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risidagi shartnoma" loyihasi O'zbekiston matbuotida e'lon qilindi.
1991-yil 23-iyul
Novo-Ogoryovoda yang1 shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan "Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma" loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo'lgani holda "Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risidagi shartnoma"ni
imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi.
1991-yil
13-15-avgust
Toshkentda O'rta Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish
to' g'risida Bitim imzolandi.
1991-yil
17-19-avgust
I.A.Karimov Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi.
1991-yil
19-21-avgust
Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o'z qo'lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qo'mitasi (FHDQ) tuzildi.
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi.
Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi.
1991-yil 19-avgust
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Prezident O'zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo'qligi, O'zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko'rsatmalar
baiarilmasligini qat'iy ta'kidladi.
1991-yil 20-avgust
Toshkentda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va 0 'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O'zbekiston Davlat mustaqilligi to'g'risidagi deklaratsiya qoidalarini og'ishmay va izchil amalga oshirish
yo'lidan boraveradi, deb ko'rsatildi.
1991-yil 20-avgust
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublika aholisiga o'zining murojaatini e'lon qildi va xalqni og'ir sinovlardan o'tilayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmm
bo'lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991-yil 21-avgust
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z farmoni bilan O'zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalaming qabul qilgan barcha qarorlari va ulaming ijrosi SSSR va O'zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so'zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo'ydi. Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo'mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab
qo'yildi.
1991-yil 25-avgust
O'zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston
Prezidentiga bo'ysundirildi.
1991-yil 26-avgust
Respublika Oliy Kengashining Rayosati O'zbekistonning
Davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.
1991-yil 28-avgust
O'zbekiston Oliy Kengashining Rayosati "Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasini 1991-yil 31- avgust kuni chaqirish haqida qaror" qabul qildi va sessiyada O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi
masalani muhokama qilish belgilab qo'yildi.
1991-yil 28-avgust
O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.A.Karimovning mamlakatda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to' g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalami to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z
vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991-yil 31-avgust
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada Prezident I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif
etdi.
1991-yil 5-sentabr
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi VJ.Lenin nomili maydonni Mustaqillik maydonideb qayta nomlash haqidagi Farmoni e'lon qilindi.
1991-yil 30-sentabr
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida "O'zbekistonRespublikasiningDavlatmustaqilligiasoslarito'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun
maqomini berildi.
1991-yil 18-noyabr
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII-sessiyasida "O'zbekistonRespublikasireferenduminio'tkazishto'g'risida" Qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi masala bo'yicha referendum