bormoqdalar. Bozor munosabatlari yo‘li bilan rivojlanish esa umuminsoniy qadriyatlarga va taraqqiyot tendensiyasiga muvofiq emas dep hisoblanib kelinmoqda. Xulosa
XIX asrning o‘rtalarida marksizm iqtisodiy ta’limoti vujudga keldi. Bu ta’limot bo‘yicha kapitalizmning o‘z davri uchun avvalgi formatsiyalarga nisbatan ustunligi ijobiy tomonlari ko‘rsatib berildi. Qiymatning mexnat nazariyasi asosida ishchilarning ishlab chiqarish vositasidan maxrum qilinishi (yoki kapitalistlar tomonidan egallanishi) natijasida kapitalistlar qo‘shimcha qiymat olish yo‘li bilan doimo boyib borishar, ishchilarning " Ekspluatatsiya qilinishi va kashshoqlashib borishi " qonuni ochildi.
XIX asrning oxiri XX asr boshida kapitalizmning monopoliyalashgan davrida Leninizm ta’limoti yuzaga keldi, unda marksizm g‘oyasi tuldirildi va rivojlantirildi. Unga ko‘ra, kapitalizmning yemirilishi va proletar inqilobi nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari bush bo‘lgan ayrim mamlakatlarda ham ro‘y berishi mumkinligi ko‘rsatildi. Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, Mongoliya, II jaxon urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan "Sotsialistik jamiyat ko‘rish" tajribasi esa o‘zini to‘la oqlamadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari t., O‘zbekiston, 1998 .
2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.
3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.
Dostları ilə paylaş: |