MUSTAMLAKACHILIK DAVRIDA SHARQ
MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI
Tayanch atamalar va iboralar: mustamlaka, metropoliya,
sanoat kapitalizmi,
ost-indiya kompaniyalari, qul savdosi, yarim-
mustamlaka
■
Reja:
8.1. Mustamlakachilikning tarixiy shakllari
8.2. XVI-XVII asrlarda mustamlakachilik
8.3. Sanoat kapitalizmi davrida mustamlakachilik
8.4. Mustamlakalar iqtisodiyotining rivojlanishi
8.1. Mustamlakachilikning tarixiy shakllari
◄ Mustamlakachilik tizimini shakllanishi xususiyatlari.
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida mustamlakachilik tizimi
shakllana boshlandi. Mustamlakachilik
rivojlanishining bu bosq-
ichi kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liqdir.
Shu davrdan boshlab “kapitalizm” va “mustamlakachilik” katego-
riyalari uzviy bog‘liq bo‘lib qoldi.
Mustamlaka - bu siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum
bo‘lgan, metropoliyaga qaram hududdir. Bosib olingan hudud-
larda metropoliyalar kapitalistik munosabatlarni shakllantiradi.
Bu hol Angliyaning
Shimoliy Amerikadagi, Avstraliyadagi, Yangi
Zellandiyadagi va Janubiy Afrikadagi mustamlakalarida yuz berdi.
Mahalliy aholi mustamlakachilarga
qarshi chiqa olishmadi, ular
yo‘q qilindi yoki rezervatsiyalarga haydab yuborildi. Mustaqil-
likka erishilgandan so‘ng ushbu mamlakatlar aholisi Yevropadan
ko‘chib kelgan ko‘chmanchilardan iborat edi.
◄
Sanoat kapitalizmi davri
Mustamlaka tizimini rivojlanishining keyingi bosqichi XVIII
asrning oxirgi choragida boshlangan va rivojlangan Yevropa
mamlakatlarida XIX asrning o‘rtalarigacha
davom etgan sanoat
inqilobi bilan bog‘liq.
Tovar ayirboshlash davri boshlanib mustamlaka mamlakatlarni
jahon savdo ayirboshlash tizimiga jalb etdi. Bu ikkiyoqlama oqibat-
98
8- . MUSTAMLAKACHILIK DAVRIDA SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI
ga olib keladi: bir tomondan, mustamlaka mamlakatlar metropoli-
yalarning agrar-xom ashyo ta’minotchisiga aylanib qoldi, ikkinchi
tomondan – metropoliyalar mustamlakalarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini amalga oshirdi (xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha
mahalliy sanoat, transport, aloqa, telegraf rivojlantirildi).
Birinchi jahon urushi boshiga kelib monopolistik kapitalizm
bosqichida uchta yirik Yevropa mamlakatlarning mustamlaka ye-
rlari shakllandi:
Dostları ilə paylaş: