8- . MUSTAMLAKACHILIK DAVRIDA SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI
tovarlar yuborilardi. 1870 y.da Hindiston eksportining tarkibi 36%
paxta xom ashyosidan, 21% qora doridan, 12% - don, 4% - jut
1
dan
iborat edi. Hindiston eksportining bor yo‘g‘i 2% paxta matolari,
0,5% jutdan ishlangan mahsulotlar tashkil etardi.
Shu vaqtning
o‘zida mamlakat importining 45% - paxta matosi, 8% - yigirilgan
ip, 13% - metall buyumlar, 2 % - mashina va uskunalardan iborat
edi. Hindistonga 85% tovarlar metropoliyalardan olib kirilardi.
8.4. Mustamlakalar iqtisodiyotining rivojlanishi
◄ Mustamlakalarda sanoatning rivojlanishi.
Kapitalning birlamchi jamg‘arilishi davrida mustam-
lakachilar Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibini
o‘zgartirishmadi. Yevropadagi sanoat
inqilobi holatni tubdan
o‘zgartirdi.
Mustamlakalarda mamlakat ichkarisidan xom ashyo olib chiq-
ishni osonlashtirish uchun temiryo‘llar qurish, ko‘mir va boshqa
qazilma boyliklar (olmos, oltin, mis) qazib olish,
vositachi kredit
muassasalarini tashkil etish boshlandi.
Mustamlaka va yarimmustamlakalarda tovar-pul munosabat-
lari rivojlandi, feodal tartib inqirozi jadallashdi.
◄ Xitoy – yirik yarimmustamlaka.
Osiyo va Afrika mamlakatlarida yarimmustamlakalar paydo
bo‘la boshladi. Ular yetakchi kapitalistik mamlakatlar o‘rtasida
katta bahs va tortishuvlar obyektiga aylandi.
Yarimmustamlakalar – bu o‘z hukumati va boshqaruv tizimiga
ega formal jihatdan mustaqil davlatdir. Ular misol – Xitoy, Eron,
Usmon imperiyasi.
Sharqning yirik mamlakatlarini (xususan, Xitoyni) yarimmus-
tamlakalarga aylanishi xolatlari mavjud. Xitoyning 1756 y.da
boshqa mamlakatlar bilan savdo uchun “yopilishi” (Makaodan
tashqari), Yevropa mamlakatlari
tomonidan Uzoq Sharq mam-
lakatlarini ekspansiyasiga qarshi munosabati edi.
2
Lekin bu hol Xi-
toyning o‘zini iqtisodiy holatini og‘irlashtirdi. Xitoy Yevropaning
1
Jut - Hindiston kanopi (tola beradigan o‘simlik).
2
История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н.
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.398.
101
fan va texnika yutuqlaridan
foydalanish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi, uning boshqa
mamlakatlar bilan savdosi qisqarishi nati-jasida ishlab chiqarish
inqirozga uchradi.
Dostları ilə paylaş: