Mavzu – Kimyo faniga kirish. Fanning rivojlanish tarixi va bosqichlari. Kimyoning asosiy tushunchalari



Yüklə 19,66 Kb.
səhifə2/2
tarix11.09.2023
ölçüsü19,66 Kb.
#142659
1   2
1- mavzu Kimyo faniga kirish. Fanning rivojlanish tarixi va bosqichlari. Kimyoning asosiy tushunchalari.

Kimyoning ahamiyati
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo’jaligida g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo’lmaydigan mahsulotlarni sintez qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari ko’rish va xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon berdi. Tabiatdan faqat xomashyo, ruda, toshko’mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xomashyoni kimyoviy yo’l bilan qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo‘yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, sintetik tola, sun’iy yoqilg‘i, dori-darmonlar va boshqa juda ko’p moddalar ishlab chiqaradi. Ko‘plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi.
Kimyoning imkoniyatlari bitmas - tuganmasdir. Faqat neftning o’zidan 20 mingdan ortiq, toshko’mirdan esa bundan ham ortiq organik moddalar olish mumkin. Masalan, yaqinda ishga tushgan “Uzbekistan GTL” kimyo zavodi yiliga 3.6 mlrd tonna tabiiy gazni qayta ishlash, 1.52 mlrd tonna suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yangi ishlab chiqarish yiliga xom-ashyo sifatida eksport qilinadigan 1 mlrd AQSh dollari qiymatidagi neftni qayta ishlash imkoniyatini yaratdi. Korxonada dizel, aviatsiya kerosini va siqilgan uglevodorod va boshqa tabiiy gazni aromatlash mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Kimyo fani tabiiy mahsulotlarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo’shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug’ullanishi lozim. Ammo sobiq Shuro xukumati davrida mamlakatimizning ko’pgina tabiiy boyliklari hisobsiz ishlatilgan va tashib ketilgan. Atrof muhit esa sanoat chiqindilari bilan ifloslantirilab ekologik holatga ancha ziyon yetkazilgan edi. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan keyin tabiiy boyliklarga munosabat ham o’zgardi, ularni avaylab ishlatish yo‘lga qo‘yildi.

ADABIYOTLAR

1. K. Axmerov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O‘zbekiston», 2003 yil.
2. N.A. Parpiev va boshqalar. «Anorganik kimyo nazariy asoslari» Toshkent, «O’zbekiston», 2000 yil.

  1. Oбщая химия; Учебник (Пoд ред. Е.M. Соколовский и Л.С. Гузея -3–e изд. – M.: Изд-во Moсква, 1989. – 640с.

  2. www.ziyonet.uz

Yüklə 19,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin