Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


AZOTLI O’G’ITLARNING O’SIMLIK OZIQLANISHIGA TA’SIRI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

2.4. AZOTLI O’G’ITLARNING O’SIMLIK OZIQLANISHIGA TA’SIRI.

Tarkibida o'simliklar uchun zanir oziq moddalarni tutuvchi va dehqon tomonidan tuproqqa kiritiladigan moddalarga o'gitlar deyiladi.


Ular, o'z navbatida, minerai va mahalliy o'g’itlarga bo’linadi. Mahalliy sharoitlar (tomorqa, xo‘jalik)da tayyorlanib, shu joyning o'zida ishlatiladigan o‘g‘itlar mahalliy o‘g‘itlar deb yuritiladi. Tarkibida oziqa elementlari iniqdori kam bo'lganligi bois ularni olis masofalarga tashib ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Minerai o'g’itlar sanoat asosida tayyorlanadi va o'simliklar uchun zarur oziq moddalarni asosan noorganik shaklda tutadi (mochevina,kalsiy sianamid, oksamid, mochevina-fonialdegid kabilar bundan mustasno).
Mineral o‘g‘itlar tarkibidagi oziq element soniga ko‘ra oddiy va kompleks o'g’itlarga bo’linadi. Oddiy o'g’itlar tarkibida faqat bitta oziq elementini tutadi. Lekin bu shartli tushuncha hisoblanadi, chunki ko'p hollarda ular tarkibida Mg, Ca, S va mikroelementlar ham uchraydi. Kompleks o'g’itlar esa tarkibidagi ikki yoki undan ortiq oziq elementning bog’lanish tabiatiga ko'ra murakkab, murakkab —
aralash va aralashtirilgan o'g'itlarga bo’linadi.
Azotli o'g'it ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Ammiak ammoniyli tuzlar bilan birga turli-tuman azotli o'gMtlar ishlab chiqarishda xomashyo vazifasini ham o'taydi. Sintetik ammiak quyidagi usulda olinadi:
N2 + 3H2 = 2 NH3
Bu jarayon maxsus moslamalarda yuqori bosim va harorat (400- 500°C) da amalga oshiriladi. Ammiak olishda ishlatiladigan azot va vodorod turli aralashmalar (H,S, CO va boshqalar) dan xoli bo'lishi kerak. Azot bevosita havoni yoquvchi koks to'ldirilgan generatorlarda yoki Linde usulida siqib, fraksiyalarga ajratish yo’li bilan olinadi. Vodorod olishning bir nechta usuli mavjud: suvni elektrolizlash: suv bug'ini cho'g'langan ko'mir ustidan o'tkazish: koks pechlaridagi
vodoroddan foydalanish va metanga boy tabiiy gazlardan ajratish. Ammiakni oksidlab nitrat kislota olinadi. Zavodlarda nitrat kislota olish uchun sintetik ammiak hamda kislorod yuqori haroratda qizdirilgan katalizator ustidan o'tkaziladi
Azotning molekular holatda yo'qolishining oldini olish uchun gaz aralashmasining tarkibi va reaksiya harorati omilkorlik bilan boshqariladi. Hosil bo'lgan nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qayta haydalib, 96—98% li nitrat kislotaga aylantiriladi. Undan nitratli va ammiakli — nitratli o'g'itlar olishda foydalaniladi.
Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda.
1. Ammiakli—nitratli o'g'itlar — ammiakli selitra, ammoniy —sulfat—nitrat.
2. Ammiaklio‘g ‘itIar— ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.
3. Nitratli o ‘g ‘itlar — natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.
4. Amidli o ‘g ‘itlar — mochevina, kaisiy sianamid, mochevina formaldegidli o'g'itlar (MFO').
Ammiakli—nitratli o'g'itlarning asosiy vakili ammiakli selitra (NH4NO3) dir.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin