Mavzu : merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 16 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü16 Kb.
#201246
1   2   3   4
MERKANTILIZM IQTISODIY TA\'LIMOTINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o'zini Hindistondaman deb o'ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to'g'rilash uchun bu qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko'pchilik o'ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko'pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo'l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo'ylab qilgan sayohati tufayli yangi er, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Evropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u erlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Evropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo'xori, tamaki, kofe, kakao). Evropadagi davlatlar o'rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o'rtasida kurash ham qizidi.
  • Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati
  •  
  • Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:
  • 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o'rtalari).
  • 2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o'rtalari).
  • Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog'liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperasiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo'ladi (XV asr). Fabrika to'g'risida esa quyida axborot beriladi.
  • Merkantilizmning birinchi davri o'sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo'lishi mumkin). Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan.
  • Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo'lib, xalq xo'jaligi qandaqa bo'lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.
  • Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko'proq to'plash; nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon bo'lmoqda», ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo'lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo'ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa O'zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo'ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo'li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi. Chet ellarga ko'proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul ko'p bo'lsa, hamma narsa yaxshi bo'ladi degan fikr asosiy bo'lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg'arilishi bilan bevosita bog'liqdir.
  • Xaqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo'llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma'muriy yo'llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo'lib, rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo'lishini istaydilar.
  • Qadimgi Sharqda paydo bo'lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg'onish davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt «inson tabiati» va uning «tabiiy huquqlari»dan iborat deb qabul qilingan va ko'p hollarda O'rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo'lgan progressiv elementlardan iborat.
  • Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini ta'minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik bor. Bu ta'limotning ijtimoiy ma'nosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi o'sishini ta'minlovchi sharoitni yaratishi va qo'llashi shart edi. Iqtisodiy ta'limotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o'tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi davrda ancha o'zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo'lgan.
  • M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining etakchi tamoyillari quyidagilar: 1)oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi; 2)mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)arzon xomashyoni import qilish yo'li bilan sanoatni qo'llab-quvvatlash; 4)import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5)eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlantirish; 6)ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g'oyasining yuragi edi.
  • Bir qancha olimlar fikricha, merkantilizm bozor iqtisodiyot munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida (avvlgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari bo'lgan emas degan fikrdan yiroqmiz o'ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning moxiyati quyidagilardan iborat:
  • • Tahsil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi muammolarini o'rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish muammolari bilan bolab qarab chiqish butunlay inkor etiladi;
  • • Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko'rinishlarigina ta'riflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o'z ichiga olgan ma'lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;
  • • Pulning kashf etilishi insonlarning sun'iy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, pulning o'zi esa aynan boylik deb qaraladi;
  • • Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «ob'ektiv (jonli) tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;
  • • Mehnatga taklifning o'sishi ish haqining yuqori emas, past bo'lish zarurati bilan bog'lanadi;
  • • Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o'sish mamlakat pul boyligining ko'payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo'lishi ta'minlanishi kerak.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin