Mavzu : Azotning o’simliklar hayotidagi roli. O’simliklarning azot bilan oziqlanishining o’ziga xosligi


AMMIAKLI AZOTLI O’G‘ITLARNING O’SIMLIK OZIQLANISHIGA TA’SIRI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə12/16
tarix10.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128222
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Azotning o’simliklar uchun ahamiyati muhlisa

2.5. AMMIAKLI AZOTLI O’G‘ITLARNING O’SIMLIK OZIQLANISHIGA TA’SIRI.
Ammiakli azotli o'g‘itlarni olish usuli birmuncha sodda. Sintetik ammiak olinmasdan ancha ilgari ammoniy sulfat olishda toshko'mirdan foydalanganlar. Toshko‘mir tarkibida 0,5—1,5% azot mavjud. Ko‘mirni kokslash jarayonida azotning bir qismi ammiak holida ajralib chiqadi. Qaynoq suvda erigan ammiakni to'la ajratib olish uchun ≪ohak suti≫dan foydalaniladi, so’ngra sulfat kislota bilan bog’lanadi.
Qattiq va suyuq holatda ammiakli o ‘g'itlar farqlanadi. Qattiq ammiakli o‘g‘itlar jumlasiga ammoniy sulfat, ammoniy natriy-sulfat, ammoniy xlorid va ammoniy karbonat kiradi. Suyultirilgan ammoniy, ammiakli suv va ammiakatlar suyuq azotli o‘g‘itlarning vakillaridir.
Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat (N H 4)2S 0 4 o‘z tarkibida20,5—20,0% azot tutadi. Jahon miqyosida ishlab chiqariladigan azotli 0'g‘itlarning qariyb 25% i ammoniy sulfat hissasiga to'g'ri keladi. Ammoniy sulfat konsentrlangan sulfat kislotani gazsimon ammiak bilan to'yintirish orqali olinadi. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida o'simliklarning oziqlanishida o ‘ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan oltingugurt tutadi.
Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o‘g‘itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o‘g‘it tuproqqa tushgach nitrinkatsiya jarayoniga uchraydi. Tarkibidagi azot nitrat shakliga o‘tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo‘ladi va sulfat kislota ajralib chiqadi:
(NH4)2S04 + 4O 2 = 2HNO3 + H2SO4 + 2H2O
Bu kislotalar tuproq eritmasidagi bikarbonatlar va tuproq kolloidlari tomonidan neytrallanadi:
2HNO3 + Ca(HCO3)2 = Ca(NO3)2 + 2H2CO3;

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin