7- . XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING IQTISODIY RIVOJLANISHI
◄
Feodal tizim inqirozi
XIX asr o‘rtalari – Yaponiya tarixida eng og‘ir davr hisoblanar-
di. Ikki yarim asr davomida mamlakatni feodal tartib iskanjasida
ushlagan Tokugava segunlari idorasi tugatildi. Mamlakat aholisi
uning tugatilishi bilan o‘z hayotini yaxshilanishni kutar edi, lekin
hukmdorlarning rejalari boshqacha edi: ular qisqa muddatda har-
biy va iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatni yaratishga harakat
qilishdi.
◄ Meydzi inqilobi (1867—1868 yy.)
1868 yilda imperatorlik hukmroligi tiklandi. Yaponiya tepasiga
16 yoshli imperator Mutsixito keldi.
Uning hukmdorligi Meydzi
nomini oldi (ma’rifatli hukmdorlik). Bu davr muhim siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu sababdan
Meydzi to‘ntarishi burjua inqilobi (1867-1868 yy.) deb hisoblanib,
Yaponiyani jahondagi buyuk mamlakatlar darajasiga olib chiqdi.
Yosh imperator atrofiga iqtidorli vazirlar va maslahatchilarni
to‘pladi. Birinchi yilning o‘zida Yaponiya poytaxtini Kiotodan Edo-
go ko‘chirdi (keyinchalik Tokio deb nomlangan)
va islohotlarni
boshlab yubordi.
◄ Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar:
1) Mamlakatni birlashtirish jarayonini tugatilishi. Feodal knya-
zliklar yo‘q qilinib prefekturalar yaratildi; markazlashgan davlat-
ni shakllantirish – Yaponiyani qudratli mamlakatga aylanishida
muhim omildir;
2)
Feodal tuzum, knyaz va samuraylarning feodal huquqlari
bekor qilindi; 1869 yildagi farmon feodallarni o‘z yerlarni impera-
torga topshirishga majbur bo‘ldilar;
3) Faoliyat va kasblarga davlat cheklovlari bekor qilindi, sex
tizimi, gildiyalar va klanlar bekor qilindi;
4) Xo‘jalik faoliyatida tabaqalashuv bekor qilindi,
savdo va
mamlakat ichida harakat erkinligi e’lon qilindi;
5) Jamiyatni tabaqalashuvining yangi usuli ishlab chiqildi. Av-
val to‘rtta tabaqa bo‘lgan bo‘lsa, endi uchta bo‘ldi. Dvoryanlik
yuqori tabaqani namoyon etdi (unga sobiq feodal knyazlar, saroy
aristokratiyasi kirdi). Ikkinchi tabaqa – dvoryanlik (barcha sobiq
samuraylar). Uchinchi – oddiy xalq tabaqasi. Unga aholining qol-
gan qatlamlari, shu jumladan savdo-sanoat burjuaziyasi kirardi;
6) Barcha ichki bojxonalar olib tashlandi, yagona pul birligi (ol-
tin bilan ta’minlangan) kiritildi.
95
1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an’anaviy tangasini
ajdarho rasmi tushurilgan dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar
iena deb nomlana boshlandi (dumaloq tanga), sent esa – sen.
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi
yagona umumyapon bo-
zorini, yagona iqtisodiy makonni shakllanishiga olib keldi.
◄ Agrar islohotlar
1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U
feodal yer egaligini bekor qilinishi, yerning yangi egalarini shakl-
lanishi masalalarini hal etishi zarur edi. Yer rasmiy ravishda uni
taqsimlovchilarga tegishlidir. Dehqonlar,
yerga meros sifatida
erishganlar ularning egalariga aylandilar.
1873 y.da yer solig‘i joriy qilinib, u davlat budjetining asosiy
manbasiga aylandi. U barcha yer egalariga tegishli bo‘lib, uning
hajmi olingan hosilning 50%gacha belgilangan edi.
Shunday qilib Yaponiyada yerga
xususiy mulkchilik qonuni-
ylashtirildi; uni erkin sotish-sotib olishga ruxsat berildi, yer egalar-
ining yangi kategoriyalari paydo bo‘ldi; yerning sobiq egalariga
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi
ishlab chiqarishning kapitalistik shakllarini vujudga kelishiga asos
bo‘ldi.