MAVZU
: Ko‘ndalang kesimlar, mustahkamlagich turlari va kon lahimlarini o‘tkazish
usullari
Reja:
1.
Mustahkamlagich materiallari
2.
Kon lahimi mustahkamlagichlari
3.
Kon lahimlarini o‘tish usullari va texnalogiyasi
4.
Xulosa
5.
Foydalanilgan adabiyotlar
Mustahkamlagich materiallari
Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar mustahkamlagich
materiallari hisoblanadi. Mustahkamlagich materiallari yuqori pishiqlikka, ya’ni o’zining
mas- sasiga nisbatan ancha ko‘p bo‘lgan yuk bosimiga vaqtincha qarshilik ko’rsatish sifatiga
ega bo’lishi. ko‘p va arzon o‘tga chidamli va yengil alangalanmaydigan. zanglamaydigan
va
chirimaydigan
bo‘lishi
zarur.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklardagi kon lahimlarini mus- tahkamlashda
mustahkamlagich materiallari sifatida yog‘och. metall. beton. temir-beton. tabiiy va sun’iy
toshlar.
shuningdek.
polimer
materiallaridan
foydalaniladi.
Kon lahimlarini mustahkamlashda yog‘och materiallari boshqalariga qaraganda ko‘proq
qo‘llaniladi. Chunki yog‘och o‘z massasiga nisbatan pishiq bo‘lib. osonlikcha qayta
ishlanadi va nisbatan arzon bo‘ladi. Ammo yog‘och mustahkamlagich materiallari yonish
xususiyatiga ega ekanligi. chirishga moyil- ligi tufayli ishlash muddati qisqa bo‘lishi kabi
kamchiliklardan
ham
xoli
emas.
Yog‘och mustahkamlagich materiallari sifatida g‘o‘la. brus. taxta. garbil va shu kabilardan
foydalaniladi.
G‘o‘la — uzunligi 5 dan 9 m gacha bo‘lgan. yuqori uchi- ning diametri 12 m va undan katta
bo‘lgan
daraxt
tanasining
bo‘lagi.
Brus — ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak. keng- ligi qalinligiga teng yoki undan
ikki
barobar
katta
bo‘lgan
arralangan
yog‘och.
Taxta — kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo‘lgan. arralangan uzun yog‘och.
Garbil — daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining)
chetidan chiqqan bir tomoni tekis. ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog‘och.
Bo‘yi 0.5 m dan 5 metrgacha. yuqori uchining diametri 7 dan 30 sm gacha bo‘lgan g‘o‘la
shaklidagi
yog‘och
shaxta
(rudnik)
ustuni
deyiladi.
Metall ham o‘zining pishiqligi. qayta-qayta ishlatilishi mumkinligi. uzoq vaqt xizmat qila
olishi. yong‘indan xavf- sizligi kabi qator xususiyatlarga ega bo‘lib. konchilik amaliyotida
mustahkamlagich
materiali
sifatida
keng
qo‘lla-
nilmoqda.
Kon lahimlarini mustahkamlashda cho‘yan va po‘lat quymalaridan. po‘lat profillaridan
foydalaniladi.
Beton yuqori pishiqlikka ega, uzoq muddat xizmat qila- digan, yonmaydigan va nisbatan
arzon
mustahkamlagich
material
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tabiiy toshlar konchilikda mustahkamlagich materiali sifatida juda kam
qo’llaniladi.
Beton bloklar, pishiq g‘isht kabi sun’iy toshlar kapital kon lahimlarini mustahkamlashda
qo’llanadi.
Polimer mustahkamlagich materiallaridan oynaplastik, plastikbeton, ko‘mirplast kabi
sintetik kimyoviy tarkibiga ega bo’lgan sun’iy materiallardan ham kon lahimlarini
mustahkamlashda
foydalanilmoqda.
Kon
lahimlari
mustahkamlagichlari
Kon lahimi atrofini o‘rab turgan kon jinslarining lahim ichiga qulab tushmasligi, uning
ko‘ndalang kesim yuzasini va ishlash qobiliyatini saqlashni ta’minlash maqsadida o‘rnati-
ladigan
sun’iy
inshoot
kon
mustahkamlagichi
deb
ataladi.
Kon mustahkamlagichi yog‘ochdan, metalldan, monolit beton va temir-betondan barpo
etilishi mumkin. Ruda konlari lahimlarini mustahkamlashda, ayrim hollarda anker mustah-
kamlagichlardan
ham
foydalaniladi.
Yog‘och mustahkamlagichlarning ishlash muddati qisqa (2—3 yil). Ular, asosan, konbosimi
mo‘tadillashgan, gorizontal, qisman qiya lahimlarda qodlaniladi. Yog‘och mustahkam-
lagichlar to‘g‘ri to‘rtburchak, aksariyat hollarda esa, trapetsiya- simon shakldagi toda
bodmagan
mustahkamlagich
romlardan
tashkil
topadi.
Romlar lahimning uzunlik o‘qiga tik ravishda bir-biriga tirband yoki bir-biridan 0,5—l,0 m
masofada o‘rnatilishi mumkin. Agar romlar orasida ma’lum masofa qoldirilgan bodsa, u
holda romlar oraligdga ikki yoni va tepasi bo‘ylab toqilar teriladi. Toqilar lahim shifti va
yon tomonlaridagi jins bodaklarining lahim ichiga qulab tushishidan saqlaydi (2.3-rasm).
Yog‘och mustahkamlagich romlari diametri 20—25 mm g‘odalardan barpo etiladi.
Mustahkamlagich ustunlarning ostki uchi qoziqsimon qilib tayyorlanadi va ular yerga 10—
20
sm
Yog‘och mustahkamlagichning konstruksiyasi:
1 — to‘sin; 2 — ustun; 3,4 — toqi; 5 — tiralma.
chuqurcha hosil qilib o'rnatiladi. Ustun uchining qoziqsimon bo'lishi
mustahkamlagichning biroz eziluvchan bo'lib, kon bosimiga moslashishini ta’minlaydi.
Trapetsiyasimon romlarning ustunlari gorizontga nisbatan 80—85° burchak ostida
o'rnatiladi. Agar lahim osti (yer) qabarish xususiyatiga ega bo'lsa, u holda ustunlar
tagsinchga o'rnatiladi. Bunday romlar to'la rom deb yuritiladi. Agar lahim yon devorlari
mustahkam bo'lsa, ustunsiz mustahkamlagichdan foydalaniladi. Bunda lahim yon
devorlari tepasida, shift ostida har ikki tomonda chuqurcha hosil qilinadi va to'sin chuqur-
chalarga kiritib o'rnatiladi.
Lahimning qiyaligi 30 darajadan ortiq bo'lsa, uni to'la mustahkamlagich romlari bilan
mustahkamlanadi va qo'shni to'sin hamda tagsinchlar o'rtasiga tiralmalar o'rnatiladi. Bu
esa romlarning surilib ketishining oldini oladi.
Metall mustahkamlagichlar uzoq muddat ishlashi, mustah- kamligi va ta’mirlash
xarajatlari kamligi tufayli konchilik amaliyotida keng qo'llanilmoqda. Metall
mustahkamlagichlar trapetsiyasimon, arkali va aylanma shaklida, shuningdek, eziluvchan
yoki qat’iy (ezilmaydigan) bo'lishi mumkin.
Qat’iy trapetsiyasimon mustahkamlagich romi, asosan, dvutavr balkasi yoki relsdan
yasaladi. Bunday mustah- kamlagichga biroz eziluvchanlik xususiyatini berish maq-
sadida ustunlar g'o'la yog'och tagliklar ustiga o'rnatiladi Konchilik korxonalarida qat’iy
mustahkamlagich bilan bir qatorda maxsus eziluvchanlik konstruksiyasiga ega bo‘lgan
metall mustahkamlagichlardan ham keng foydalaniladi. Bularga MPK-1T, KMP—T,
MTPSH rusumli mustahkamlagichlar misol bo‘la oladi.
Shaxtalarda, ko‘pincha, uch yoki besh bo‘g‘inli arkali metall mustahkamlagichlar
qo‘llaniladi. Bo‘g‘inlarning asosiy vazifasi dastlabki kon bosimini qabul qilishda
mustahkamlagichga ko‘proq eziluvchanlik xususiyatini berishdir. 2.5-rasmda uch bo‘g‘inli
eziluvchan arkali mustahkamlagichning romi ko‘rsa- tilgan.
Uch bo‘g‘inli maxsus profillardan tashkil topgan arkali mustahkamlagich:
1 — metalli ustunlar; 2 — yuqori segment; 3 — to‘sinni ustunlarga bog‘lovchi xomut; 4
— gaykali planka; 5 — bog‘lovchi.
Kon lahimiga barcha tomonlaridan kuchli bosim ta’sir etadigan, buning ustiga uning
zamini qabarish xususiyatiga ega bo’lsa. bunday lahimlarni to‘rt yoki olti bo‘g‘inli
aylanma shaklidagi metall mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi
Eziluvchan g‘ildiraksimon (halqasimon) metall mustahkamlagich.
Monolit beton va temir-beton mustahkamlagichlar. aso- san, uzoq muddat ishlaydigan
qazish zonalaridan tashqarida bodgan gorizontal, vertikal va qiya kapital (konni ochuvchi)
lahimlarni mustahkamlashda qodlaniladi. Stvol atrof insho- otlari va kameralari ham,
asosan, monolit beton bilan mustahkamlanadi.
Monolit beton mustahkamlagichlarining asosiy konstruk- siyasi vertikal devor va
gumbazsimon yopqichdan (gorizontal va qiya lahimlarda), silindr shaklidagi beton
mustahkam- lagichdan (vertikal lahimlarda) tashkil topadi.
Shaxtalarda vertikal kon bosimining lahimga ta’siri kuch- liroq bodganligi tufayli,
ko‘pincha, vertikal devorli va gumbazsimon yopqich shaklidagi monolit beton
mustahkam- lagichidan foydalaniladi
Eziluvchan yoki qat’iy (ezilmaydigan) armaturali monolit temir-beton mustahkamlagichi
ham ikki devor, gumbazsimon yopqich va poydevordan tashkil topadi. Monolit beton
mustahkamlagichlari bilan bir qatorda shaxta va rudniklarda
Monolit beton mustahkamlagichi.
yig'ma temir-beton mustahkamlagichlardan keng foyda- laniladi.
Yig'ma temir-beton mustahkamlagichlarning elementlari zavodlarda tayyorlanib, kon
lahimlariga keltiriladi va bu yerda yig'ib, lahim mustahkamlanadi. Yig'ma temir-beton
mustahkamlagichlarning ishlash muddati uzoq va ular kon bosimi mohadillashgan kapital
kon lahimlarini mustahkamlashda qo'llaniladi.
rasmda konchilik korxonalarida keng qo'llanadigan trapetsiyasimon va arkasimon
shakldagi temir-beton mustah- kamlagichlar ko'rsatilgan
Yig‘ma temir-beton mustahkamlagich:
a — trapetsiyasimon; b — sidirg‘asiga tyubinglardan yasalgan arkasimon.
Konlami yerosti usulida qazib oluvchi korxonalar ama- liyotda monolit beton
mustahkamlagichlarining yana bir turidan foydalanadilar.
Mustahkamlagichning bu turi sepma beton mustahkam- lagichi deb yuritiladi.
Bu mustahkamlagich foydali qazilmani qazish zonasidan tashqarida joylashgan kapital va
kon-tayyorlov lahimlarini mustahkamlashda qo’llanadi. Lahimlar darzdorlik darajasi
kichik bo’lgan pishiq jinslardan o’tilgan bo’lishi kerak. Lahim o’tilgandan so’ng uning
yon devorlari va shifti bo’ylab, maxsus mashinalar yordamida beton qorishmasi sepiladi.
Uning qalinligi 50—300 mm bo’lishi mumkin (to’ldirgich materiallari bo’laklarining
o’lchami 25 mm dan oshmasligi shart). Beton aralashmasini tayyorlashda yuqori rusumli
(400 dan kam bo’lmagan) sement, beton qotishini tezlashtiruvchi material sifatida xlorli
kalsiy, suyuq oyna va boshqa material- lardan foydalaniladi.
Ankerli mustahkamlagich turli usullar orqali shpurga (skvajinaga) o’rnatiladigan sterjen
(anker) bo’lib, lahim shifti va yon tomonlaridagi bo’shoq (darzdor) jins qatlamlarini
buzilishdan yoki deformatsiyalanishidan saqlaydi.
Ankerning diametri 20 mm va uzunligi 0,6 metrdan 3 metrgacha bo’ladi.
Ankerli mustahkamlagich:
a — mustahkamlagichning lahimga o‘matilgan holati;
b va d — ponayoriqli va kengayuvchan ankerlar konstruksiyasi.
Shpur yoki skvajinaga mustahkam o‘rnatilish tomoyillariga ko‘ra barcha turdagi ankerli
mustahkamlagichlar ikki guruhga bodinadi: qulfli — skvajinaning tub qismiga turli
konstruksiyaga ega bo‘lgan qulflar yordamida mustahkam o‘rnatiladigan; qulfsiz —
skvajinaning bor bo‘yicha sement, smola yoki boshqa yopishtiruvchi moddalar bilan
mustahkamlaydigan ankerli mustahkamlagichlar.
Zamonaviy konchilik korxonalarida qulfli metall ankerlar keng qo‘llanilmoqda.
Bu ankerlar ponayoriqli, kengayuvchan va kengaymaydigan turlarga bo‘linadi
Kon
lahimlarini
o‘tish
usullari
va
texnologiyasi
Ma’lum ko‘ndalang kesim yuzasi va uzunlikka ega bodgan yerosti bo‘shliqlarini hosil qilish
hamda ularni saqlash uchun birin-ketin bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlari majmuyi
kon
lahimlarini
o‘tish
usullari
deyiladi.
Konjinslarining fizik-mexanik xossalari, lahimlarning baja- radigan vazifalari, ko‘ndalang
kesim yuzasining maydoni va ishlash muddatiga ko‘ra ularni oddiy (an’anaviy) hamda max-
sus
usullarda
odiladi.
Agar jinslarning xususiyati lahim shifti, hatto qisqa muddat (mustahkamlagich
o‘rnatilguncha) ochiq holda buzilmasdan turishiga imkon bersa, lahimlar oddiy usulda
odiladi. Orasidan lahim odiladigan jinslar oda noturg‘un, murakkab geologik va
gidrogeologik xususiyatlar (sochilma, oqishga moyil va shu kabi xususiyatlar)ga ega bodsa,
lahimlar
maxsus
usullarda
odiladi.
Jinslarni muzlatish, tamponlash, qoqma mustahkamlagich o‘rnatish yoki kavjoy suv sathini
pasaytirish kabi boshqa qo‘shimcha jarayonlarni bajarishga asoslangan lahim odish usullari
maxsus
usullar
hisoblanadi.
Konchilik sanoatida keng qodlaniladigan, kon massasini kavjoy massivdan ajratib olish
(buzish) vositalariga asoslangan lahim odish usullari quyidagilarga bodinadi: kombayn
bilan lahim odish; burgdlab-portlatish vositasida lahim odish; zarba bolg'asi yordamida
lahim o'tish; yuqori bosimga ega bodgan suv oqimi (struyasi) ta’sirida lahim o'tish.
U yoki bu lahim o'tish usulini tanlab olishda qator omillarni hisobga olish lozim. Ulardan
eng asosiylari lahim odiladigan kon massivining kon-geologik va kon-texnik omillaridir.
Tanlab olinadigan lahim o'lish usuli mehnat xavfsizligi, lahim o'lish ishlarini belgilangan
reja asosida ishonchli olib borish va maksimum tejamkorlikni ta’minlash kabi talablarga
javob
berishi
kerak.
Lahim o'tish usulini tanlab olishga ta’sir ko'rsatuvchi omillarga jinslarning pishiqligi, ko'mir
qatlami yoki ruda yertomirining qalinligi, og'ish burchagi, tektonik buzilganligi, jinslarning
suvliligi, gazliligi hamda kon zarbasi va to'satdan otilib chiqish xavfi borligi kabi sharoitlar
kiradi.
Kon-texnik omillarga esa, lahimning ko'ndalang kesim yuzasi, uzunligi, bajaradigan
vazifasi va ishlash muddati, joy- lashgan chuqurligi, qiyalik burchagi, kon massasi va usku-
nalarni tashish usullari, shuningdek, lahimlarning o'zaro joylashish sxemasi va boshqalar
kiradi.
Lahim o'tish usulini tanlashda ko'p hollarda jinslarning qattiqligi e’tiborga olinadi. Chunki
bu omil lahimni kombayn yoki burg'ilab-portlatish usulida o'tishning chegarasini belgi- lash
bilan bir qatorda, lahim o'tishda qo'llanadigan mexa- nizmlar — burg'ilash mashinasi,
yuklash mashinasi, transport vositalari va lahim o'tuvchi kombaynlarning rusumlarini ham
aniqlashni
taqozo
etadi.
Hozirgi vaqtda konchilikda burg'ilab-portlatish usulida lahim o'tish keng tarqalgan bo'lib,
ruda konlarini qazib chiqarishda qariyb barcha lahimlar, ko'mir qazib chiqarishda esa,
o'tiladigan
lahimlarning
65%
i
shu
usulda
barpo
etiladi.
Lahim o'tish jarayonlari ikkiga — asosiy va yordamchi jarayonlarga ajratiladi. Kavjoy
massividan jins yoki foydali qazilmani ajratib olish, uni transport vositasida yuklash va
tashish, doimiy mustahkamlagichlarni o'rnatish asosiyjarayon- lar hisoblanadi. Bu
jarayonlar kavjoy yoki bevosita unga yaqin bo'lgan joylarda bajariladi. Yordamchi
jarayonlar vaqtinchalik mustahkamlagich o'rnatish, temir yo'l yotqizish yoki konveyerni
uzaytirish, ariqcha hosil qilish, shamollatish quvurlari, kuch va telefon kabel uchini
uzaytirish
kabi
jarayonlardan
tashkil
topadi.
Lahim o‘tish texnologiyasi potok (uzluksiz) yoki siklli bo’lishi mumkin. Agar bir necha
lahim o‘tish jarayonlarini bir vaqtda, parallel bajarishga imkon beradigan, ya’ni kon
massasini kavjoydan ajratib olish jarayonining uzluksizligi ta’minlansa, bunday texnologiya
potok texnologiya deyiladi. Bu texnologiyaga kombayn bilan lahim o‘tish misol bo‘la oladi.
Lahim o‘tishning asosiy jarayonlari qat’iy ketma-ketlikda bajarilib, ular davriy ravishda
qaytarib turilsa, bunday texnologiya siklli texnologiya deyiladi. Burg‘ilab-portlatish asosida
lahim
o‘tish
siklli
usulga
misol
bo’ladi.
Berilgan vaqt birligida lahim kavjoyining belgilangan masofaga surilishini ta’minlashda
ma’lum tartibda bajariladigan lahim o‘tish jarayonlari majmuyi lahim o‘tish sikli, unga
sarflangan
vaqt
esa
sikl
davomiyligi
deyiladi.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o‘tishning quyi- dagi texnologik sxemalari
qodlaniladi:
burg‘ilab-portlatish
usulida
lahim
o‘tish
texnologik
sxemasi;
kombayn
bilan
lahim
usulining
texnologik
sxemasi;
tor
yoki
keng
kavjoyli
lahim
o‘tish
texnologik
sxemasi;
burg‘ilab-tutashtiruvchi mashinalar yordamida lahim o‘tish texnologik sxemasi.
Lahim o‘tish sxemasini tanlab olish ham qator omillarga bo‘g‘liq bo’lib. ulardan asosiylari
— kon jinslarining fizik- mexanik tavsiflari, kon lahimining yer qobig‘ida joylashish tarzi,
lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi, lahimning bajara- digan vazifasi va boshqalardir.
Gorizontal
va
qiya
lahimlarni
o‘tish
Gorizontal va qiya kon lahimlari qattiq, yumshoq, bir tarkibli va ko‘p tarkiblijinslar yoki
foydali
qazilma
yotqiziqlari
orasidan
o‘tilishi
mumkin.
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega bo’lgan kon massividan lahim o‘tish texnologiyasi
burg‘ilab-portlatish usulini qo’llashga asoslangan bo‘ladi. Kon lahimlarini burg‘ilab-
portlatish usulida o‘tish quyidagi alohida jarayonlami ketma-ket yoki ulaming ayrimlarini
parallel bajarish asosida amalga oshiriladi: shpur va skvajinalarni burg‘ilash: ularni
portlovchi moddalar bilan zaryadlash va portlatish; lahim kavjoyini shamollatish; kon
massasini transport vositasiga yuklash va tashish; vaqtincha mustahkamlagichlar qo‘yish;
doimiy
mustahkamlagichlarni
o‘rnatish
va
yordamchi
ishlarni
bajarish.
Kon lahimlarini burg‘ilab-portlatish usulida o‘tishda shpur va skvajinalarni burg‘ilash juda
ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi va lahim o‘tish sikli davomiyligining 25—
35%
ini
tashkil
qiladi.
Gorizontal kon lahimlarini o‘tishda shpurlarni burg‘ilash BUE 1, BUE IM, BKG 2, BUE
ZT, elektr yuritgichli va BU 1, BU 1M, BUR 2, 1SBU 2 pnevmo yuritgichli burg‘ilash
qurilmalari yordamida bajariladi. Ushbu burg‘ilash qurilmalari gorizontal va qiyaligi 10°
gacha bodgan lahimlarni qattiqlik koeffitsiyenti 16 dan kam bodganjins foydali qazilma
yotqizigd
orasidan
odishda
qodlaniladi.
Kon lahimlari odishda portlatish ishlarining samaradorligi, asosan, shpurlarning kavjoyda
joylashishiga
bogdiq
bodadi.
Shpurlarning kavjoydajoylashish sxemasijinslarning qattiq- ligi, tarkibi, lahimlarning
ko‘ndalang kesim yuzasi, shakli va boshqa omillarni hisobga olgan holda tanlab olinadi.
Kon lahimlarini odishda kavjoyda burgdlanadigan shpurlar o‘yuvchi — o‘yma hosil
qiluvchi,
buzuvchi
(parchalovchi)
va
chegaralovchi
turlarga
bodinadi.
O‘ymaning shakli shpurlarni kavjoyda joylash sxemasini tavsiflovchi asosiy kodsatkich
hisoblanadi.
Shaxta va rudniklarda prizmasimon va ponasimon shakldagi o‘ymalardan keng
foydalaniladi. Ayrim hollarda esa, zaryadlanmaydigan skvajinali prizmasimon va boshqa
shakldagi
o‘ymalar
ham
lahim
odishda
qodlaniladi.
Qattiqlik koeffitsiyenti 7 gacha bodgan jinslarda zaryad- langan shpurlar orasidagi masofa
0,3 m dan 7 m gacha bodsa, qatorlar orasidagi masofa 0,45 m dan kam bodmasligi kerak.
Chegaralovchi shpurlar orasidagi masofa 0,6—0,8 m bodib, ular lahim chekkalaridan 10—
30
sm
masofada
burg’ulanadi
O‘yma tipidagi shpurlamingjoylashish sxemasi:
a — to‘g‘ri aylanasimon; b — prizmasimon; d — tik ponasimon; e — gorizontal
pastki;/— qo‘shaloq ponasimon; g — zaryadlanmagan o‘zdirma skvajinali prizmasimon.
Shpurlar burg‘ilangandan so‘ng tasdiqlangan portlatish ishlari pasporti bo‘yicha ularni
zaryadlashga kirishiladi. Shu bilan bir qatorda mustahkamlagichning holati, shamollatish
vositalarining ishonchliligi, inert changi va tiqin materialining mavjudligi tekshiriladi.
Portlatish natijasida ma’lum hajmdagi massiv parchalanib, parchalangan jinslar yoyilmasi
va lahim kavjoyida portlash mahsuli (zaharli gazlar) hosil bo‘ladi. Shu sababli shpurlar
portlatilganidan so£ng o'tilayotgan lahim kavjoyini shamollatish zarurati tug’iladi.
Ishchilarning lahim kavjoyiga kirishiga faqat shamollatish tugagandan so’iiggiiia ruxsat
beriladi. Lahimlarni o£tish davrida shamollatish mahalliy (местный) shamollatish
ventilyatorlari yordamida yoki umumshaxta shamollatish havo oqimi bilan bajarilishi
mumkin.
Umumshaxta havo oqimi orqali lahim kavjoylarini shamollatish faqat bir-biriga yaqin
qo‘shaloq lahimlarni, masalan, shtrek va prosekni ohishda yoki qisqa lahimlarni ohishda
qodlaniladi. Bunda havo oqimi kavjoylarga to£siqlar, shamollatish eshiklari va boshqa
vositalar yordamida yo£naltiriladi. Boshi berk uzun lahimlar kavjoylarini lahim og£ziga
yaqin ohnatilgan mahalliy shamollatish ventilyatorlari yordamida shamollatiladi. Bunda
puflama,
so‘rma
va
aralash
shamollatish
usullaridan
foydalaniladi
Puflama va so‘rma shamollatish usullari uzunligi 200—300 m bo’lgan lahimlarni
shamollatish uchun qodlaniladi. Agar lahim juda uzun bo’lsa. uni shamollatish uchun
aralash usuldan foydalaniladi. Bunda bitta ventilyator havoni kavjoyga puflab bersa,
ikkinchisi ishlatilgan havoni sohib, tegishli shamollatish lahimiga chiqarib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: |