Mavzu : Aluminiy xossalari. Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#39732
1   2   3   4   5
9-Al dars ishlanma 2021

Yangi mavzu bayoni:

Fizik xossalari. Aluminiy - kumushsimon oq rangli, yengil metall. Aluminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, qalinligi 0,01 mm bo;lgan juda ham yupqa folga (aluminiy qog’oz )tayyorlash mumkin.

Issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi.

Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kg/m3;

izotop soni 11 (22-31);

Aluminiy asosida olingan turli xildagi qotishmalar xalq xo’jaligida qimmatbaho xomashyodir.

Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda aluminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi:

4A1 + 302 = 2A12O3

Agar oksid pardasi olib tashlansa, aluminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib chiqaradi:

2A1 + 6H2O =2A1(0H)3 + 3H2|

Aluminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislota bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:

2A1 + 3 H2SO4 = A12(S04)3 + 3H2

Konsentrlangan nitrat kislota bilan odatdagi haroratda ta' sirlashmaydi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat kislota aluminiy idishlarda saqlanadi.

Suyultirilgan HNO3 bilan ta’sirlashadi.

Al + 4 HNO3 = Al(NO3)3 +NO +2H2O

Al + 30 HNO3 = Al(NO3)3 + 3 NH4NO3 + 9 H2O

Aluminiy ishqorlarning suvli eritmalari bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:

2A1 + 2NaOH + 6H2O = 2Na[Al(OH)4] + 3H2

Na[Al(OH)4]- Natriy tetra gidroksoaluminat.
2Al +2NaOH + 2 H2O = 2NaAlO2 + 3H2
Aluminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi:

2A1 + N2 =2A1N aluminiy nitrid

A1 + P = A1P aluminiy fosfid

2A1 + 3S = AL2S3 aluminiy sulfid

4A1 + 3C = Al4C3 aluminiy karbid

2A1 + 3CL2 = 2A1C13 aluminiy xlorid

Al va temir kuyundisining aralashmasi termit deyiladi va ba’zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi.Reaksiya natijasida aralashma 35000C gacha qizib ketadi.Reaksiya mahsulotlari Al2O3 va Fe suyuqlangan holda bo’ladi.
8 Al +3Fe3O4 = 4 Al2O3 +9 Fe +3300 KJ
Aluminotermiya -- metal oksidlarini Al bilan qaytarib , metal olish usuli.

Aluminotermiyani rus olimi N.N.Beketov ochgan. Metallurgiya sanoatida bu usul bilan Cr,Mn,V,Zr(sirkoniy),Ti kabi metallar olishda ishlatiladi.


Ishlatilishi. Aluminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta'siriga chidamli bo'lganligi uchun xalq xo'jaligida keng ishlatiladi. Masalan, dyuraluminiy (95 % Al, 4 % Cu, 0,5 % Mg, 0,5 % Mn) po'lat kabi mustahkam, lekin undan uch barobar yengil.Al qotishmalari raketa,aviasiya, kemasozlik,temiryo’l transporti,qurilish,asbobsozlikda ishlatiladi. Al dan teleskop oynalari, elektr tarmoqlari simlari ,termit, yorituvchi raketalar, osxona idishlari tayyorlanadi. Al kukunidan temir va temir buyumlarni korroziyadan saqlovchi metal bo’yog’i tayyorlanadi.

Aluminiy folgadan oziq-ovqat sanoatida o’rash vositasi sifatida ham foydalaniladi.




Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin