Mavzu : Chet el tasviriy san`at va muhandislik grafikasining o`qitish metodikalari tarixi haqida fikrlar Reja :
Kirish
1.Tasviriy san’atni o`qitishga doir dastlabki ma’lumotlar va ularning xarakteri. .2. Еvropada Uyg`onish davri rassomlarining xizmatlari.
3. Rasm chizishga o`rgatishdagi o`ziga xos turli qarashlar.
4. Rossiya maktablarida tasviriy san’atni o`qitilishini o`ziga xos xususiyatlari. 5. Xulosa
KIRISH
Hozirgi zamon tasviriy san’ati shiddat bilan turli okim va Yo`nalishlarda rivojlanmokda lekin bu jarayon xamma mamlakatlarda bir xil kechmokda deb bulmaydi. Bu mamlakatda realizm, boshqasidan impressionizm, yana boshqasida abstraktsionizm shuxrat kozonmokda ayrim mamlakatlarda bu okimlarning bir nechta bir yula rivoj topmokda. Hozirgi zamon tasviriy san’ati tarrakkiyotida Frantsiya, Meksika, AKSH, Italiya, Ispaniya, Rossiya kabi mamalakatlar etakchilik kilmokdalar. Jaxonning ilgor tasviriy san’ati vakillaridan Frantsiyalik P.Gogen, O.Renuar, Ispaniyalik P.Pikasso, amerikalik R.Kent, Meksikalik D.Sikeyros, italiyalik R.Guttuzo, rossiyalik I SHishkin, S.Kanenkov, I.Repin, I.Ayvazolskiy, Uzbekiyatonlik U.Tankisbov, CH.Axmarovlarni kursatish mumkin. Bu va boshqa bir kator rassomlarning tasviriy san’atning realizm, abstraktsionizm, ramontizm, impressionizm, farmolizm okimlardagi ijodlari samaralidir. Realizm iborasi keng ma’noda xayotni tugri xakikatda kanday bulsa shundayligicha uziga xos badiiy shakllar yordamida tasvirlashni nazarda tutadi. Bu degan suz fotografiya kabi borlikni kuchirish emas, uni ifodalashga ijodiy yondashib, xayotdagi eng xarakterli, eng kizikarli kurinishlarni tanlab olish, shu asosda asarlar yaratishdan iborat edi. Bu okim tassavur asosida afsonaviy mazmunli asarlar yaratishni xam nazarda tutadi. Realizmning paydo bulishida rassomlardan Dome, Kurbe, Repin, Guttuzolar katta rol uynaydilar. Realizm okimida yaratilgan mashxur asarlar katoriga amerikalik R.Kentning «Noyabr oyida SHimoliy Grenlandiyani kurinishi», Xitoylik CHjao Peychjining «Kiygoch gulladi», Rossiyalik S.Kanenkovning «Pagonini» kabilarni kiritish mumkin. R. Kentning Moskvadagi A.S.Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyida saklanayotgan «Noyabr oyidagi shimoliy Grelandiyaning kurinishi» nomli suvratida Amerika kit’asining SHimoliy SHarkidagi shimoliy muz okeanidagi 4 orolni bir chekkasini kurinishi tasvirlangan. Uning mazmunida bu sovuk iklimni urganish uchun borgan tadkikotchilarning yashasha sharoitlari va okeanning kurinishi uz ifodasini topgan. Bolalar uni kuzatish asosida kuyidagi savollarga javob kaytarishlari talab etiladi: - Suvratda nimalar kurinyapti? -Unda yilning qaysi fasli tasvirlangan? Nega shunday? -Asarda kunning qaysi vakti tasvirlangan? -Suvrat tamoshabinda kanday kayfiyat uygotadi, iliklikmi yoki sovuklikmi? -Nega suvratda daraxt va xayvonlar kurinmaydi? -Mazkur asar bilan rassom nima demokchi? Xozirgi zamon haykal taroshlik san’atining yorkin namunasi sifatida mashxur rus haykal taroshi S.Konenkov «Poganini» byustini kursatish mumkin. Poganini XIX asr ikkinchi yarmida yashab ijod etgan italiyalik mashxur skripkachi va kompozitor. Mazkur asar 1956 yilda daraxt ildizi va shoxlarini kayta ishlash orqali yaratilgan. Asar shunchalik muvofakiyatli ishlangganki, haykal taroshning fantaziyasi va kobiliyatiga koyil kolmasdan ilojingiz yuk. Suvratda boshi, kullari, shuningdek, skripkasi aks ettirilgan. Haykal dagi skripka, kamon skripkachining umumiy xolati, barmoklari, sochlari, uning yuzidagi xissiyotlarga tula kurinishini kuzatish orqali, uni fakat Poganiniga xos ekanligiga ishonch xosil kilinadi. 5 II. Asosiy qism Jahonda tasviriy san’atni o`qitilishiga dastlabki haqida ma’lumotlar etarli bo`lmasada, biroq qadimgi Misr va YUnonistonda eramizdan avvalgi 3- asrlarga doir materiallar ham mavjud. Qadimgi Misrda tog` qoyalariga o`yib ishlangan haykallar, shuningdek rangtasvir asarlari o`zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilarni hayratga solib kelmoqda. 1-rasm. SHuni alohida qayd qilish lozimki, bunday san’at asarlari qanday shaklda bo`lishidan qat’iy nazar ularni maxsus maktablarsiz yaratib bo`lmaydi. Kishilar o`z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo`llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o`tkazib kelganlar desak yanglishmagan bo`lamiz. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o`rgatishga doir tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tasviriy san’atni o`qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug`ullanib kelganliklari ko`proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o`rgatish muntazam ravishda chizmachilik bilan bog`liq holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chihayotgan yoshlar ma’lum maydon yuzasini o`lchash va uni qog`ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo`lishlari talab etilgan. Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda ham katta ahamiyatga ega bo`lgan. Masalan “ o ” harfini o`rgatish uchun oyoq rasmi, “ q ” harfini o`rgatish uchun qo`l rasmi chizdirilgan. Bolalarni rasm chizishga o`rgatishda qo`lni erkin harakat qilishiga alohida e’tibor berilgan. Erkin, engil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog`ozlarda bajarilgan. SHuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o`qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo`yilgan. SHuning uchun ham talab va ko`rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, hattoki yog`och bilan kaltaklangan. 6 Misr maktablarida rasm chizishga o`rgatish nazariyasi bor-yo`qligi ma’lum bo`lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo`llanilgan. O`qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o`lchov, tuzilishi v.b.) tabiatni kuzatish asosida emas, ko`proq namunadan, sxemadan ko`chirish orqali o`rgatganlar. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o`rgatish qadimgi YUnonistondan ancha avval boshlangan. 2-rasm. Italiyalik XV asr me’mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: “Misrliklarning yozishicha, rangtasvir ishlash ularda YUnonistondan olti ming yil avval mavjud bo`lgan”1 .(5.40) Rasm chizishga o`rgatish qadimgi YUnonistonda ham o`ziga xos yo`nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o`rgatishda tabiatni, butun borliqni o`rganishga, unda go`zalliklarni idrok etishga alohida e’tibor berilgan. Rasm ishlash uchun yog`och taxta ustiga asalari mo`mi surtilgan va uning ustini bo`yoq bilan sidirg`a bo`yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o`tkir metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto`g`ri chizilgan rasm qo`l bilan ishqalanib, chiziqlar o`rni to`ldirib o`chirilgan. So`ngra tekis yuzaga yangi rasm ishlangan. Eramizdan avvalgi 432 yilda YUnon haykaltaroshi Poliklet kishi tanasi a’zolari o`rtasidagi mutanosiblik, proportsionallikka doir namuna sifatida “Dorifor” haykalini yaratdi. Keyinchalik u barcha maxsus badiiy va badiiy bo`lmagan maktablarda o`rgatildi. 3-rasm. YUnon rassomlari borliqni va turmushdagi go`zalliklarni kuzatish asosida tasvirlashni qonun va qoidalarini ishlab chiqqanlar. Ularning fikricha go`zallik, ko`proq xushbichim, tartib, ritm va simmetriya, bo`laklar o`rtasidagi mutanosiblik, to`g`ri matematik munosabatlarda ifodalanadi. 4-rasm. Keyinchalik YUnonistonda rasm ishlashning bir necha o`ziga xos maktablari paydo bo`lgan. Ular orasida tasviriy san’at va uni o`qitish taraqqiyotida Sikion maktabi katta rol o`ynagan. Bu maktabda o`qitish ishlari ilmiy asosda tashkil etilgan bo`lib, bolalar ko`proq tabiatga, uning qonuniyatlarini bilishga qaratilgan. 7 Bu maktabni bitirganlar orasida Pamfildek mashhur rassomlar ham bo`lgan. Pamfil rasm chizishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ko`rsatib bergan. Bu haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb yozgan edi: “Uning sa’yi harakati bilan avval Sikionda, so`ngra YUnonistonda hamma bolalarga rasm chizishni o`rgatish lozimligi belgilab qo`yilgan. Boshlang`ich ta’lim rasm chizishdan boshlanishi qayd qilingan edi.” Uyg`onish davrida Italiya tasviriy san’ati va uni o`qitish metodi katta rol o`ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy ta’lim beradigan o`quv predmetlari qatoriga kiritildi. Mashhur rassomlardan CHennino CHennini, Leon Batista Alberti, Leanardo da Vinchilar bu borada e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Ularning asarlarida fan va san’at o`rtasidagi aloqalar, proportsiya, perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o`rinni egalladi. Ularning fikrlariga ko`ra naturaga qarab rasm ishlash o`qitishning asosini tashkil etishi lozim hisoblangan. 5-rasm. Ayniqsa, Leanardo da Vinchi tasviriy san’atni o`qitish metodikasi taraqqiyotiga katta ta’sir ko`rsatgan. U o`zining “Kniga o jivopisi” nomli ishida rassomchilikni jiddiy ilmiy fan sohasi deb qaradi. U ko`p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a’zolari o`rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan. (18. 87) Tasviriy san’atni o`qitishni takomillashtirishda Uyg`onish davrining nemis rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo`ldi. U birinchi bo`lib rasm ishlashni engillashtirish uchun geometrik metodni o`ylab topdi. Uning fikricha har qanday buyum, qism va yuzalar asosida geometrik shakllar yotadi. SHuning uchun chizishda u yoki bu narsalarni tasvirlashda avval geometrik shakllar chizib olinishi lozim, keyin ular umumlashtirilib, haqiqiy tasvir hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu metodi Dyupyui, Ashbe, CHistyakov kabilarning pedagogik faoliyatlarida keng qo`llanila boshlangan. hozirgi kunlarda ham bu metod o`z kuchini yo`qotganicha yo`q. 6-rasm. 8 Uyg`onish davri rassomlarining katta xizmatlari shundan iborat bo`ldiki, ular tasviriy san’atda anatomiya, perspektiva, yorug`soyaning benihoya katta ahamiyatini asoslab berdilar. Natijada san’at asarlari o`zining yuksak badiiyligi va realistikligi bilan tomoshabinlarni lol qoldiradigan bo`ldi. 7-rasm. SHunga qaramasdan tasviriy san’atni o`qitish tizimini yaratish ularga nasib etmadi. Bu muammolar asosan XVI asrdan boshlab echila boshlagan. Bir qator akademiyalar tashkil etilishi ishni engillashtiradi. Bunday akademiyalar Florentsiya, Rim, Balon kabi shaharlarda ochildi. Avvalgi vaqtlarda bunday maktablar xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan bo`lsa, endi davlat va jamoalar ham bunga o`z ulushlarini qo`shaboshlagan edilar. Bu o`quv yurtlari orasida mashhur rassom, haykaltarosh va muallim aka-uka Karrachilar hamda uning amakivachchalari Agostino va Annibale tomonidan ochilgan badiiy Akademiya ko`proq iz qoldirdi. Ular yaratgan o`qitish tizimida o`quv materiallarini tez o`zlashtirish, o`quvchilarni ilmiy bilimlar, muntazam mashq, qonun va qoidalar asosida rasm ishlash malakalarni hosil qilish asosiy o`rinni egalladi. 8-rasm. Bu rassom–muallimlar o`zlaridan avval o`tgan rassomlarning tajribalari va yutuqlarini umumlashtirib, talabalarni shu asosda o`qitishga harakat qildilar. Ular o`z faoliyatlarida yorug`soya, kolorit, rang, konstruktsiya, anatomiya, perspektiva masalalariga alohida e’tibor berdilar. Ayrim tarixiy va san’atshunoslik ma’lumotlariga qaraganda Dyurer tomonidan bir qator nazariy va amaliy qo`llanmalar yaratilgan. Lekin ulardan ayrimlari saqlanib qolgan, xolos. 9-rasm. Akademik tizimga ko`ra jiddiy ilmiy bilimlarsiz rasm ishlashni o`rganib bo`lmaydi. Bolalar rasm chizish orqali borliqni bilib boradilar. Bu sifat har bir shaxs uchun, u qaysi sohaning mutaxassisi ekanligidan qat’iy nazar zarur deb hisoblandi. Keyinchalik Balon akademiyasi ta’sirida Parijda, Venada, Berlinda, Madridda, Peterburgda, Londonda ana shunday akademiyalar ochildi. 9 Tasviriy san’atni hamma umumiy ta’lim maktablarida o`qitilishining foydali ekanligi buyuk chek pedagogi YA.A.Komenskiy tomonidan uning “Buyuk didaktika” asarida rivojlantirildi. Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda frantsuz olimi J.J.Russoning fikrlari diqqatga sazovordir. U o`zining “Emil ili vospitanie” nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha rasm chizishni ko`proq tabiat qo`ynida amalga oshirish samaralidir. CHunki, bolalar tabiat qo`ynida narsalarni haqiqiy rangi, perspektiv qisqarishlarini ko`rgazmali ravishda o`z ko`zlari bilan ko`radilar, uning qonunlarini ongli ravishda tushunib etadilar. (29. 313). evropa pedagoglari orasida rasm chizishni umumiy ta’lim maktablarida alohida o`quv predmeti sifatida o`qitilishi va uni takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotstsi, I.SHmidt va P. SHmidt (SHvetsariya), A. Dyupyui va F. Dyupyuilar (Frantsiya) katta hissa qo`shdilar. Umumiy ta’lim maktablarida rasm ishlashda natural metoddan ko`ra geometrik metodlarni afzalliklarini N.Pestalotstsi, P.SHmidt va I.SHmidt kabi pedagoglar yoqlab chiqdilar. Natijada, maktablarda rasm chizishga o`rgatishda ikkita qarama-qarshi natural va geometrik metodga asoslangan ikki oqim paydo bo`ldi. Naturaga asoslangan rasm chizishni ustunliklarini YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.V.Gyotelar yoqlagan bo`lsalar, geometrik metodni ko`proq I.G.Pestalotstsi, I.SHmidt va P.SHmidt, F.Dyupyuilar asoslashga harakat qildilar. Lekin, XIX asrning ikkinchi yarmidan geometrik metod evropaning ko`p mamlakatlarida qo`llanila boshlandi. SHunday qilib, XIX asr o`rtalariga kelib, evropada rasm chizish fan tarzida umumiy ta’lim maktablarida o`qitilishi ancha rivoj topdi. Bu sohada rassom va muallimlardan tashqari san’atshunoslar, pedagog, psixologlar, vrachlar shug`ullana boshladilar. Rasm chizishni o`qitish metodologiyasiga doir bir qator adabiyotlar nashr etila boshlandi. Bu borada Kulman, Prang, Elsner, Baumgart, Ausberg, Braunshvig, Tedd kabilar jonbozlik ko`rsatdilar. Bular tomonidan yaratilgan adabiyotlarda rasm chizish qoidalari, 10 uning metodikasida qarama-qarshi fikrlar bo`lsa-da, biroq natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro`y bermadi. XX asr boshlarida bolalar tasviriy ijodi borasida biogenetik nazariya yuzaga keldi. Bu borada nemis olimi G.Kershenshteyner, rus san’atshunosi A.Bakushinskiy, amerikalik J.Dyupyuilar faollik ko`rsatdilar. Ularning fikriga qaraganda bolalar badiiy ijodiga aralashmaslik kerak. Ular erkin ijod qilishlari lozim. Ularning ijodiga aralashib ta’limni tezlashtirib bo`lmaydi. CHunki, har bir bola yoshiga mos ravishda avvaldan belgilab qo`yilgan bosqichlarni bosib o`tadi. Bu bosqichni o`tamasdan, ikkinchisini o`zlashtirib bo`lmaydi yoki ularning ijodiga aralashib, ularning fikrlari, his-tuyg`ularini o`zgartirish mumkin emas. SHuning uchun bolalarning ijodiga rahbarlik qilish, aralashish jinoyatdir deb yozdilar. Keyinchalik bu g`oya “Erkin tarbiya” nomini oldi. Rasm chizish Rossiya maktablarida umumiy talim o`quv predmeti sifatida XVIII asrning boshlarida paydo bo`ldi. Bu davrda rasm chizish Dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi, kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, qizlar tarbiya bilim yurtida o`qitilgan. Bu o`quv yurtlarida rasm chizishga o`rgatish rassomlar tayyorlash uchun emas, balki yoshlarni kasbiy faoliyati va kelajak hayotlarida foydalanishlari uchun kerak bo`ladigan soha deb qaralar edi. 1934 yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy talim maktablari uchun “Rasm chizish kursi” nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik rasm ishlash asosida qurilgan bo`lib, unda perspektiva, yorug`soya qonunlari ham o`z aksini topgan edi. 10- rasm. SHu bilan bir qatorda Sapojnikov sim, karton, gips kabi materiallardan narsalar tuzilishi, perspektiv qisqarishi, xajmiga doir metodik ko`rgazmali qurollar majmuasini ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko`ra har qanday natura asosiga turli hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun ham rasm chizishda geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan. 11 Rossiyada tasviriy san’atni umumiy ta’lim maktablarida o`qitilishiga doir yirik fundamental asar yaratganlardan biri G. A. Gippius bo`ldi. Uning “Ocherki teorii risovaniya kak obshego uchebnogo predmeta” nomli asarida o`sha davrdagi rasm chizishga o`rgatishdagi eng ilg`or g`oyalar o`z aksini topgan edi. (12.). Rossiya maktablarida rasm chizish ommaviy tarzda o`qitila boshlangach rassom-o`qituvchilarning etishmasligi muammosi paydo bo`ladi. Maxsus o`qituvchilar tayyorlash maqsadida 1825 yilda Moskvada Strogonov nomidagi texnikaviy rasm bilim yurtida yangi bo`lim ochilib, unda rasm o`qituvchilari tayyorlana boshladi. 1879 yildan esa Sankt-Peterburg badiiy akademiyasi qoshida rasm o`qituvchilari tayyorlovchi kurs ochildi. Bu kurslar uchun dastur, metodik materiallar tayyorlashda badiiy akademiya professori P. CHistyakov faoliyat ko`rsatdi. Bu davrda tuzilgan dastur va qo`llanmalarda A.Sapojnikovning geometrik ko`chirish metodlari amaliyotdan chiqarilib, maktabda rasm darsi faqat natural metod asosida rasm ishlashdan iborat ekanligi qayd qilindi. Mazkur dastur va qo`llanmalarda bolalar tasviriy faoliyatlariga erkinlik berish lozimligi ham belgilab qo`yildi. Rasm chizish muammolarini hal qilishda XIX asr boshlarida Moskva va Peterburg shaharlarida tashkil etilgan “Rasm o`qituvchilari jamiyati” e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdi. Bu davrda mutaxassislar orasida rasm chizishga o`rgatish masalalari katta qiziqish uyg`otgan bo`lishiga qaramasdan bu sohada qarama-qarshi g`oyalar ham kuchaydi. Ana shundaylardan biri formalistik oqim edi. Bu oqimning vakillaridan Kershenshteyner va Dyupyui g`oyalarini Rossiyada tashviqot qilishda Bakushinskiy katta rol o`ynadi. Uning fikricha badiiy tarbiyada “Maktab” kerak emas, bolalarni o`qitish ham kerak emas, ular xoxlagan ishlarini bajarsinlar, o`qituvchi faqat kuzatib turishi lozim. 1918 yilda Peterburgda nashr etilgan V.I.Beyer va A.K.Voskresenskiylarning “Risovanie na nachalnoy stupeni obucheniya v svyazi s lepkoyu i chercheniem” nomli qo`llanmalarida naturaga qarab rasm ishlash, illyustrativ rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash va suratlarni kuzatish bo`limlari mavjud edi. 12 Badiiy ta’lim va tarbiyadagi bu qarama-qarshi oqimlarning paydo bo`lishiga Rossiyada 1917 yildagi davlat to`ntarishi va sobiq Sovetlar hokimiyatining o`rnatilishi sabab bo`ldi. Ta’lim va tarbiyadagi bu nazariya keyinchalik hukmron bo`lgan bolsheviklar partiyasi tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi hamda badiiy tarbiya kommunistik tarbiya vazifalarini ruyobga chiqarishga qaratildi. 1931 yil 5 sentabrdagi “O nachalnoy i sredney shkole” nomli davlat qarori asosida maktab dasturlarida bu o`quv predmetining maqsad va vazifalari qayta ko`rib chiqildi. Rus sovet badiiy ta’limining shakllanishiga katta ta’sir ko`rsatganlardan biri D.N.Kardovskiy edi. Bu badiiy ta’lim tizimi realistik san’at printsiplariga asoslangan bo`lib, D.N.Kardovskiyning tashabbusi va sa’yi-harakati bilan 1942 yili Moskva pedagogika instituti qoshida badiiy-grafika fakulteti ochildi. Rossiyada rasm chizish metodikasini takomillashtirishda 1933 yilda tashkil topgan “Bolalar badiiy tarbiyasi markaziy uylari” muhim ahamiyat kasb etdi. Bu markaz faoliyati bilan bog`liq holda P.YA.Pavlinovning “Graficheskaya gramota”, N.Radlovning “Risovanie s naturo`”, “Sbornik zadaniy po risovaniyu”, YA.Bashilov va e.Kondaxchanlarning “Detskiy risunok” va boshqa qo`llanmalari chop etildi. Rossiyada, shuningdek, Sovet Respublikalarida rasm chizishni rivojlanishida 1943 yilda tashkil topgan Rossiya pedagogika fanlari akademiyasi katta rol o`ynadi. Keyinchalik bu akademiya asosida 1967 yilda SSSR pedagogika fanlari Akademiyasi tashkil topib, uning tarkibida badiiy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti ochildi. Bu institut umumiy o`rta ta’lim maktablarida estetik tarbiyaga doir ilmiymetodik tadqiqotlar olib borishda asosiy markaz bo`lib qoldi. Bu borada Rossiya Maorif vazirligi tasarrufida tashkil etilgan maktablar ilmiy-tadqiqot instituti va uning tasviriy san’atni o`qitishga oid laboratoriyasi diqqatga sazovor ishlarni olib bordi. 13 Rossiyada ikkinchi jahon urushidan so`ng samarali faoliyat ko`rsatganlardan biri e.Kondaxchan edi. U o`zining “Metodika prepodavaniya risunka v sredney shkole” nomli qo`llanmasida bu boradagi ilg`or tajribalarga asoslanib realistik san’at va rasm chizishga o`rgatishning asosini naturaga qarab rasm ishlash egallashi lozim deb yozdi. U Rossiyada 1925-50 yillarda keng tashviqot qilib kelingan Bakushinskiyning “Erkin tarbiya” nazariyasiga qarshi chiqib, ta’lim va tarbiyada o`qituvchining katta rahbarlik faoliyatini qattiq turib himoya qildi. U “Erkin tarbiya” nazariyasi o`qituvchi rolini kamaytiruvchi va o`qitishda tartibsizlikni vujudga keltiruvchi “metod” deb o`z g`oyalarini asoslashga harakat qildi. XX asrning ikkinchi yarmida o`qitish metodikasiga doir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, rasm chizish bo`yicha 1963-70 yillarda I-VI sinflar uchun sinov darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
XULOSA Rossiya maktablarida ta’lim mazmunini isloh qilish borasida hukumat qarorlari asosida rasm chizish o`quv predmetini maqsad va vazifalari va ta’lim mazmuni bir necha bor qayta ko`rib chiqildi. Natijada, 1970 yilda “Risovanie” o`quv predmetining nomi “Tasviriy san’at” deb o`zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan dasturda estetik tarbiya vazifalari hamda rassomlar asarlarini o`rganilishiga doir qismlar kengaytirilgan edi. Rossiyada XX asrning ikkinchi yarmida “Tasviriy san’at” o`quv predmetini o`qitilishini yaxshilashda bir qator pedagog olim va metodistlar faollik ko`rsatdilar. Natijada “Risovanie” darsliklaridan tashqari ko`plab ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar nashr etildi. Bunda G.V.Labunskaya, V.V.Alekseeva, V.S.SHerbakov, A.G. SHimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova, A.S. Brajnikova, N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, e.V.SHoroxov, T.YA. SHpikalova, B.P.YUsov kabilar samarali mehnat qildilar. 14 Bu davrda yaratilgan quyidagi ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar diqqatga sazovordir: A.P.Fomichev tahriri ostida “Metodika obucheniya risovaniyu v vosmiletnoy shkole” (-Moskva,1963), G.V.Labunskaya “Izobrazitelnoe tvorchestvo detey” (-Moskva: Prosveshenie, 1965); N.N.Rostovtsev “Metodika prepodovaniya izobrazitelnogo iskusstva v shkole” (- Moskva: Prosveshenie, 1974), V.V.Alekseeva “Izobrazitelnoe iskusstvo i shkola” (-Moskva: Sov. xudojnik, 1968), V.S. SHerbakov “Izobrazitelnoe iskusstvo. Obuchenie i tvorchestvo” (-Moskva: Prosveshenie, 1969), A.G.SHimanskaya “Perspektivnoe risovanie v shkole” (-Moskva: Uchpedgiz, 1959), A.V.Karlson “Didaktika i metodika na urokax risovaniya” (-Moskva: Uchpedgiz, 1959), R.I.Korguzalova “Tematicheskoe risovanie v shkole (-Moskva Uchpedgiz, 1959), G.I.Orlovskiy “O xudojestvennom obrazovanii uchitelya risovaniya” (-Moskva, Uchpedgiz, 1961), Z.Maslennikova “Rabota kraskami v shkole” (-Leningrad, Uchpedgiz, 1959), V.S.Kuzin “Osnovi obucheniya izobrazitelnomu iskusstvu v obsheobrazovatelnoy shkole” (-Moskva: Prosveshenie, 1979).