Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lg’usi aqliy ishga qanday xozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul bo’lgan bo’lsa, siz: “Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman”, deb o’zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. “Bir amallab imtixon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga tayyorlangan bo’lsangiz, imtixon tugagach, go’yoki miyangizni birov “yuvib qo’yganday” tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada uzoq vaqt saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni.Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha erda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha erda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.
Birin-ketinlik qonuni.Xarflarni alfavitdagi tartibda yodda aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni.Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.