18 yoshdagi o‘spirinni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichini baxolash mezoni
№
Ko‘rsatkichlar turi
Baxosi
5
4
3
2
1.
Vazn-o‘sish ko‘rsatkichi (g\sm)
394
380
366
352
2.
O‘pkani tiriklik sig‘imi (ml)
4863
4682
4501
4320
3.
O‘ng panjasi kuchi (kg)
41
40
39
38
Chap panja kuchi (kg)
37
36
35
34
4.
Stanovaya (kg)
138
134
130
126
5.
Ko‘krak qafasini aylanasi:
-nafas olish (sm)
-pauza (sm)
farqi (sm)
102
98
10
99
93
9
96
88
8
93
83
7
6.
Xayotiy ko‘rsatkich (ml.kg)
75
72
69
66
7.
Semizlik yoki to‘lalik (kg.ds)
4,4
4,1
3,8
3,5
8.
Qaddi-qomatni qattiqligi
15
21
27
33
Jismoniy rivojlanishning umumiy baxosi
Ballarning yig‘indisi
A’lo
yaxshi
o‘rta
bo‘sh
40-yuqori
32-39
31-24
23 dan past
«Jismoniy rivojlanish» deganda organizmdagi kuchlar zaxirasini aniqlovchi morfologik va funksional xususiyatlar kompleksi tushuniladi. Insonning jismoniy rivojlanish darajasi jismoniy mashg‘ulotlar xarakteri va imkoniyatlarini belgilovchi muhim omildir. Ayni paytda jismoniy rivojlanish jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish natijasi sifatida ham ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy rivojlanish haqida ma’lumotlar antrometrik o‘lchashlar yordamida amalga oshiriladi. Bular: o‘pkalarning hayotiy sig‘imi, o‘ng va chap bilaklar, orqa mushaklar kuchining hayotiy ko‘rsatkichlari va h.z.
Gavda tuzilishini o‘rganishda Ketlening vazn–bo‘y indeksi, gavda tuzilishining pishiqligi, semizlik, tananing yog‘ va faol massasi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Yurak-qon tizimining funksional holatini tadqiq etish dozalashtirilgan jismoniy yuklama ( 30 sek ichida 20 marta o‘tirib-turish), Kverg indeksi, Rufe sinovi va h.z. lar yordamida amalga oshiriladi.
Jismoniy ahvol tadqiq etish telemetrik kompyuter komleksi, yurak urishi monitori, L.Ivashchenko testlari, Ye.A.Petrova, G.A.Apanesenko, L.A.Kalinina metodikasi va inson salomatligi darajasining ko‘rsatkichlari yordamida amalga oshiriladi.
Tayyorlikni kompleks baholash yordamida talaba shaxsiyatini har tomonlama o‘rganish jismoniy kamolotga erishish va yoshlarni tarbiya qilish, salomatlik darajasini aniqlash jarayonini boshqarishning asosi va valeologiya fanining bazisidir.
Jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi inson salomatligini asrash va yaxshilashdir. Shu munosabat bilan inson salomatligi tibbiy-pedagogik tadqiqotlarning ob’ekti bo‘lishi lozim. Bu yerda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimining ishlashi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy ahvol salomatlikning tarkibiy elementlari ekanligini qayd etish muhim. Shuning uchun insonni boshqarish va uning jismoniy yetukligiga erishish uchun jismoniy tayyorgarlikni qator ko‘rsatkichlar (jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlik) bo‘yicha kompleks baholash kerak. Olingan to‘liq ma’lumotlar asosida inson salomatligi darajasini aniqlash mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, jismoniy komillikka erishish jarayonini individuallashtirish uchun insonning shaxsiy xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun turli psixologik testlar (Kettol, Ayzenk, Strelyau, Peysaxov-Gabdreeva testlari) dan foydalanish mumkin. Tibbiy pedagogik va psxilogik tadqiqotlar ma’lumotlarini kompleks hisobga olish jismoniy holat haqida ob’ektiv axborot olish sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning turlari va usullarini aniqlab olish imkonini beradi.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Pedagogik tadqiqotlar, tibbiy tekshirishlar va axborot ta’minoti usullari qo‘llanilgan kompleks ma’lumotlar quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi:
Jismoniy ahvolni aniqlash.
Jismoniy rivojlanish, jismoniy va funksional tayyorlikni baholash.
Insonning jismoniy yetukligi dinamikasini aniqlash.
Yetuklikka erishish jarayonini rejalashtirish tizimini o‘rganish.
Jismoniy yetuklikka erishishni individuallashtirish.
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil, muntazam, amaliy shug‘ullanishga ehtiyojni rivojlantirish.
O‘z-o‘zini nazorat qilish usullariga o‘rgatish va h.z.
Insonning jismoniy yetukligi haqida ma’lumot pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqilishi kerak, bu jismoniy ahvolni ob’ektiv boshqarish imkonini beradi.
Pedagogik ko‘rinishlarni son jihatdan tahlil qilishda matematik statistikadan foydalaniladi. Matematik statistika jismoniy yetuklikka erishish va jismoniy tarbiyaning ob’ektiv qonunlarini o‘rganishning effektiv usullaridan biridir.
Jismoniy yetuklikka erishishning effektiv sog‘lomlashtiruvchi vositalarini aniqlash uchun jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi va jismoniy, funksional tayyorligi ko‘rsatkichlarining korrelyatsion bog‘liqligini aniqlash kerak.
Yoshlarning jismoniy yetuklikka erishishining ilmiy asoslangan vositalarini aniqlashga bunday yondashuv sog‘lomlashtirish profilaktika ishlarini effektiv rejalashtirish va mashqlarni to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Jismoniy yetuklikka erishish- salomatlikni asrash va mustahkamlashdir, shunday ekan sog‘lomlashtirish ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi.
Insonlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllantirish, mustahkam intizom ko‘nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta’lim-tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
Jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos vazifasi kuch, tezlik, chidamlilik, chayirlik, chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqdir. Sog‘lomlashtiruvchi profilaktik ta’lim-bu turli kasalliklar tarqalishining oldini oluvchi maxsus bilimlar va ko‘nikmalarning bir tizimga solingan majmuasidir.
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan ta’lim vazifalari hayotiy muhim, professional sport amaliy harakatlariga o‘rgatish va sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini o‘rganish ham ta’lim vazifalaridan biri hisoblanadi. Amalda mustahkamlangan bilimlar asosida sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishning foydasi va zaruriyatiga ishonch shakllanadi.
Salomatlikni mustahakamlash, tanani chiniqtirish, uning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish bu pedagogik jarayonning sog‘lomlashtiruvchi vazifalari hisoblanadi. Sog‘lomlashtiruvchi vazifalarning muvaffaqiyati jismoniy mashg‘ulotlarning sog‘lomlashtiruvchi pedagogik prinsiplari talablariga rioya qilishga bog‘liqdir. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liq muhim masala hal etiladi.
Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funksiyalari yetilishining pedagogik jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi yetilayotgan paytda, shuningdek uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta’siri ostida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy yetuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta’lim berish- yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish uchun kerak bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar bilan yoshlarni qurollantirishdir.
Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to‘xtalib o‘tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o‘zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o‘ynaydi. O‘zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog‘lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15-16 Yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 17-18 Yoshgacha davom etadi. Bu Yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 Yoshli bola muskul kuchi 12 Yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu Yoshdagi ko‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bo‘ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta Yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam fark qiladi. Bo‘yning va organizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi.O‘spirinlik Yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, og‘irlik) nisbatan barqaror darajaga etgan bo‘ladi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
Ko‘krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu Yoshda yurak va qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekislik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi.
Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi sekin-asta kattta Yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bosh miya po‘stining qismlarida assotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu Yoshdagi o‘quvchilarda nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ishlashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi mashg‘ulotlar, to‘yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning natijasida ro‘y beradi.
Ilk o‘spirlik Yoshining boshlanishida odatda jinsiy etilish tugallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hol yigit va qizlarning tashqi ko‘rinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qiladi. Jinsiy etilish davrining tugallanishi hali jismoniy etuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy etuklikni ham anglatmaydi. Faqat 18 Yoshga borib, nikohdan o‘tishga ruxsat beriladigan davrda, shu Yosh uchun minimal darajada zarur bo‘lgan jismoniy, ma’naviy, fuqarolik etuklik darajasi boshlanadi. 18 Yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta Yoshli kishilar deb e’tirof etiladi.
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davri ko‘proq bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq Yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi)bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.
Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga munosabatlari ham o‘zgaradi. Kattalar o‘smirga ko‘proq bola deb qarasalar, ilk o‘spirin Yoshdagilarga katta odamdek munosabatda bo‘ladilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda bo‘ladi. U o‘z hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo‘yicha akademik litseylarda o‘qishini davom ettiradi. O‘spirinlar tanlagan sohalari yoki kasblarida juda katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ularda bilim va tajriba etishmayotganligini, buning uchun ko‘prok o‘qish va o‘rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar.
Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o‘zgarib boradi. Masalan: 16 Yoshda pasport oladi; 18 Yoshidan faol saylash huquqiga va oila qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi. Ba’zi o‘spirinlar bu Yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash haqida o‘ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
O‘spirinlar (16-18 Yoshlar) o‘zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa Yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga etgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi etuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bo‘ladi. Ular vazmin, mulohazali bo‘ladilar, katta Yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar. O‘quv faoliyati o‘spirinning asosiy faoliyati bo‘lib qolaveradi, o‘qishga nisbatan o‘smirlik Yoshiga qaraganda o‘spirinlikda bir muncha yuqoriroq bo‘ladi. Mustaqil hayotga tayyorgarligini o‘z-o‘zini anglashi bilan bog‘liq motivlar bu davrda etakchi o‘rinni egallaydi. Motivlar tizimida jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga intilish, insonlarga naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o‘spirinlarning kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga ko‘ra fanlarga nisbatan qiziqishlari o‘zgaradi. O‘spirinning fanlarga hamda shu fan o‘qituvchilariga nisbatan munosabati o‘zgaradi. O‘spirinlik davrida o‘ziko‘zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi o‘ringa ko‘tariladi. O‘smirlar o‘zlarining o‘qishga bo‘lgan munosabatlari va ularning o‘qish-o‘rganishga undovchi sabablarni yaxshi anglaydilar. O‘spirinlik Yoshida boshdan kechiriladigan his-tuyg‘ularning boyligi, xilma-xilligi bilan, hayotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi.