Ixtiyorsiz diqqat diqqatning quyi formasi bo’lib, odatda qo’zg’atuvchilarning analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. U mo’ljal olish refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi hamda bu qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi tufayli paydo bo’lishi mumkin.

Shuningdek, turli his-tuyg’ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham deyiladi.
Ixtiyoriy diqqat qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim.
Ixtiyoriydan so’nggi diqqat- diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo’lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflanmasa ham bo’ladi.