◄ Shaharning o‘rni
Savdo kapitaliga ega bo‘lgan savdogarlarning roli oshib bordi.
Bu davrda yapon qishloqlarida “yangi pomeshchiklar” deb nom-
lanuvchi qatlam savdogarlar, boy dehqonlar va samuraylardan
shakllandi. Shu tariqa kapitalistik uklad shakllana boshladi. Asta-
sekin shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy o‘rni oshib bordi. Ularn-
ing aholisi ko‘paydi. XVIII asrning boshida Edo shahrining aholisi
500 ming kishidan oshdi.
Shahar aholisining turmush darajasini o‘sib borishi qurilish
tarmog‘ini rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
◄ Syogunlar islohoti
1716 y.da sakkizinchi syogun Tokugava feodal tizimni kuchay-
tirish maqsadida islohotlar boshladi, keyinchalik 1767 yilda bu is-
lohotlar o‘ninchi syogun Iexaru tomonidan davom ettirildi.
Bu islohotlar rivojlanib borayotgan tovar munosabatlarini
feodal hukumatning ehtiyojlariga moslashtirishga harakat qildi.