Matyaqubov X o zbekistonning eng yangi tarixi o quv qo llanma pdf



Yüklə 52,8 Kb.
səhifə3/11
tarix10.05.2022
ölçüsü52,8 Kb.
#57128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'zbekistonning eng yangi tarixi o\'quv qo\'llanma (1) (2)

1991-yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealami, davlat to'ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.

Prezident I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.

Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida" Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi, - deb ta'kidlanadi Bayonotda, - to'la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo'ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o'zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o'zini ochiq deb e'lon qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 7-sessiyasi 1991-yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo'lgan 8- sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi bo'yicha referendum o'tkazish haqidagi masalani ko'rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991-yil 18-noyabr kuni "O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish to'g'risida" Qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining

Davlat mustaqilligi to'g'risidagi masala bo'yicha referendum o'tkazish belgilandi.




Yüklə 52,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin