Mavzuning asosiy tushunchalari:
DAVLAT SUVERENITETI (fransuzcha "souverainite" - oliy hokimiyat) - quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
I) Davlat suvereniteti - hozirgi davlatshunoslik fanida davlatning ichki va tashqi siyosatidagi to'la mustaqilligi sifatida talqin etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidada davlat suvereniteti masalasiga alohida bob ajratilgan bo'lib, uning 1-moddasida "O'zbekiston - suveren demokratik respublika" deyilgan. 2) Xalq suvereniteti - xalqning davlatni boshqarishdagi to'la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq boshqamvi ma'nolarini anglatadi.
DEKLARATSIYA (fransuzcha "deklaration" - bayonot) - alohida siyosiy yuridik hujjatlaming ularga tantanali xususiyat berish, ulaming tegishli davlat taqdiri uchun katta ahamiyatini ta'kidlash maqsadiga ega bo'lgan nomi. Normativ-huquqiy hujjat bo'lmish deklaratsiyaning o'ziga xos jihati shundaki, ulardagi qoidalar umumiy va nomuayyan xususiyatga ega bo'lib, qo'shimcha ravishda qonun bilan tartibga solishni talab etadi.
Xalqaro huquqda esa deklaratsiya - tomonlar bilan kelishilgan qoidalar va maqsadlami ifodalovchi tantanali hujjat. Majburiy xususiyatga ega emas. Odatga aylanganligi sababli davlatlar uchun majburiy bo'lib qolgan 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bundan mustasno.
PREZIDENT (lotincha "praesidens" - oldinda o'timvchi) - Respublika boshqamvi shaklidagi davlatlarda davlat va hukumat rahbari. Odatda Prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i hisoblanib, davlatning ichki va tashqi siyosatida xalq
nomidan ish yuritadi. Jahonda birinchi prezidentlik boshqaruvi XVIII asr oxirida AQShda joriy qilingan. O'zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ilk bor 1990-yil 24- martda joriy qilingan bo'lib, O'zbekiston Prezidenti butun O'zbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan to'g'ri saylov prinsipi asosida saylanadi.
REFERENDUM (lotincha "referendum" - e'lon qilinishi lozim bo'lgan xabar)
- jamiyatni demokratik boshqarish jarayonida qo'llaniladigan tadbirlardan biri. Ba'zi muhim masalalami umumxalq ovoziga, umumxalq so'roviga, xalq muhokamasiga qoyib hal etish.
O'zbekiston Respublikasida referendum o'tkazishning huquqiy asoslari yaratilgan bo'lib, u 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining Referendumi to'g'risida"gi qonuni bilan mustahkamlangan.
O'zbekiston Respublikasida referendum ilk bor 1991-yil 29-dekabrda "Davlat mustaqilligini ma'qullaysizmi?", ikkinchi marotaba esa 1995-yil 26-martda "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatini 1997-yildan 2000-yilga qadar uzaytirishga rozimisiz?" va 2002-yil 27-yanvarda "Siz kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali qilib belgilanishiga rozimisiz?", hamda "Siz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o' zgartirilishiga rozimisiz?" kabi mavzularda umumxalq referendumlari o'tkazilgan.
RESPUBLIKA (lotincha "res" - ish, "publicus" - xalq, jamoatchilik) - davlat boshqarish usullaridan biri bo'lib, bunda davlat organlari xalq tomonidan saylab qoyish orqali shakllantiriladi. Hozirgi vaqtda dunyoda 230 ga yaqin davlat mavjud bo'lsa, shulardan yarmi respublika shaklida boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: |