Mavzu : O’quvchilarning jismoniy rivojlanish va jismoniy harakatlarning ko’rsatkichlari


Jismoniy mashg‘ulotlarning sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi



Yüklə 34,24 Kb.
səhifə4/4
tarix15.12.2022
ölçüsü34,24 Kb.
#75230
1   2   3   4
Jismoniy rijojlanish

Jismoniy mashg‘ulotlarning sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi

Agar sport tibbiyoti o‘z taraqqiyotining birinchi o‘n yilliklarida tibbiy nazoratda o‘z e’tiborini sportchilarning harakat organlarining shikastlanishiga qaratgan bo‘lsa, hozirgi kunda yangi, valeologik yo‘nalish paydo bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning natijasida qator kasalliklarning kelib chiqishi va o‘sishi asosida tug‘ilmoqda. Hozirgi kunda eng yomon kasalliklar sifatida yurak-qon kasalliklari, onkologik va oshqozon- ichak kasalliklari tilga olinmoqda. Yurak-qon kasalliklari asosida ateroskleroz va uning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi patologik holatlar yotadi. Bular- semizlik, qand kasalligi, arterial gipertoniya, harakatning cheklanganligi, ruhiy stresslar va ovqatlanishning buzilishi va boshqalar.


N.I.Arinchin usuli bo‘yicha bizning tadqiqotchilarimiz tomonidan yuqori kurs talabalarida gipertoniya kasalligining tomir-patogenik shakliga o‘tib ketishi xavfi aniqlangan.
Rossiya va chet el mutaxassislarining o‘tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra aerobik mashqlar arterial bosimning pasayishiga yordam berar ekan. Bu esa yurak-qon tizimi ishining normallashuviga va ortiqcha vaznning kamayishiga olib keladi. Masalan, muntazam kaloriyali ovqatlanish sharoitida 20 daqiqa tez yurish, 15 daqiqa velosiped haydash va 10 daqiqa yugurishni o‘z ichiga olgan jismoniy yuklama har yili 5 kg vazndan qat’iy xalos bo‘lish imkonini beradi.
Fransuzlarda ajoyib maqol bor: ogohlantirilgan inson-qurollangan inson. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olishning samarali vositasi hisoblanadi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish yaxshi kayfiyat, yuqori ishchanlik, axloqiy vazminlik asosidir.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish valeologiyaning asosi bo‘lgan salomatlikka, talaba organizmining harakat va funksional imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi.
Shuning uchun sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar valeologiya pedagogik jarayonining asosi bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan yoshlarni valeologik tarbiya qilish mazmuni yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o‘zaro bog‘liq aniq vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bular:

    • talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini oshirish;

    • muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga ehtiyojni, jismoniy yetuklikka, yaratuvchanlik va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash;

    • mustaqil davlat quruvchilarining yuqori axloqiy sifatlarini tarbiyalash, o‘z salomatligi haqida qayg‘urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish;

    • sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish;

    • sog‘lomlashtirishning, kasalliklarni oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan foydalanishni o‘rgatish;

    • bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, kundalik harakat rejimini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish;



Foydalaniladigan adabiyotlar.

  1. Ananеv V.A. Davidеnkо D.N. «Оbshaya valеоlоgiya» SPB. BPA. 2000

  2. Brехman I.I. Valеоlоgiya – nauka о zdоrоvе. Mоskva, «FIS» 1999 g.

  3. Vaynеr Е.N. «Valеlоgiya», Mоskva, izda. «Nauka» 2001 g.

  4. Dubrоvskiy V. I. Spоrtivnaya mеdеtsina. Mоskva, «Vladоs», 2002 g.

  5. Kaznachееv V.R. Оsnоva оbshеy valеоlоgii. Vоrоnеj «Mоdеk» 1997 g

Yüklə 34,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin