Mantiqiy o‘zgaruvchi deganda, istalgan mulohazani anglatuvchi, “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar tushuniladi. Qulaylik uchun “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatlarni belgilash usullarini keltirib o‘tamiz:
Mulohazalarni, odatda, lotin alifbosining bosh harflari (A, B, C, .... X, Y, Z) bilan belgilash qabul qilingan. Masalan: A = “Toshkent – go‘zal shahar”, B = “WWW – butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”. Bu misolda A va B mantiqiy o‘zgaruvchilar orqali berilgan mulohazalar rost bo‘lib, bu mulohazalarning qiymati 1 ga teng.
ASOSIY QISM
MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR
Mantiqiy amallar mulohazalar mazmuni yoki hajmining о‘zgarishiga hamda yangi
mulohazalarni shakllantirishga olib keladi. Mantiqiy ifodalar A, B, C, … lotin harflari yordamida belgilangan mulohazalarni konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, implikatsiya va ekvivalensiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar bilan ma’lum bir qoidaga ko‘ra birlashtirish natijasida hosil qilinadi. Mantiqiy ifodalar unda ishtirok etgan o‘zgaruvchilarning qiymatlariga bog‘liq ravishda rost (mantiqiy 1) yoki yolg‘on (mantiqiy 0) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin.
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan ba’zi amallar bilan tanishamiz.
Ikkita sodda mulohazaning “va” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar ko‘paytmasi dеyiladi.
Mantiqiy amallar, mantiqiy operatsiyalar — berilgan hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan iborat amallar. Berilgan hadlar soniga qarab Mantiqiy amallar bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k. deb yuritiladi. Bir oʻrinli Mantiqiy amallar soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan amal va, nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal. Soʻnggi mantiqiy amal bir oʻrinli Mantiqiy amallardan eng muhimi boʻlib, u inkor amal deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi belgilanib, "A emas" deb oʻqiladi. Mas, 1 Oy sayyora — "Oy sayyora emas", (] 2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas.
Ikkilik kodda yozilgan mashina soʻzlari ustida Mantiqiy amallar mos razryadlar boʻyicha bajarilib, i oʻrniga 1, l oʻrniga 0 olinadi, matn shakliga aylantiriladi va maʼlumot koʻrinishida chiqish qurilmasiga beriladi. Mantiq-informatsion mashina tez ishlashi, "xotira" hajmining kattaligi bilan oddiy hisoblash mashinalaridan farq qiladi. Mantiq-informatsion mashina i. t. natijalarini ishlash, adabiyot topishni avtomatlashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va transportga oid statistik maʼlumotlarni, davolash muassasalarida bemorlarni kuzatishdan olingan natijalarni, meteorologik, seysmologik stansiyalardan, Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotni ishlash va tarjima ishlarida qoʻllaniladi.[1]
Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz.
Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap.
Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.
Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan
yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali konyunksiya (lot. conjunctio –
bog‘layman) – mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadvalga rostlik jadvali deyiladi:
Quyidagi sodda mulohazalar berilgan bo‘lsin:
A = “Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi”;
B = “Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash texnikasida qo‘llash imkonini bergan”.
Dostları ilə paylaş: |