Jismoniy tayyorgarlikni baholash mezoni
Ma’lumki, jismoniy tayyorlanish darajasi salomatlikni mustaxkamlashga, harakat sifatini va tana shaklini rivojlantirishga, shuningdek kishining harakatlanishini kengaytirish xaqida tushuncha hosil qilishga yo‘naltirilgan.
Jismoniy tayyorlanish- bu jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayoni bo‘lib, salomatlikni mustahkamlashning umumiy darajasini oshirish bilan mustahkam aloqadadir. Bunga asosiy vosita sifatida shug‘ullanuvchilarning organizmiga umumiy ta’sir etishi tuyiladigan, turli-tuman sport turlaridan mashqlar va umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo‘llaniladi. Bunda mushak-bog‘lam apparatini mustahkamlaydi va rivojlantirishga erishadi, ichki sistemasi va organlarini vazifasini takomillashtiradi, harakat sifatlarini umumiy oshirish darajasini rivojlantirish va koordinatsiya harakatini oshiradi. Talabaga muntazam ravishda mashqni ta’sir etishini yakuniy ifodasi uni jismoniy rivojlantirishni, jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash deb hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik organizmni vegetativ vazifasi holati, tana shakli va щarakat sifatlarini rivojlanish darajasi, shuningdek, kishi egallagan har xil щarakat malakalari bilan o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib turadi.
Talabalarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tayyorlash natijasi sifatida bir butun qilib birlashtirib baholash, jismoniy, funksional tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish, qaddi-qomat, qon aylanishini o‘ziga xos xususiyati ko‘rsatkichlarini son va sifat jihatdan ifodalilikni ko‘rsatadi.
Shug‘ullanuvchilar 11 ta test bo‘yicha 55 dan oshiq ball to‘plasa, kuchli jismoniy tayyogarlikka ega bo‘ladi, 44-54 ball-yaxshi, 33-43 ball-o‘rta va 32 balldan past-jismoniy tayyorgarligi bo‘sh hisoblanadi
Jismoniy rivojlanish deganda tananing morfofunksional kompleks xususiyatlari tushuniladi, bu esa jismoniy quvvat zahirasini belgilaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jismoniy rivojlanish darajasini tadqiq etishni uni baholashni o‘rganish o‘qituvchi uchun ham, talaba uchun ham birdek muhim. Jismoniy rivojlanish darajasi-jismoniy mashg‘ulotlar xarakteri, xususiyatlari va imkoniyatlarini aniqlab beruvchi muhim omildir. Jismoniy imkoniyatlar diagnostikasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun pedagogik ta’sir yo‘nalishini ob’ektiv belgilash imkonini beradi.
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabalari tanasining jismoniy rivojlanishini antrometrik tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, o‘g‘il bolalarning bo‘yi o‘rtacha 174,4 sm, qizlarniki-161,3 sm; og‘irligi 63,6 kg va 54,1 kg ni tashkil etadi. Talabalarda quyidagi kamchiliklar qayd etilgan: quvvat ko‘rsatkichlari me’yordan ancha past, orqa mushaklar kuchi o‘pkaning hayotiy hajmi kurs yuqorilagan sari yomonlashmoqda, yomon ovqatlanish. Yigitlar gavdasi yildan-yilga kuchayib, qizlarda bu ko‘rsatkich pasayib boradi.
Ikkinchi va uchinchi kurs talabalarida turli yurak kasalliklari aniqlangan. N.I.Arinchin fikriga ko‘ra, bu kasalliklar yurak uchun og‘irlik qiladi.
Rufe sinovi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar talabalarning yurak ishlashi qoniqarli ekanligini tasdiqladi (o‘rta darajadagi yurak faoliyati yetishmovchiligi).
Yuqorida keltirilgan asoslar talabalarning valeolgik tarbiyasi qayta ko‘rib chiqilishi loizmligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Jismoniy tayyorlik baholanganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ulg‘aygan sari yoshlarning kuch-quvvati oshib boradi, chidamliligi va tezkorlik xususiyatlari esa pasayib boradi. Umuman olganda, yigitlarning jismoniy tayyorligi qizlarnikiga qaraganda ancha yaxshi.
Yoshlar salomatligining yomonlashib ketayotgani sabablaridan biri sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini ishlab chiqishga yetarlicha e’tibor berilmayotganligidadir. Talaba salomatligi jismoniy tarbiyaning asosiy yo‘nalishi sanalmagan. Shu sababli yoshlar salomatligining ob’ektiv ko‘rsatkichlarini o‘ziga asos qilib olgan valeologiyaning ilmiy-pedagogik konsepsiyasini shakllantirish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Jismoniy rivojlanish, tananing funksional va jismoniy tayyorligi, shaxsiy ruhiy xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar inson salomatligining tarkibiy elementlari hisoblanadi.
Valeologiya pedagogik konsepsiyasiga shaxsni har tomonlama rivojlantirish, o‘qituvchining ongi va faolligi, umumiylik va individuallashtirish birligi, sog‘lomlashtirish yo‘nalishi, doimiylikning didaktik prinsiplari asos qilib olingan. Ushbu konsepsiyaning bazisi individuallashtirish prinsipidir. Bu sog‘lomlashtirish jarayonining samaradorligini oshiradi.
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning maqsadi jismoniy yetuklikka erishish. Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
kontingentning birlamchi holatini antropometrik tadqiqot usullari yordamida aniqlash (jismoniy rivojlanish, tananing jismoniy va funksional tayyorligi);
jismoniy trenirovka vositasi yordamida talabalar salomatligi darajasini ko‘tarish;
jismoniy ahvolni yaxshilash o‘z-o‘zini baholash va nazorat qilishning samarali usul va shakllari bilan tanishtirish.
Ishlab chiqilgan konsepsiya, o‘z navbatida, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishga ehtiyojni oshirish, jismoniy tarbiyaga noan’anaviy yondashuvni ta’minlash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, shaxsni har tomonlama rivojlantirish imkonini beradi.
Ommaviy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rivojlantirishning asosiy maqsadi salomatlikni mustaxkamlashdir.
Turli mamlakatlarda sog‘lomlashtirish ishlari qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan tanishib chiqamiz.
Chet el maktablarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga bolalik yillaridanoq barqaror, eng muhimi, ongli qiziqish uyg‘otish bo‘yicha bir qator usullar muvaffaqiyat bilan tadbiq etib kelinmoqda. Ko‘p hollarda jismoniy tarbiya darslarining yakuniy o‘quv maqsadi aynan shunday belgilanadi. Ushbu maqsadga erishishning asosiy usuli harakat faolligiga qiziqishni tarbiyalashdir.
Turli mamlakatlarda jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar turlicha nomlanadi, ammo ularning barchasi yagona sog‘lomlashtirish yo‘nalishiga ega. AQSh va Yaponiyada “Sog‘lom hayot tarziga o‘rgatish”; Avstraliyada “ Bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish”; Finlandiyada “Sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish”.
Yaponiyada “Sog‘lom hayot tarziga o‘rgatish” bolalar bog‘chasining katta guruhidanoq boshlanadi.
Avstraliya sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va faol dam olish masalalari bo‘yicha kengash mutaxascislari bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishni faoliyatlarining muxim soxalaridan biri hisoblashadi. Kengash yuqorida qayd etilgan predmetni ta’limning majburiy dasturiga kiritish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
O‘z navbatida, Kaliforniya sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, faol dam olish va raqslar masalalari buyicha assotsiatsiyasi tomonidan salomatlik bo‘limini yaratish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ushbu assotsiatsiya vazifalariga Kaliforniya shtatining barcha umumiy ta’lim maktablarida salomatlik maktab dasturlarini kiritish kiradi.Bu dasturlar o‘sib kelayotgan avlodda salomatlikni asrash va mustaxkamlash borasida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.Mashg‘ulotlarni bolalar bog‘chasidan tortib umumiy ta’lim maktablarining 12 sinfigacha o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuni qayd etish lozimki, hozirda AQSh ning ko‘pgina shtatlarida bunday dasturlar allaqachon tadbiq etilgan.Ularning samaradorligi va maqsadga muvofiqligi amaliyotda isbotini topdi.Bolalar, o‘quvchi va talaba yoshlar uchun ochiq havoda jismoniy mashqlar bajarish ularning jismoniy va aqliy kamolotiga yordam beruvchi muhim omil ekanligi barchaga ma’lum.
Harakatli, milliy va sport o‘yinlari nafaqat dam olish vositasi, balki ular jismoniy, shuningdek aqliy rivojlanishining va muhim betakror vositasidir.
Turli- tuman harakatli mashg‘ulotlar turli azolar, ayniqsa, o‘pka faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu maqsadga erishishning eng tabiiy vositasi bu yugurishdir. Chunki yugurganda eng ko‘p mushaklar harakatga keladi. Ayni paytda tez yugurish terining bug‘lantirish faoliyatini kuchaytiradi, natijada uglekislotalar va teri chiqindilari tanadan tezroq chiqib ketadi va bu esa salomatlikni mustaxkamlashga yordam beradi.
Harakatli mashg‘ulotlar ovqat hazm bo‘lishi va uyquga ham yaxshi tasir ko‘rsatadi. Jismoniy mashqlar va ochiq xavoda ko‘proq bo‘lishi modda almashuvini tezlashtiradi: ishlatilgan moddalarning ajralib chiqishi ovqat qabul qilish ehtiyojini paydo qiladi.
Jismoniy mashqlarning inson ruhiy va jismoniy holatiga tasirini ham qayd etish muhim. Harakat faolligi hordiq chiqarish va bo‘sh vaqtni o‘tkazish vositasi sifatida insonda osoyishta va yoqimli kayfiyat uyg‘otadi, inson o‘zidan, atrofdagilardan, turmushdan qoniqish hissini tuyadi. Bunday ruxiy osoyishtalik jismoniy holatga ijobiy tasir ko‘rsatadi.
Salomatlik darajasini tana og‘irligi, o‘pkalarning hayotiy sig‘imi, yurak qisqarishlarining chastotasi, qon bosimi, standart sinovdan keyin yurak urishi tiklanishiga ketgan vaqt va h.z larning oddiy ko‘rsatkichlari yordamida aniqlash mumkin. Salomatlikning tarkibiy elementlariga insonning jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma’lumotlar kiradi. Salomatlikni asrash va mustahkamlash, deganda jismoniy rivojlanish gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlikni yaxshilash tushuniladi. Salomatlikni yaxshilashga esa muntazam jismoniy mashg‘ulotlar orqali erishish mumkin.
Abu Ali ibn Sino-salomatlik haqidagi fanning asoschilaridan biridir. Alloma kasalliklarning oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham katta e’tibor bergan. U jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish sog‘lom bo‘lishning kuchli omili ekanligini ko‘p bora qayd etgan.
T.I.Iskanderov, V.I.Isxakov o‘z ishlarida qadimiy dunyo va Sharq an’analari bilan uyg‘unlashgan turli jismoniy mashqlar haqida so‘z yuritadilar. Bular: otda yurish, yugurish, kurash, tosh ko‘tarish, to‘p o‘yinlari va h.z.
Turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar sog‘lig‘i tekshirilganda, ularning 40% turli surunkali kasalliklar (psixologik kasalliklar va nevroz, nafas olish organlari kasalliklari, yurak-qon tizimi va ovqat hazm qilish organlari kasalliklari) bilan og‘rishi ma’lum bo‘ldi. Shunisi achinarliki, ko‘pchilik talabalar asab-ruhiy kasalliklari bilan og‘rigan. Kasalligi tufayli talabalikdan o‘chirilgan yoshlarning 45% aynan ruhiy va psixologik kasalliklar bilan og‘riganligi ma’lum. Talabalarda turli kasalliklar jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi susaygan paytda kuchayishi kuzatilgan. Oliy o‘quv yurtini bitirayotgan talabalar salomatligi istalgan darajada emas.
Salomatlik inson hayotida, ayniqsa yoshlik chog‘larida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o‘sishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Toshkent Davlat tibbiyot instituti talabalari salomatligini kuzatish natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Talabalarning 25% ga yaqini yurak-qon va ichak kasalliklariga; 13%- qomat buzilishi va skalioz bilan, 10%- ko‘z kasalliklari, 10%- nafas olish organlari kasalliklari bilan og‘rigan. Yurak-qon kasalliklari oldini olish birinchi darajali muammo hisoblanadi.
1985 yilda talabalar o‘rtasida jismoniy faollik darajasi o‘rganildi. Moskvalik birinchi kurs talabalari o‘rtasida jismoniy aktivlik yigitlar o‘rtasida 41%, qizlar o‘rtasida 64% ni, Xarkovda- 49 va 75%, Almatida 67 va 64%ni, Toshkentda 58 va 84% ni tashkil etdi. Ko‘pchilik talabalarning ongida jismoniy tarbiya va sport kasalliklarining oldini oluvchi omil ekanligi shakllanmagan. Vaholanki, nafaqat respublikamizda, balki chet davlatlarda ham o‘tkazilgan ko‘p sonli tadqiqotlarda jismoniy mashg‘ulotlarning inson organizmiga ijobiy ta’sir etishi va ular turli kasalliklar profilaktikasida effektiv vosita hisoblanishini isbotlangan.
Shunga qaramay, yoshlarni jismoniy tarbiya qilishga sog‘lomlashtiruvchi tizim sifatida qaralmaydi, shuning uchun bunday jismoniy tarbiya yoshlarni sog‘lom turmush tarziga tayyorlamaydi, ularga salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullarini o‘rgatmaydi.
Pedagogik jarayon jismoniy tarbiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga ehtiyojni rivojlantirmaydi, jismoniy rivojlanish va funksional imkoniyatlarni yaxshilamaydi.
O‘qitish mazmuni va metodik asoslari sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilmaganligi sababli jismoniy tarbiya darslarida sog‘lomlashtiruvchi effekt yo‘q.
Bu shuningdek, tibbiyot va pedagogikaning sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasiga yetarli e’tibor bermayotganligiga ham bog‘liqdir.
Yoshlar salomatligi sohasidagi ahvol tahlili shuni ko‘rsatadiki bu muammo hozirgi kunda keskin tus olgan. Jismoniy tarbiya didaktikasida tub o‘zgarishlar amalga oshirmay turib ruhiy, axloqiy va jismoniy sog‘lomlashtirish masalalarini hal etish mumkin emas.
Salomatlik ahvoli inson omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyatga ega. Mustahkam salomatlik ish kuchi sifatini ham oshiradi. Sog‘lom inson bir xil sharoitda salomatligi yomon insonga nisbatan og‘irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, sog‘lom inson- yuqori sifatli ishchi kuchidir.
Ma’lumki, talabalarning kasalliklarga ko‘p chalinishi sabablaridan biri- ularning kam harakatliligidir. Ratsional jismoniy yuklamalarning yo‘qligi, birinchi navbatda, semirish, diabet, nevroz, qomatning buzilishi, yassitovonlik kabi kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yurak-qon va nafas olish tizimlarining funksional rezervlari kamayadi, turli infeksiyalar, shamollashlar, rehiy stresslarga chidamliligi pasayadi.
Shuning uchun harakat faolliligiga hozirgi paytda jismoniy ko‘rinishning yaxshilanishida effektiv vosita sifatida qaraladi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish salomatlikni mustahkamlashga, o‘qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salomatlik-ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixo-emotsional ta’sirlarning natijasidir va uni sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta’siriga tabiiy qarshiligini oshiradi.
Shu vaqtga qadar yoshlarni jismoniy tarbiya qilishda texnik usullarga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish konsepsiyasi ilgari surilgan. Bunday metodologiya yetarli sog‘lomlashtiruvchi effektga ega emasligi amaliyotda sinaldi, shuning uchun uni boshqatdan ko‘rib chiqilishi lozim.
So‘nggi vaqtlarda insonning sog‘lomlashishiga bo‘lgan extiyojni qondiruvchi yo‘nalishlar tobora keng tarqalmoqda. Bunday konsepsiya sog‘lomlashtiruvchi sport klublari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |