Mavzu : Bobil podsholigining tashkil topishi Mundarija


II . Qadimgi Bobil podsholigining yuksalishi



Yüklə 207,12 Kb.
səhifə4/6
tarix14.06.2023
ölçüsü207,12 Kb.
#129900
1   2   3   4   5   6
Mavzu Bobil podsholigining tashkil topishi Mundarija

II . Qadimgi Bobil podsholigining yuksalishi
2.1. Podshoh Xamurapi qonunlarining yaratilishi va bobil shaharlari bo'ylab yoyilishi
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi kabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi.
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi.
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750 yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar.
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi.
Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749 – 1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742- yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind- yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar.
Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, Hammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali ma'lum.
Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu to`plam Bobilnng ijtimoiy – iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat edi.
Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`payadi, bog`dorchilikda xurmo yetishtirish gullab-yashnaydi, g`alla ekinlaridan, moyli o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxivi hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo’shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, agar puli bo’lmasa o’zi va mol-mulki qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. Podsho «Hammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan.
Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva to’grisida eslatiladi. Ko’pincha qoramolni, dala ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat'iy baho berilgan va ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar to’plamining 229- moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o’z ishini mustahkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo`ydi, bu quruvchi o’limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda).
Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi muhim omil bo’ldi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan.
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar shug`ullangan, o’z xizmatlari uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo’rlik bilan ham shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo’lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan.
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to’lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan.
Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo’rlar zo’ravonligidan himoya qilgan: sudxo’rga qarz uchun hosilni olishi ta'qiqlangan, kumush uchun qarz foizi 20, g`alla qarzi uchun 33 foiz bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala uchun qat'iy chora o’lim jazosi qo`llangan, qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari «mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini bildirgan. Mushkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo’lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko’ra pul jarimasi to’langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko’z uchun ko’z, tish uchun tish) qo`llanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo’lgan. Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va mulkka egalik qilganlar.
Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo’lgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a'zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba'zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi o’g`ilning o’z ota- onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko’payishi bo’lgan.
Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, qul uncha katta bo’lmagan mulkka ega bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga mulk vasiyat qilish mumkin bo’lgan.
Bobil oilasi ota va er hukmron bo’lgan patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o’z sepiga va erining sovg`asiga o’z huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng, bolalar balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog`ligini himoya qilgan, agar ayol eriga yomon muomala qilsa, va uni mol- mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga xiyonat qilsa, o’lim jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga «somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o’g`il-qiz ega bo’lgan, ammo o’g`ilga ko’proq moyillik bildirilgan.
Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zahirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda turgan, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan.
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati og`ir qurollangan, (redum) yengil janchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi qonunlar to’plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun to’lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar.
Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1055 - yilgacha davom etadi. Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqikka ega bo`ladilar. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ldilar. Natijada iqtisodiyot gullab-yashnadi, savdo- hunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shart- sharoit yaratildi.
Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini, Suriyaning bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga istilochilik yurishlari qildilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi kurash olib bordilar va Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildilar. Old Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini hukmronliklarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo`llab quvvatladilar, Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordilar. Er. avv. XII asr boshlarida Osuriya ham kassitlarga qaram bo`lib qoldi.
Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi, xususiy mulkchilikni kuchaygan davri bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib tovar ishlab-chiqarish kamayadi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p hollarda soliq to’lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo’la boshlaydilar. Bunday farmonlar chegara toshlarida “kudurru” (Yer egalarini soliq va ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib qo`yila boshlanadi.



Yüklə 207,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin