ixtiyoriy (faol) - odamning mahsadiga ko’ra, o’zi iroda kuchini
ishlatishi tufayli paydo buladi.
ixtiyoriydan so’nggi turlariga bo’linadi.
Tashqi diqqatdeb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to’planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la oladi.
Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to’planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la oladi.
Ichki diqqatesa ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o’laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir. Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo’naltirilishi va unga to’planishiga individual; bir guruh yoki ko’pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata yo’naltirilishi va shu obyekt ustida to’planishiga guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.