foydalaniladi.
Lahimlarni kombayn bilan o’tishda jinslarni lahim kavjoyidan ajratib olish va uni yuklash
jarayonlari bir vaqtda, parallel bajarilishi tufayli lahim odish tezligi burgdlab-portlatish
usuliga nisbatan 3—5 barobar katta, mehnat unumdorligi 2—3 barobar ko’p, lahim odish
qiymati 50—60% gacha kam bodib, lahim ochish ishlarining xavfsizlik darajasi yuqori
borishi ta’minlanadi. Burg‘ulashga asoslangan lahim ochuvchi kombaynlar lahim
kavjoyini sidirg’asiga qazib olishga mo’l- jallangan bo’lib, ko’mir va jinslarni saralab
qazib ololmaydi. Biroq bu rusumli kombaynlar aylanma shakldagi lahimlarni o’tishda ham
qo’llaniladi.
Yupqa va o’rtacha qalinlikdagi ko’mir yoki ruda yotqiziq- laridan o’tkaziladigan shtreklar
ko’p tarkibli jins massivlaridan o‘tiladigan lahimlar hisoblanadi. Chunki bunday lahimlar
kavjoylarining o'lchamlari ko‘mir yoki ruda qatlami qalinli- gidan ancha katta bo’lib.
kavjoy yuzasining anchagina qismini foydasiz kon jinslari tashkil etadi.
Bunday hollarda lahim o‘tish foydali qazilma va kon jinslarini sidirg‘asiga (birgalikda)
yoki saralab qazib olish aso sida amalga oshiriladi.
Saralab qazib olish asosida lahim o‘tish tor yoki keng kavjoyli usullarda olib borilishi
mumkin. Tor kavjoyli lahim o‘tish usulida oldin ko‘mir qatlami qazib olinib. keyin
foydasiz kon jinslari qaziladi va ular yer yuziga chiqarilib. chiqindi- xonalarga
(ag‘darmalarga) joylashtiriladi. Keng kavjoyli usulda esa foydali qazilma kavjoyi lahim
enidan bir necha barobar keng qilib olinadi. Bu kenglik miqdori lahim kavjoyidan qazib
olinadigan jinslarni toda joylashtirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Ko‘p tarkiblijinslardan keng kavjoyli usulda shtrek o‘tishda foydali qazilma kavjoyini
kengaytirish shtrekning bir yoni yoki har ikkala yoni bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Foydali
qazilmani qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni lahim kavjoydan qazib olingan foydasiz
jinslar bilan to‘ldirish murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi, bu jarayon qayta yuklovchi,
yuklovchi mashinalar va maxsus to‘ldiruvchi qurilmalar yordamida bajariladi
1 — shtrek; 2 — toshdevor; 3 — raskoska.
Shtreklarni keng kavjoyli usulda o‘tishning qator avzalliklari mavjud:
— yo‘l-yo‘lakay foydali qazilma qazib olish hajmining kat- taligi;
lahimdan qazib olinganjinslami shaxta ichida qoldirilishi natijasida tashish va
ag‘darmalarga joylashtirish xarajatlarining yo‘qligi hamda ekologik sharoitiga ta’sir
etmasligi.
Shu bilan birga, bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor:
lahim o‘tish tezligining kichikligi;
ishlarni tashkil qilishning murakkabligi va jinslarni bo‘shliqqa joylashtirish uchun katta
mehnat talab qilinishi.
Dostları ilə paylaş: