Shunday usullardan golland ost-ind kompaniyasi ham foyda-
lanib sharqning boy mamlakatlaridan biri – Indoneziyani o‘z na-
zoratiga oldi.
◄ Afrika qit’asida mustamlakachilik
XVI-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik
siyosatida Afrika qit’asi alohida o‘rin tutadi. Yevropa mamlakat-
larining markazlarini Afrika qit’asida
qurilishi mahalliy aholiga
avvaliga hech ham ta’sir etmadi. Vest-Indiya (Amerika)da shakar
qamish, kofe, tamaki, paxta plantatsiyalarini paydo bo‘lishi, oltin
va kumush konlarini ochilishi Afrikadan qullarni olib kelib foyda-
lanishni rivojlantirdi.
Qul savdosini XV asrda birinchi bo‘lib portugallar boshlashdi,
undan keyin bu jarayonga inglizlar, gollandlar,
fransuzlar, dani-
yaliklar, shvedlar qo‘shilishdi. Qul savdosi markazlari asosan Af-
rikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida (Yashil burundan Angolaga qadar)
joylashgan edi.
Dostları ilə paylaş: